Aksirishni ushlab turish xavflimi?
Aksirishni ushlab turish xavflimi?
Agar siz ushbu savolga javobni Internetdan qidirib ko'rsangiz, aniq javob topa olmaysiz. Endi biz muammoga oydinlik kiritish uchun to'g'ri javobni beramiz.

Aksirishni ushlab turish inson tanasiga zararli. Ushbu jarayonni tez-tez e'tiborsiz qoldirish quloq-tomoq yo’liga xavf tug’dirishi mumkin. Ko'pincha o'zlarini aksirish istagidan qaytaruvchi odamlarda quloq, quloq pardasi va shuningdek, ko'z tizimi bilan bog'liq muammolari mavjud bo'ladi.

Shifokorning xulosasi qanday? Aksirish zararli emas, aksincha uni ushlab turish inson organizmi uchun xavfli bo’lishi mumkin.

Ushbu savolga javoban Neuro Surgery klinikasining terapevti German Likutov tarixga murojaat qilishni taklif qiladi. Uning so'zlariga ko'ra, aksirishni doimiy ravishda ushlab turish, sinusit, migren va hatto qon tomir va aortaning yorilishi kabi kasalliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan ko'plab holatlar qayd etilgan. Bunday achinarli oqibatlar, aksirishni tiymoqchi bo'lganida, inson a'zolariga ta'sir etuvchi kuch tufayli paydo bo'ladi. Ba'zan bu kuch bug' qozonining portlashiga teng bo’ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook