Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Har qanday qog'ozni teng yarmidan ko‘pi bilan 7 marta buklash mumkin.

2.      Xitoyda qizil panda tulkiga o‘xshab ketganligi uchun «xou-xu» - «olovrang tulkicha» inglizcha esa Firefox deb ataladi.

3.      Tovuq uzog'i bilan 13 soniya ucha oladi.

4.      Chumolining kallasi tanasidan katta.

5.      Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko‘p kiprik qoqishadi.

6.      Xitoyliklardan biri o‘zini xaqiqiy boks qopiga aylantirdi. U o‘zini kaltaklatib pulishlamoqda. 48 yoshli Se Shuiping ko‘chada, barlarda va tungi klublarda qorin qismiga uch bora zarba berishni taklif qilmoqda, deb yozadi The Daily Mailnashri. Gap shundaki, Shuiping qattiq tanaga ega va u har qanday zarbani ko‘tara oladi. Se Shuiping boks qopi sifatida faoliyatini 2004 yilda boshlagan.Avvallari u supermarketlarda odamlarga o‘z boshiga shisha idish bilan urishni taklif qilgan. Pul topishni u aynan shu yo‘l bilan boshlagan. Se Shuipingning aytishicha, hozirda u oyiga 3 ming AQSh dollari atrofida daromad topmoqda.

7.      Finishga yetib kelgan marafonchining bo‘yi 1 sm ga qisqaradi.

8.      17 yoshli braziliyalik Marsel Fernandes Filxo tez SMS yozish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Yigit o‘zining Samsung Galaxy S5 smartfonida ingliz tilidagi Therazor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the mostferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human (Serrasalmus va Pygocentrus turkumidagi o‘tkir tishli piranyalar dunyodagi eng agressiv baliqlar. Aslida ular odamlarga ko‘p hujum qilishmaydi) gapini 18,19soniya ichida yozdi.  Musobaqada qatnashish uchun Marsel Nyu-Yorkka tashrif buyurdi. Ushbu rekord yigitcha tomonidan uning smartfoniga o‘rnatilgan Fleksy Keyboard ilovasi yordamida o‘rnatildi.

 9.      Las-Vegasda Billboard Music Awards 2014 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosim har yili o‘tkaziladigan yirik voqealardan biri hisoblanadi. Unda ko‘pgina mashhur xonandalar tomonidan xit qo‘shiqlar ijro etildi.  Chiqishlardan biri barchani hayratga soldi.Yahoo saytining xabar qilishicha, Maykl Jeksonning sahnaga qaytishi xaqiqiy sensatsiyaga aylandi. Bu ko‘rinish tashkilotchilar tomonidan yuqori texnologiyalar yordamida amalga oshirildi. Billboard jurnali vakillari bunda gologrammadan foydalanishdi. Bu yo‘l bilan tashkilotchilar Maykl Jeksonni bir necha daqiqaga hayotga qaytarishdi.

10.  Dunyoning yetti mo’jizasidan biri hisoblangan Artemida ibodatxonasi 120 yil mobaynida qurib bitkazilgan.

1.      Kenguru 90 kilo vaznga ega bo‘lishiga qaramay, har sakraganda 9 metr masofaga uchadi.

2.      Rosmana futbol koptogidek keladigan tuyaqush tuxumining po‘sti shu qadar qalinki, u bemalol bitta odamni ko‘tara oladi.

3.      O‘rtacha kattalikdagi oq akula tishlaganda uning har bir tishining bosim kuchi 1 kv. smga 3 tonna og‘irlikni tashkil etadi.

4.      Garchi uning kundalik ehtiyoji 2 kilogrammni tashkil etsa-da, och bo‘ri bir o‘tirishda 10 klogramm go‘sht yeyishi mumkin.

5.      Mushuk tanasining Selsiy shkalasi bo‘yicha me’yordagi harorati — 38 daraja.

6.     Aysberglarning rangi oq, ko‘k, yashil va qora bo‘lishi mumkin. 

7.      Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor  holatdagiligiga nisbatan yarim santimetr uzun.

8.      Eng uzun ishqiy maktub farang rassomi Marsel de Leklyuf tomonidan yozilgan. Mazkur maktubda «men seni sevaman» jumlasi 1875 marta qayd etilgan.

9.      Fashistlar Germaniyasiga tegishli bo‘lgan konslagerlarda hibsda yotgan mahbus o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lsa, uni o‘limga hukm etishgan.

10.  Qadimgi misrliklarning ko‘zlariga surma qo‘yishdan maqsad — kon’yuktivit (ko‘zning qizarib, yoshlanishi) va traxoma kasalligining oldini olish bo‘lgan.

1.      Farang yozuvchisi Jyul Vernning kitoblarida 5, 15, 80, 25000 va hatto 500  million raqamlari uchraydi.

2.      Rimda roppa-rosa 112 yoshida qazo qilgan qariyaning qabr toshiga «U me’yorida yeyardi va ichardi» degan so‘zlar bitilgan.

3.      Shifoxonadagi o‘lim holatlarining aksariyati kech soat 16-18 atroflariga to‘g'ri keladi.

4.      Dominika orolida yashovchi ayollar shunday bir tilda gaplasha oladilarki, ularni erkaklar umuman tushuna olmaydi.

5.      Rimning birinchi imperatori Gay Yuliy Sezar «Galliya urushi haqida xotiralar», «Fuqarolar urushi haqida xotiralar» asarlarining muallifidir.

6.      1941yilning 19 dekabrida 15 yoshli ingliz malikasi Yelizaveta ingliz askarlari uchun sahnalashtirilgan «Oppog'oy» spektaklida bosh rolni ijro etgan.

7.      Ingliz qirolichasi Yelizaveta II tennisni yoqtirmaydi. Lekin tennis bo‘yicha Uimbldon turniri g'olibiga mukofotni topshirishga majbur.

8.      1820 yil 20 dekabr kuni Missuri shtatida bo‘ydoqlar uchun maxsus soliq joriy etildi.

9.      Las-Vegasdagi kazinolarda soat va ko‘zgu umuman yo‘q.

10.    Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlariga non daraxti juda qadimdan ma’lum. Uning nomi «artonarpus integra».

1.      1 metr kub yog'ochdan 500 ming dona tish tozalagichlarni yasash mumkin.

2.      Yangi Zelandiyaning janubi-sharqidagi Oklend oroli Yer yuzida eng so‘ng kashf qilingan odam yashaydigan joy hisoblanadi.

3.      Yaqinda tadqiqotchilar g'arbiy Avstraliyaning Jek Xill qoyaliklarida 4,4 milliardyillik sirkon mineralining kichik parchasini topishdi. Bu dunyoning eng qadimgi tog' jinsi ekani ma’lum bo‘ldi.

4.      Manzarasi nihoyatda go‘zal bo‘lishiga qaramay, eng jasur alpinistlar ham zabt etolmagan cho‘qqilar Yer yuzida hali ham bisyor. Ularning eng balandi Butan qirolligiga qarashli Gangxar Puyensum cho‘qqisidir. 7541 metr balandlikdagi mazkur cho‘qqini zabt etishgan qaratilgan uchta urinish muvaffaqiyatsiz tugagan. 1994 yili esa Butan qirolligi mahalliy e’tiqodga hurmatsizlik sanalgani uchun 6000 metrdan baland cho‘qqilarga chiqishni taqiqlab qo‘ygan.

5.      Mashhur olim, Nobel mukofoti sovrindori Nils Bor o‘z davrida futbol bo‘yicha Daniya terma jamoasining darvozaboni hisoblangan.

6.      Meksikadagi Yukatan sohillarida ham 500 kilometr uzunlikda tarmoqlanib ketgan g'orlar majmuasi mavjud. Ularning ham suv ostida joylashgan ko‘p qismi hali to‘liq o‘rganilmagan.

7.      Har yili 40 ming kishi «Ginness rekordlar kitobi»ga kirishga harakat qiladi, ammo ulardan 5600 nafarigagina bu nasib etadi.

8.      Dunyoda har yili eng ko‘p nusxada chop etiladigan kitob - bu biror muallifga tegishli kitob emas, balki oddiygina telefon ma’lumotnomalari kitobi.

9.      Amerikaliklar bir yilda 16 tonna aspirin dorisini iste’mol qilishadi.

10.   Dunyodagi eng chuqur g'or Abxaziyada joylashgan. Uning chuqurligi 2170 metr. 2007 yil yanvaridagi ekspeditsiyada g'orning yana 30 metr ichkarisi tadqiq qilindi va ko‘p qismi suv ostida joylashgani aniqlandi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook