Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Ko‘k ko‘zli kishilar boshqalarga nisbatan sezgirroq bo‘lishadi.

2.      Qo‘l tirnoqlari oyoq tirnoqlariga nisbatan 4 marta tezroq o‘sadi.

3.      Umri davomida inson terisi 1000 marta yangilanadi.

4.      Tumovni keltirib chiqaradigan viruslarning turi 100 dan ortiq.

5.      Katta yoshli odamning tanasidagi asab tomirlarining uzunligi 75 kilometrni tashkil etadi.

6.      Kuchli yorug'lik ta’sirida inson ko‘zi xiralashadi, buni «Qor so‘qirligi» deb atashadi.

7.      Inson yuragi hajmi uning mushti bilan barobar, og'irligi esa o‘rtacha odamda 220-260 grammni tashkil etadi.

8.      Inson organizmi tarkibida bor-yo‘g'i 4 xil mineral mavdud: apatit, aragonit, kaltsitva kristobalit.

9.      Inson miyasi dunyodagi barcha telefonlar baravariga jiringlaganidan ko‘ra ko‘proq elektr impulsi ishlab chiqaradi.

10.  Insonning har bir barmog'i umri davomida taxminan 25 million marta bukiladi.

1.      Inson organizmida yashaydigan bakteriyalarning umumiy og'irligi 2 kilogrammni tashkil etadi.

2.      Inson miyasida bir daqiqa ichida 100000 kimyoviy reaksiya kuzatiladi.

3.      Chaqaloqlar tizza qopqoqlarisiz tug'ilishadi. Ular 2-6 yosh ichida paydo bo‘ladi.

4.      Inson tanasidagi barcha tomirlarni ulasa, 100 mingdan 160 ming kilometrgacha uzunlikda bo‘ladi.

5.       Ayol organizmi umri davomida 7 millionga yaqin tuxum hujayralari ishlab chiqaradi.

6.      Inson ingichka ichaklari uzunligi umri davomida 2.5 metrgacha o‘sadi. Hayotdan ko‘z yumgan vaqtida mushaklar bo‘shashishi oqibatida uning ingichka ichaklari 6metrgacha cho‘ziladi.

7.      Insonda 2 milliondan ortiq ter bezlari mavjud. O'rta yoshli kishidan bir litr ter chiqishi oqibatida 540 kilokaloriya yo‘qotiladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40% ko‘proq ter yo‘qotadilar.

8.      Insonning o‘ng o‘pkasiga chapdagisiga nisbatan ko‘proq havo joylashadi.

9.      Katta yoshdagi kishilar bir kunda taxminan 23000 marta nafas oladilar.

10.  Inson tug'ilganda miyadagi hujayralar soni taxminan 14 milliardga yaqin bo‘ladi. Bu son umrning oxirigacha o‘smaydi, aksincha yosh 25 dan o‘tganda kuniga 100 000 donagacha kamayadi. Bir daqiqa kitob o‘qiganda miyadagi o‘rtacha 70 dona hujayra nobud bo‘ladi. 40 yoshdan keyin miyada juda katta o‘zgarish kuzatiladi, yo‘qotish keskin oshadi.

1.      Inson ko‘zi 10 000 000 dan ortiq rangni farqlay olishga qodir.

2.      Inson og'zida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.

3.      Bir oshqoshiq guruch ichida 500 donadan ortiq guruch bor.

4.      Inson umurtqasi 33 yoki 34 bo‘lak suyakchalardan tashkil topgan.

5.      Ayollar erkaklarga nisbatan 2 baravar ko‘p mijja qoqadi.

6.      Inson organizmidagi eng kuchli mushak bu - til.

7.      Inson organizmida 2000 ga yaqin ta’m bilish retseptorlari mavjud.

8.      Napoleon 1760 yilda tug'ilgan. Gitler esa 1889 yilda olam yuzini ko‘rgan, bular o‘rtasidagi farq - 129 yil. Napoleon 1804 yilda hokimiyat tepasiga kelgan.Gitler esa 1933 yilda, buning farqi ham 129 yilga teng. Napoleon Rossiyaga 1812yilda hujum qilgan, Gitler esa 1941 yilda urush boshlagan, buning farqi ham 129 yil. Har ikkisi ham davlat hokimiyati tepasiga 44 yoshida kelgan va ikkisi ham Rossiyaga urush boshlagan vaqtida 52 yoshda bo‘lgan. Har ikkisi ham Rossiyaga hujum qilganida mag'lubiyatga uchragan.

9.      Inson yuragi bir kunda 100 000 marta uradi, butun umri davomida 3 000 000 000 marta uradi.

10.  Ochiq ko‘z bilan aksirish mumkin emas.

1.      Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida The Shard (Siniq parcha) binosi rasman ochildi. Ushbu shisha minora Yevropadagi eng baland imoratga aylandi:Balandligi deyarli 310 metrni tashkil etuvchi ushbu bino italiyalik me’mor Rentso Piano tomonidan loyihalashtirilgan. Shard o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan uchi o‘tkir shisha sinig'ini eslatadi va ayni shu materialdan tayyorlangan 11 mingta panel bilan o‘rab chiqilgan. Bino konstruksiyasi 800 danziyod po‘lat detallardan iborat bo‘lib, og'irligi 500 tonnadan oshadi. “Siniqparcha” qurilishiga 1,5 milliard funt (2,35 milliard dollar) sarflandi.“Siniqparcha”dagi kvartiralarning o‘rtacha narxi 30-50 million dollar atrofida bo‘ladi.

2.      Har yili Oy Yerdan deyarli 4 sm ga uzoqlashmoqda. Bunga ko‘plab hodisalar sababdir.Ulardan biri - Yerning aylanish davri kuniga 2 millisekundga sekinlashishidir.Olimlar orasida Oyning qanday shakllanganligi borasida taxminlar ko‘p. Ustuvor gipotezalardan biri - Oyning paydo bo‘lishiga bundan milliard yillar ilgari Yerga urilgan yirik osmon jismidir. U Yerning bir qismini parchalab, samoga otilib chiqishiga sabab bo‘lgan va bu “parcha” davr mobaynida Oyga aylangan.

3.      Uzoq vaqt uyqusiz yurish rekordi amerikalik Robert Mak-Donaldsga tegishli bo‘lib, u 453 soat (deyarli 19 sutka) uxlamay yurgani bilan Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.

4.      Agar siz 8 yil, 7 oy, 6 soat tinmay baqira olsangiz, bir finjon qahvani qaynatishga yetarli quvvat sarflagan bo‘lasiz.

5.      O‘chirg‘ich kashf qilingunigacha qalamni o‘chirishda nondan foydalanishgan.

6.      Iflos qor tozasiga nisbatan tezroq eriydi.

7.      Janubiy Kaliforniyadagi avtomobillar soni Hindistondagi sigirlar sonidan ko‘proq.

8.      1-sinfga endigina qadam qo‘ygan bolakay 200 dan ortiq kompaniyalar logotipini bir qarashda eslab qolish qobiliyatiga ega.

9.      Bill Geyts  har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi.

10.  Pingvin suvda turib 3 metr balandlikkacha sakray oladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook