Dangasalik va noshukurlikka qarshi foyda beruvchi Bernard Shoudan 18 iqtibos
Dangasalik va noshukurlikka qarshi foyda beruvchi Bernard Shoudan 18 iqtibos
Bernadr Shou - mashhur irland dramaturgi va Nobel mukofotining sovrindori bo‘lib, Irlandiya adabiyotining zabardast vakillaridan biri sanaladi. Bundan tashqari ijodkor London istisodiyot va siyosat fanlari maktabining asosichilaridan biri hamdir. Bernard Shou hayotlik paytlarida odamlarni hamisha harakatchan bo‘lishga, dangasalik bilan kurashishga undab kelgan. Ushbu illatdan qutulish niyatida bo‘lsangiz, mana bu iqtiboslar sizga yordam berishi mumkin.

1.            Hayot ishlamasdan turib pulga ega bo‘lish istagidagi dangasalar va boy bo‘lish haqida o‘ylamay turib ishlayveradigan ahmoqlardan iborat.

2.            Nafra t- qo‘rqoq inson tomonidan o‘zi boshdan kechirgan qo‘rquv uchun olinadigan qasos sanaladi.

3.            Biz baxtni yaratmay turib, uni ishlata olmaymiz ham.

4.            Ideal er - ayolini ideal xotin deb biladigan erkakdir.

5.            Yolg‘iz bo‘lish va yolg‘izlikdan lazzat ola bilish - juda katta in’om.

6.            Yaqinlarga qarshi munosabatdagi eng katta gunoh - nafrat emas, loqaydlikdir. Mana buni shavfqatsizlikning cho‘qqisi deya atasa bo‘ladi.

7.            Qo‘lidan ish keladigan odamlar uni amalga oshiradi, qo‘lidan ish kelmaydiganlari esa boshqalarga aql o‘rgatadi.

8.            Barcha yaxshi ko‘rgan narsalaringizni qo‘lga kiritishga harakat qiling. Yo‘qsa, bor narsalarni yaxshi ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi.

9.            Qarish – zerikarli jarayon, ammo bu uzoq yashashning yagona usulidir.

10.          Tarixdan olinishi mumkin bo‘lgan yagona saboq - bu insonlarning tarixdan heya qachon dars ololmasliklari sanaladi.

11.          Inson - g‘ishtga o‘xshaydi, pishganda toblanib boradi.

12.          Hech narsaga ishonmaydigan odam hamma narsadan qo‘rqadi.

13.          Biz  havoda qush kabi uchishni, suv ostida baliq kabi suzishni o‘rganib bo‘ldik. Endi esa faqat bir narsa qoldi - yerda odamlar kabi yashashni ham o‘rganishimiz kerak.

14.          Baxtsizliklarimizning asl sababi - baxtli yoki yo‘q ekanligimizni o‘ylash uchun vaqtimiz borligida.

15.          Sukut - nafratning eng oliy darajadagi ko‘rinishidir.

16.          Xatolarni qanday to‘g‘irlash kerakligi haqida bilmasangiz, ularni boshqalarga ko‘rsatmang.

17.          Odatda insonlar hech qachon o‘zlariga tengishli bo‘lmagan narsalarga ko‘proq qiziqadilar.

18.          Biror narsani o‘rganishning yagona usuli - uni amalga oshirib ko‘rishdir.

 

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook