просмотров
Shubilan birga, o’sha davrda dollarning tushib ketishi o’nlab foizlar bilan o’lchanadigan alohida kunlar ham bo’lgan. Lekin bozorning chaqqonligi hech ham tushmadi,savdoning o’zi hamisha davom etaverdi. Bozorning barqarorligi va u bilan bog’liq biznesning mohiyati ham aynan shunda: valyuta mutlaqo likvid tovar va u har doim savdoda ishtirok etaveradi.
Valyuta bozori kechayu-kunduz harakatdagi bozor bo’lib, u birjalar ishlarining ma’lum vaqtlari bilan bog’liq emas, savdo-sotiq dunyoning turli burchaklarida joylashgan banklar o’rtasida sodir bo’ladi. Valyutalar kurslarining harakatchanligi shundayki, muhim ahamiyatli o’zgarishlar juda tez-tez va ko’p ro’y beradi va har kuni kuniga bir necha amliyotlarni amalga oshirish imkonini beradi. Agar savdoning puhta ishlab chiqilgan texnologiyasiga ega bo’lsa, unda samaradorligi bo’yicha boshqa birortasi ham to’g’ri kela olmaydigan biznesni yo’lga qo’yib olish mumkin. E’tiborlisi shundaki, eng yirik banklar o’ta qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olib, valyuta bozorining turli sohalarida faoliyat yurituvchi yuzlab treyderlardan tarkib topgan shtatlariga ega.
Bugungi kunda ushbu biznesga kirishning boshlang’ich narxi juda ham ko’p emas. Haqiqatdan ham,dastlabki o’quv mashg’ulotlarni o’tkazib, kompyuter va axborot xizmatini sotib olish va bir necha ming dollarga teng bo’lgan depozitni shakllantirish; bunday pullarga hech qanday haqiqiy biznesni yaratib bo’lmaydi. Bu sohada mo’l-ko’l xizmat takliflari bilan, ishonchli brokerni topish ham juda muhimdir. Qolganlari esa treyderning o’ziga bog’liq. Bugungi kunda faoliyatning boshqa hech qanday sohasida bo’lmaganidek, bu yerda hammasi shaxsan o’zingizga bog’liq.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun bozor talab qiladigan eng asosiy narsa - siz unga olib kiradigan pulning miqdori emas. Eng muhimi - bozor tadqiqotiga doimiy ravishdagi e’tibornijamlash, uning mexanizmlari va qatnashchilarning manfaatlarini tushunish qobiliyati; bu o’z savdo yondashuvlarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularni amalga oshirishdagi qat’iy intizomga rioya qilish. Bu bozorda o’z mablag’lari bilan tikkasiga kirib kelib muvaffaqiyatga erisha olmagan.
Bozor hammadan, xatto kattagina valyuta zahiralariga ega bo’lgan markaziy banklardan ham kuchliroq. Valyuta bozorining xalq qahramoni Jorj Soros, ko’pchilik o’ylaganidek, Angliya Bankini yutgan emas; u Yevropa moliyaviy tizimining qarama-qarshiliklarida funtni bir maromda ushlab turishga yo’l qo’ya olmaydigan yetarlicha muammolar va manfaatlar mavjudligini oldindan bilgan. Va shunday bo’ldi ham. Angliya banki, funt kursini saqlab qolish uchun taxminan 20 milliard AQSH dollarini sarflab,uni bozorga qo’yib berib, tark etdi. Bozor bu muammoni hal qildi, Soros esa o’zining milliardli daromadiga ega bo’lib oldi.
Сообщения из Facebook