просмотров
Xalqaro valyuta tizimi insoniyatning ming yillik tarixidan buyonjuda katta yo’l bosib o’tdi, lekin bugungi kunda unda eng qiziqarli va ilgari tasavvur qilib bo’lmaydigan o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ikkita asosiy o’zgarish jahon valyuta tizimining yangi qiyofasini belgilaydi:
a) pul har qanday moddiy tashuvchidan to’liq ajratildi;
b) kuchli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari turli davlatlarning pul tizimlarini chegaralarni tan olmaydigan yagona global moliyaviy tizimga birlashtirishga imkon berdi.
FOREX bozorining o’ziga xos xususiyatlari
Likvidligi: bozor juda katta pul ta’minoti bilan amaliyotlarni olib boradi, hozirgi paytga bo’lgan kotirovkadan kelib chiqqan holda har qanday pozitsiyani ochilishida va yopilishida to’liq erkinlikni taqdim etadi. Yuqori likvidlik har qanday investor uchun juda kuchli o’ziga jal qiluvchi jozibador kuchdir, chunki u unga har qanday hajmda pozitsiyani ochish va yopish erkinligini beradi.
Tezkorlik:24-soatli ish tartibi tufayli FOREX bozoridagi ishtirokchilar ko’plab boshqa bozorlarda bo’lgani kabi, har qanday hodisaga javob harakatni amalga oshirish uchun kutishi shart emas.
Hammaboplik: sutkasiga 24 soat savdo qilish imkoni, bozor ishtirokchilari alohida u yoki bu hodisaga binoan harakat qilishi uchun kutish zaruratining yo’qligi;
Savdo tashkil qilinishi tizimining moslashuvchan boshqarilishi: valyuta bozorida pozitsiya sarmoyadorning istagiga qarab avvaldan belgilangan muddatga ochilishi mumkin, bu vaqt jihatidan o’zining kelgusidagi faolligini rejalashtirish imkonini beradi;
Qiymati: FOREX bozorida bid/ask, ya’ni talab bilan taklifning tabiiy bozor farqidan tashqari an’anaviy ravishda hech qanday komission harajatlarining yo’qligi;
Kotirovkalarning bir xil ma’noligi: bozorning yuqori likvidligi tufayli, sotuvlarning ko’pchiligi yagona bozor narxida bo’lishi mumkin, bu o’z navbatida bir vaqtning o’zida va bir narxda faqat cheklangan miqdordagi valyuta sotilishi mumkin bo’lgan fyucherslar va boshqa valyuta sarmoyalarida hozir bo’lgan beqarorlik muammosidan qochish imkonini beradi;
Bozorning yo’naltirilganligi: valyutalar harakati o’ziga yarasha ma’lum bo’lgan aniq yo’nalishiga ega. Uni yetarlicha vaqt mobaynidagisini bemalol kuzatish ham mumkin. Har bir aniq valyuta faqat o’zigagina xos bo’lgan vaqtdagi o’zgarishlarini ko’rsatadi. Bu investitsion menedjerlarga FOREX bozorida manipulyatsiya qilish imkoniyatlarini yaratib beradi;
Сообщения из Facebook