Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Dunyodagi eng past bo‘yli odam 72 yoshda. Uning bo‘yi 54,6 sm.

2.      Niderlandiyadagi insonlarning o‘rtacha bo‘yi - 181 sm. Butun dunyo bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich -168.1 sm.

3.      Dollar ($) belgisini 1778 yilda ishbilarmon Oliver Pollok o‘ylab topgan.

4.      Kulgi insonning ozishiga yordam beradi.

5.      Timsohtilini tashqariga chiqara olmaydi.

6.      Charli Chaplin bir safar «Charli Chaplinga o‘xshashlar» tanlovida o‘zi qatnashib, mag'lub bo‘lgan.

7.      Ko‘zlarimiz tug'ilganimizda qanday kattalikda bo‘lsa, shundayligicha qoladi.

8.      Dunyodagi eng qimmat to‘y marosimiga 55 million AQSh dollari xarajat qilingan.

9.      O'rtacha ishchi dushanba kuni atigi 3.5 soat tayinli ishlaydi.

10.     Hozirda dunyoda faqat 2 kishi «Coca-cola» tayyorlash sirini biladi. Retsept xavfsizligini ta’minlash uchun ular hech qachon bitta samolyotda uchishmaydi.

1.      20 yoshga to‘lganiningizdan keyin har yilda miyangiz og'irligi yiliga taxminan 1 grammga kamayadi.

2.      Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.

3.      Agar «Google»da «elgooG» deb qidirsangiz, u sizga «Google» sahifasining teskarisini ko‘rsatuvchi sahifa ochib beradi.

4.      «Facebook»ka a’zo bo‘lganlarning 25 milliondan ortig'i allaqachon olamdan o‘tgan.

5.      Uolt Disney sichqonlardan qo‘rqqan.

6.      Narniya hayotda ham mavjud. U Italiyadagi shahar.

7.      Ko‘k kitning boshi tanasining 3/1 qismini egallaydi.

8.      Gripp epidemiyasi 1918-1919 yillarda AQSh va Yevropada 20 milliondan ortiq odamini hayotdan olib ketgan.

9.     Odamning barmoqlari o‘rtacha umri davomida 25 million marta bukilib yoziladi.

10.  Jon Rokfeller hozirgi eng boy odamdan 4-5 marta badavlatroq bo‘lgan.

1.      Odamning bosh miyasida har soniyada 100000 kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi.

2.      Bola tug'ilganida tizzasining ko‘zi bo‘lmaydi, u 2-6 yoshda paydo bo‘ladi.

3.      Yevropada 1900 yili kir yuvish mashinasini yaratgan odam, nemis Karl Millerdir. U aslida yog' aylantirgichni takomillashtirmoqchi bo‘lib ichida aylantiruvchi temir moslamalari bor bochkadan tashkil topgan edi.

4.      Ko‘pincha boy millionerlarning xotinlari o‘qituvchi ayollardir.

5.      Dunyodagi eng uzun basseynning uzunligi 1 kilometr.

6.      Faqatgina koala va inson barmoq iziga ega bo‘lgan jonzotlardir.

7.      Deyarli 80 foiz odamlar, ungida ham qaytariladigan tushlar ko‘radilar.

8.      XVIII asrning oxiriga qadar inson tanasi farmatsevtika tarkibida qo‘llanilgan.

9.      Xip Xop va R&B bilan shug'ullanuvchilarning IQ ko‘rsatkichlari eng past bo‘ladi.

10.  AQShning Nebraska shtatida cherkovda yo‘talish va aksa urish man qilingan.

1.      Aka-uka Makdonaldlar hech qachon uylanmay butun umr bir hovlida yashashgan.

2.      Amerikaning Ogayo shtatida baliqlarga spirtli ichimlik taklif qilish rasman qonun sifatida qabul qilingan.

3.      1998 yili Kongo Demokratik Respublikasida futbol o‘yini paytida maydonni yashin urgan. Mehmon jamoa a’zolarining barchasi (11 futbolchi) o‘sha joyda halok bo‘lgan. Tomoshabinlardan 30 tasi kuchli jarohatlangan, ammo qizig'i mezbon jamoa a’zolariga hech narsa qilmagan. 

4.      Aktrisa va qo‘shiqchi Peris Xilton oyog'ining o‘lchami 44 ekan.

5.      Odamlarni o‘limiga sabab bo‘ladigan omillar spirtli ichimlik, narkotik moddalar va urush deb o‘ylaymiz. Aslida esa bu - Ish. Undagi asab buzarliklar, siqilishlar va eng muhimi yoqtirmagan kasb bilan shug'ullanish ko‘proq odamlarni badnom qilar ekan.

6.      Yerning narxi 5 kvadrillion dollar deb baholangan.

7.      Rossiya iqtisodining 10 foizi spirtli ichimlik orqali keladi.

8.      Dunyodagi eng uzun serial bu «Dallas» seriali deyayotganlar adashadilar. Chunki bu «Guiding Light» seriali bo‘lib u 72 yil davom etgan.

9.      «Microsoft Windows»ning kompyuter dasturida «Con» deb nomlangan oddiy papka ham ocholmaysiz. Chunki bu so‘z bilan Bill Geytsni yoshligida haqoratlashgan.

10.  Muhammad Ali dunyodagi eng kuchli zarba sohibi bo‘lgan. Uning zarbi 1 tonna og'irligida bo‘lgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook