просмотров
Yaponiya: Tabiat manzarasini tomosha qilish
Yaponiya maktablarida o’quvchilarni tabiatdan zavqlanishni, uni tomosha qilib, bahra olishni o’rgatadilar.
Bunday fan – “Tabiatdan zavqlanish” deb nomlanadi. Bu fan o’quvchilarga tevarak-atrof go’zalligini qadrlashni o’rgatadi. Butundunyo kompyuterizatsiyasi sababli bugungi kunda bolalar tabiat va tevarak-atrofga e’tibor qaratmaydigan bo’lib bormoqdalar. Dars paytida o’simlik va hayvonot dunyosining rivojlanishi va ularnin g o’zaro ta’siri xususiyatlari o’rganiladi. Boshqa darslar qatori bu fanga ham o’qituvchilar o’quvchilarga baho qo’yadilar, yil oxirida esa imtihon ham topshiriladi.
Germaniya: baxt darsi
Germaniyaning Geydelberg shahridagi maktablarda o’quvcilarga baxt darsi o’tiladi.
Bu dars hozircha Germaniyaning birgina sharida o’tilmoqda, uni odatda maktab direktorining o’zi olib boradi. Maqsad – bolalarga qalblariga quloq solishni, ichki hissiyotlar bilan tashqi vaziyatlarni uyg’unlashtira olishni va bir so’z bilan aytganda baxtli hayot kechirish sir-asrorlarini o’rgatish. Bu fandan imtihon bo’lmaydi, ammo yilning oxirida har bir o’quvchi o’z shaxsiy loyihasini taqdim qilishi lozim: “baxt tushunchasi” haqida biror rolik suratga olishi yoki qandaydir xayr-ehson, sahovatli ishni amalga oshirishi kerak bo’ladi.
Isroil: Kiberurushlar bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar
Isroilning ba’zi maktablarida o’quvchilarga maxsus noodatiy kurs – kiberxavfsizlik darsi o’tiladi. Bu darsni o’quv dasturiga kiritilishiga bolalarning kompyuter o’yinlariga kuchli bog’lanib qolayotganliklari sabab bo’ldi. Kiberbog’liqlik haqida nafaqat ota-onalar, balki shifokorlar ham bong ura boshladilar. Bu darsning nazariy va amaliy mashg’ulotlarida o’quvchilarga o’zlarini ijtimoiy tarmoqlarda qanday titish kerakliklari, sharhlarga qanday munosabat bildirib, qanday javob qaytarish kerakligi o’rgatiladi. Shuningdek, bu darslarda bolalarga kompyuter o’yinlariga tobelik haqida tushuncha berilib, unga qarshi kurashish yo’llari o’rgatiladi.
Boshqirdiston: asalarichilik
Boshqirdistonda asalarichilik umumta’lim maktablarining o’quv dasturiga kiritilgan. Bu dars barcha maktablarda o’tilmasada, shaxsiy asalarichilik xo’jaligiga ega bo’lgan yuzlab umumta’lim maktablari bor. Asalarichilik darslarida o’quvchilarga asalarilarni yetishtirish, asal yig’ish va shu kasbning boshqa sir-asrorlari ham o’rgatiladi. Hamma gap shundaki, Boshqirdiston Respublikasi asal yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ushbu nufuzli darajani ushlab qolish uchun Respublikaning ko’pgina maktablarida asalarichilik asosiy darslardan biri sifatida kiritilgan.
Avstraliya: Serfing darslari
Avstraliya maktablaridagi noodatiy darslarga serfingda uchish kiradi.
Yashil mintaqa – Avstraliya aholisini dunyodagi eng zo’r serferlar, deb atash mumkin. Ushbu “eng zo’r to’lqinlarni zabt etuvchilar” unvonini saqlab qolish uchun Avstraliyaning barcha maktablarida serfing darsi umumta’lim dasturiga kiritilgan. Mamlakat hukumati sohilbo’yi plyajlarida chetdan kelgan sayyoh mahalliy aholidan yaxshiroq serfing uchishini xohlamaydi. Shuning uchun ham serfing mashg’ulotlari bolalarga yoshligidan majburan o’rgatilib, hattoki maktab programmasiga ham kiritilgan.
Armaniston: xalq raqslari
Armanistonning barcha maktablarida xalq raqslari umumta’lim dasturiga kiritilgan. Mamlakat hukumati yosh avlod milliy an’analarni unutib yubormasligi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Shu maqsadda mamlakatning barcha maktablariga maxsus kurs – xalq raqslari darsi kiritildi. Mashg’ulotlarda o’quvchilar nafaqat milliy raqs tushishni o’rganadilar, balki uning tarixi haqida ham bilimga ega bo’ladilar. O’quvchilar bu darsdan “ozod” bo’lishga urunmaydilar. Chunki o’quv yilining so’ngida o’quvchilar ushbu fandan imtihon topshirishlari shart. Bu fandan imtihon topshira olmagan o’quvchilar sinfda qolishlari aniq.
AQSH: Ilmiy kashfiyotlar
AQSH ning barcha maktablarida noodatiy fan – “Ilmiy kashfiyotlar” darsi kiritilgan. Mqsad – iqtidorli o’quvchilarning ichki potentsiallarini ochib, yosh olimlarni yetishtirib chiqarish. Nazariy kursdan keyin barcha o’quvchilarga vazifa beriladi – yangi biror narsani ixtiro qilish. Buni bajarish uchun o’quvchilarga bir yil muhlat beriladi. Kurs yakunida o’quvchilar o’z ixtirolarini butun sinfga namoyish qiladilar. So’ngra loyihaning aktualligi muhokama qilinib, unga baho beriladi.
Сообщения из Facebook