Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Amerikaliklarning 49 foizi Oq non bug'doydan tayyorlanishini bilishmaydi.

2.      Fransiya qonunlariga ko‘ra insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi.

3.      Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi.

4.      Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.

5.      Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.

6.      Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so‘ng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30 foizi qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.

7.      Urg‘ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o‘rgatishda ko‘rgazmali qurol sifatidafoydalanadi.

8.      Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.

9.      Jirafa tug‘ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti — 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.

10.  Urg‘ochi fillar yangi tug‘ilgan “chaqaloq”ni  2 yil ko‘tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o‘z suti bilan boqadi.

1.      Tinch okeanidagi Marianna botig‘iga Everest cho‘qqisi bemalol “sig‘adi”.

2.      Aleksandr Bell tomonidan 1876 yilda ixtiro qilingan birinchi telefonning qo‘ng‘irog‘i bo‘lmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish vositasida amalga oshirilgan.

3.      Tender— ichida suv va yonilg‘i saqlanadigan va parovozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg‘i parovozning o‘zida saqlansa, u “tank parovoz” deb ataladi.

4.      Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod bo‘lgan, ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.

5.      Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha «apsni» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida bu so‘z «qalb o‘lkasi» degan ma’noni bildiradi.

6.      Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan "akatsiyalar" o‘lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o‘sadi. 20 mingdan ziyod o‘simlik turiga ega bo‘lgan Avstraliyaning «yashil qit’a» deb nomlanishini esa ko‘pchilik bilsa kerak.

7.      Mongoliya davlatining hududi — 1566000 km2. Qizig‘i shundaki, bu hududning  80% ni o‘tloq va yaylovlar egallagan.

8.      Bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri bo‘lgan avia so‘ziga «qush» degan ma’noni anglatadigan lotincha «avis» so‘zi asos bo‘lgan.

9.      Yerningilk sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan “Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71 (R-7) qurol sifatida yaratilgan edi.

10.  Bridj— karta bilan o‘ynaladigan yagona olimpiya sport turidir.

1.      Cherapunji (Hindiston) dunyodagi eng ser yomg'ir shahardir. Chunki bu yerda yiliga 26 460 mm yomg'ir yog'di.

2.      “Quvnatuvchi gaz” nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.

3.      Shamollashni keltirib chiqaruvchi 100 dan ortiq viruslar mavjud.

4.      Sug'urta qilishni 1151 yilda Islandiyada o‘ylab topishgan. O'shanda aholini vabo va yong'indan sug'urta qilishgan.

5.      Para shahrida odamlar yomg'irga qarab soatlarini to‘g'rilashadi, chunki u yerda yomg'ir har kuni bir vaqtda yog'adi.

6.      Dunyodagi eng keng ko‘cha Braziliyada joylashgan bo‘lib, kengligi 250 metrga boradi.

7.      Toza oltin shu qadar yumshoq bo‘ladiki, hatto u qo‘l taftida erib ketishi mumkin.

8.      Dunyodagi eng toza suvga ega bo‘lgan dengiz Antarktidadagi Ueddel dengizidir.

9.      Agar 2 insonning tomirini bir chiziq qilib tortilsa, Quyoshgacha yetib boradi.

10.    Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘lmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.

1.      1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq fevral oyi 30 kundan iborat bo‘lgan.

2.      Lotin tilidan tarjima qilinganda «virus» so‘zi «zahar» degan ma’noni bildiradi.

3.      Burgut o‘z o‘ljasini 7 km uzoqlikdan ko‘ra oladi.

4.      Delfin1 km uzoqlikdagi tovushni bemalol eshita oladi.

5.      Sigirni zinadan tepaga chiqara olasiz, ammo tushirish mumkin emas.

6.      Sayyoramizning 7 foiz aholisi chapaqay.

7.      PyotrI ning bo‘yi taxminan 213 sm bo‘lgan.

8.      Yaponiyaning davlat armiyasi yo‘q.

9.      Yiliga Yer yuziga 519 000 km3 yomg'ir yog'adi. Bu har km3 milliard tonna suv degani.

10.  Ikkinchi jahon urushi paytida AQShda metall kamyob bo‘lib qolgani bois «OSKAR» haykalchalari yog'ochdan tayyorlangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook