просмотров
Ikki rangli ochirg’ich
Ko'pchilik ikki rangli ushbu ochirg’ichning to'q sariq qismi qalam uchun, ko'k qismi esa ruchkalar uchun deb o'ylashadi.
Aslida o’chirg’ichning ko'k tomoni qalinroq qog'oz va kartondagi qalam chizgilarini , sariq tomoni yupqa qog’ozlardagi to’q bo’lmagan chizgilarni o’chirish uchun mo’ljallangan.
Ichimlik idishidagi temir “quloqcha”
Ichimlik idishi ustidagi temir tuynuk naycha o’tishi uchun mo’ljallangan.
Printer kartriji
Ko'pincha kompyuter kartrijdagi siyoh tugaganda sizni ogohlantiradi. Aslida, siz hali ham kartridjdan foydalanishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun kartrijni chiqarib, qog'oz qisqichini ishlatib, pastki qismidagi tiklash (reset) tugmachasini bossangiz yetarli.
Ko’ylak orqasidagi ilgich
Ushbu ilgak ko’ylak shaklini burushtirmasdan ilib qo’yish uchun mo’ljallangan.
Qoshiqdagi spagetti teshigi
Ushbu qoshiq teshigidan spagetti bo’lagini o’lchash uchun foydalaning.
Djinsi shimlardagi kichkina cho'ntaklar
Djinsi shimdagi kichik cho’ntak tanga uchun mo’ljallanmagan. U ilk bora ishchilar cho’ntak soatlarini solib yurishi maqsadida yaratilgan.
Pivo shishasining uzun bo'yni
Pivo shishalari tor, cho'zilgan bo'yin bilan tayyorlanishining sababi, qo'llardan keladigan issiqlik miqdorini kamaytirishdir. Shuning uchun, shishani aniq tor bo'yini bilan ushlab turish kerak.
Lift tugmachalari
Agar siz zudlik bilan o’z qavatingizga ko’tarilishingiz kerak bo’lsa, eshik yopilguniga qadar eshikni yopish tugmasini bosib turing. Eshik yopilgandan so'ng ushbu tugma bosilgan holda o’zingizning qavatingizni ham bosing. Shu yo’l bilan siz to’xtamasdan kerakli qavatingizga yetib olishingiz mumkin. Biroq ushbu usuldan faqatgina o’ta zarur holatlarda foydalanishni maslahat beramiz.
Сообщения из Facebook