Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi
Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - yangi rus adabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi va nazariyachisi, tarixchi, publisist, XIX-asr birinchi yarmining eng oro‘li adabiyot arboblaridan biri.

Duel va shoirning o`limi

Duel va shoirning o`limi

Pushkinning Dantes bilan dueli. Aleksey Avvakumovich Naumov. 1884-yil.

1837-yilning 8-fevralkuni (eski hisobda 27-yanvar) da Peterburg yaqinida, "Chyornaya rechka" deb nomlangan joyda o`q tovushi eshitildi. Bu otilgan o`q bilan Pushkin halok bo’lgan edi. Razil fransuz aslzodasi, Gollandiya elchisining asrandi o`g`li, zobit libosidagi yollangan qotil Dantes ulug` shoirni og`ir yarador qildi. Rus xalqiga yot va dushman bo`lgan Dantes Rossiyaga amal va boylik izlab kelgan edi. Dvoryan aslzodalariuning qonli qo`lini Pushkinga qarshi ko`tartirgan edilar. Dueldan ikki kun keyin – 10-fevralkuni (eski hisobda  29-yanvar) da Pushkinning yuragi  urushdan to`xtadi.

Podsho Nikolay I va uning hukumati duel bo`lishidan avvaldan xabardor edi, biroq uning olidini olib, buyuk shoirni o`limdan saqlab qolish uchun hech narsa qilmaydi. Aksincha, Pushkinni dafn qilish marosimi umumxalq namoyishiga aylanib ketishidan qo`rqqan podsho buyuk shoirni imi-jimida ko`mish haqida ko`rsatma berdi.

Sevikli xalq shoiri bilan xayrlashish uchun minglab kishilar keldilar. Ular o`z shoiri uchun motam tutgan oddiy rus kishilari edilar. Pushkinning tobuti ustida ho`ngrab yig`lagan oddiy bir cholni ko`rib undan: «Siz shoirning qarindoshimisiz?» - deb so`raganlarida u qaddini rostlab olib: «Men – rusman!» deb javob bergan edi. Faqat saroy kishilarigina shoirga  motam tutmadilar.

Podshoga «Pushkinning vafotidan beri… uning uyiga 50 mingga yaqinkishi kelib ketdi», deb ma`lumot yuborildi. Shunchalik ko`p xalqning Pushkin uyiga kelishi Nikolay I ni tahlikaga soldi. U Pushkinning jasadi solingan tobutni yashirin ravishda jandarmlar nazorati ostida Pskov guberniyasidagi "Svyatiye Gori" degan joyga olib ketishni buyurdi. Ulug` shoirni 1837-yil 15-fevral kuni (eski hisobda 6-fevral) da Mihaylovskoye qishlog`i yonidagi qadimgi Svyatigorskiy monastrining devori yoniga ko`mdilar.

Oxirgi o'q uzish. Adrian Markovich Volkov. 1869-yil.

Jahon adabiyoti tarixidagi eng buyuk siymolardan birining hayoti ana shu tarzda fojia bilan tamom bo`ldi. Biroq podsho boshliq zamonaning qora kuchlari Pushkin nomini har qancha yo`qqa chiqarishga urinishmasin, buning uddasidan chiqa olmaydilar: Pushkin she`riyati osmonida quyoshdek balqishda davom etadi. Uning asarlari esa sekin-asta Rossiya sarhadlaridan o`tib, dunyoning eng olis joylarigacha yetib boradi va millionlab odamlarning qalbini zabt etadi. Beixtiyor shoirning o`limidan oldin yozgan so`nggi yirik she`ri «Haykal» esga tushadi.

Unda shoir asarlaribilan o`ziga «qo`lda sozlab bo`lmaydigan haykal» yaratganini, hech qachon haykal poyiga olib keluvchi «xalqning ziyorat yo`lini maysa-giyoh band qilmasligini aytadi:

Butun Rossiyani chulg`ab olar ovozam,

Undagi har bir ulus meni yodlab turajak.

Mag`rur olov bolasi,fin ham, bukun beorom

Yurgan tungus, hatto dashtin bir qalmoq.

Shoirning bashorati to`g`ri chiqdi. Bugun u jamiki xalqlar uchun eng ardoqli shoir bo`lib qoldi.

Pushkin bevaqt vafot etdi: «Rus she`riyatining quyoshi» so`ndi, lekin uning o`lmas asarlari xalqlar qalbida mangu qoldi. Uning asarlari samoderjaviye va dvoryanlarning jabr-zulmiga qarshi nafrat o`tini yoqdi.

Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, Pushkinga butun xalq motam tutdi. Peturburgda bir she`r qo`lma-qo`l yura boshladi.

Lermontov «Shoirning o`limi» she`rida Pushkinning haqiqiy qotilini dadil va mardona ko`rsatib berdi. Bu she`r qo`l yozma holida Peterburg va butun mamlakatga yoyildi.

Aleksandr Sergeyevich Pushkin haykali. Haykaltarosh Oleg Konstantinovich Komov. Madrid. Ispaniya. 1981-yil.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook