Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Dunyoda eng ko‘p ekranlashtirilgan qahramon bu Sherlok Xolmsdir. U haqida hozirgacha 211 ta film suratga olingan.

2.      Fransuzlar kabutarni «uchar kalamush» deb atashadi.

3.      So‘nggi yillarda angliyalik bolakaylarda ko‘zoynak taquvchilar soni keskin darajada oshishi kuzatilgan. Bunga sabab ko‘z nurining xiralashishi emas, balki Garri Potter filmlarining ekranga chiqishidir. Garriga o‘xshashni orzu qilgan bolalar Angliyada juda ko‘p topilmoqda.

4.      Eng uzun eskalatorlar tizimi «Gonkong Sentral xill-sayd»dir. Uning uzunligi 800 km.U harakatlanuvchi yo‘lak ko‘rinishida bo‘lib, Mid- le-vel tumanidan qirg‘oq bo‘yida joylashgan markaziy bozorgacha yo‘lovchilarni «tashiydi». Uni ishlatish uchun hech qanday yoqilg‘i kerak emas, shunchaki u ishqalanish kuchi evaziga harakatlanadi.

5.      Eng qisqa eskalator esa 83 ,4 sm bo‘lib, u Yaponiyaning Kavasaki shahridagi savdo markaziga o‘rnatilgan yo‘lakchadir. «Xitachi» kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan ushbu eskalator oddiylaridan 20 baravar kaltaroqdir.

6.      Norvegiyaning Longirida dafn etish qonun bilan taqiqlangan. Chunki doimiy sovuqchilik sharoitida murdalar chirimaydi va oqayiq kabi yirtqich hayvonlarni jalb etadi.

7.      Buyuk Britaniya parlamenti binosida vafot etish man etiladi.

8.      Fransiyada cho‘chqa bolasiga Napoleon nomini berish taqiqlanadi.

9.      Alabama shtatida avtomobilni ko‘zi bog‘langan holda boshqarish qonunga xilof.

10.  Eng ko‘p ekranlashtirilgan syujet esa «Zolushka» ertagidir.

1.      Shoqollarning xromosomalari itlar va bo‘rilarnikidan bir juft ko‘p.

2.      Yo‘lbarslarning faqat junigina emas, terisi ham yo‘l-yo‘l.

3.      Sarg'an balig'ining suyaklari yashil rangda.

4.      Tovuq uzog'i bilan 13 soniya ucha oladi.

5.      Otlarning suyaklari odamnikidan 18 ta ko‘p.

6.      Yer sharidagi jonivorlar orasida eng yuragi katta va eng yuqori qon bosimiga ega jonivor- bu jirafa.

7.      Jirafaning tili qora va uning uzunligi 45 santimetrgacha yetadi.

8.      Antarktidadagi baliqlarning qon harorati - 1,7 darajagacha pasaya oladi.

9.      Kitning yuragi bir daqiqada 9 martagina uradi.

10.  Sakkizoyoqning ko‘z gavhari to‘rburchak bo‘ladi.

1.      Folklendor ollari aholisining har biriga 350 tadan qo‘y to‘g'ri keladi. Yangi Zelandiyada esa 20 tadan.

2.      Fil miyasining umumiy og'irligi tanasi og'irligining 0,27 foizini tashkil etadi.

3.      Mushukning jag'lari yon tarafga qimirlamaydi.

4.      Teterevyatnik kalxatlar Yevropadagi faqat bir mamlakat - Islandiyada mavjud.

5.      Buqalamun bir vaqtning o‘zida boshini qimirlatmasdan boshqa-boshqa tomonlarga qaray oladi.

6.      Injilda tilga olinmagan uy hayvoni mushukdir.

7.      Voyaga yetgan kit 2 soniyada 2400 litr havo yutadi.

8.      Agar ko‘rshapalak o‘zining qichqirganini eshitganda kar bo‘lib qolgan bo‘lardi.

9.      Iguana 28 daqiqagacha suv ostida tura oladi.

10.   Dunyoda kolibri qushlarining 321 turi mavjud.

1.      Dunyo bo‘yicha taxminan 500ta hayvonot bog'i mavjud.

2.      Beliz yaguarlarni qonun bilan himoya qiladigan yagona davlatdir.

3.      O'ljasiga hujum qilayotgan akulalar ko‘zlarini yumib olishadi. Bu bilan ular ko‘zlarini lat yeyishdan asrashga harakat qilishadi.

4.      Dunyodagi eng xavfli reptiliya (odam uchun o‘ta xavflisi ham) dengiz timsohidir.

5.      Yo‘lbarsning old panjalari beshta, orqa panjalari esa to‘rtta barmoqlardan iborat. Yo‘lbarsning tirnoqlari 8-10 santimetrgacha bo‘ladi.

6.      Urg'ochi maymunlarning sochlari erkak maymunlarniki bilan bir xil to‘kiladi.

7.      Eramizning birinchi asrida dunyo bo‘yicha 200 miliion insonlar yashagan. Hozirgi kunga kelib 7 milliardga yaqin insonlar istiqomat qiladi.

8.      Yer sharida qurbaqalarning 4000 turi mavjud.

9.      Yo‘lbarslarning qorong'ulikda ko‘rish qobiliyati odamlarnikidan olti marta kuchli.

10.   Lunckie columbiae deb nomlanuvchi dengiz yulduzlarining tanasini bir santimetrdan qilib bo‘lib tashlasangiz ham qayta tiklanib olaveradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook