Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh ko‘rinadilar? Sirlarni bilib oling!
 Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh ko‘rinadilar? Sirlarni bilib oling!
Xitoyda go‘zal ayol degan tushuncha shunchaki chiroyli yuz tuzilishining o‘zi bilan cheklanmaydi. Qadimgi Xitoy madaniyatida aytilishicha, tana va ruh orasidagi bevosita aloqa inson uchun juda muhim, chiroyli tashqi ko‘rinish esa ana shu ichki go‘zallikni ko‘rsatib beradigan kichik bilan jihat holos.
Xo‘sh, nima uchun Xitoy ayollari bunchalar yosh ko‘rinadilar? Bugun ana shu jumboqga oydinlik kiritamiz.

Birinchi sir. Ko‘proq suv ichish

Xitoy ayollari suvni juda ko'p miqdorda istem’ol qiladilar. Ularni bolalik paytlaridanoqo‘zlari bilan suv olib yurishga odatlantirishadi. Agar ulardan hayotiy mavjudlik shartlari haqida so‘rasangiz, birinchi navbatda suv haqida yodga olishlari tayin. Xitoyning har bir burchagida maxsus kulerlar mavjud, bundan tashqari ayollarning o‘zlari  ham ko‘chaga chiqish avvalidan albatta suv ko‘tarib olishadi. 

Ikkinchi sir. Quyoshdan saqlanish

Bundan yuz yillar avval ham xitoylik ayollar uchun terining oppoq rangi juda muhim bo‘lgan. Aytishlaricha, teri rangi qanchalar oq bo‘lsa, bu ayolning ijtimoiy kelib chiqishi yuqori ekanligidan darak berar ekan. Shu sababli ham Xitoy ayollari quyosh nuridan saqlanishga juda katta e’tibor qaratishadi. Bu boradagi asosiy vositalardan biri esa quyosh nurlaridan himoya qilish ta’siriga ega bo‘lgan krem sanaladi.

 

Uchinchi sir: Har qanday ichimlikning o‘rnini choy bosishi kerak

 

Xitoy ayollarining eng sevimli ichimliklaridan biri so‘zsiz - choy sanaladi. Mutaxassislar turli giyohlar, gullar, tinchlantiruvchi aralashmalar qo‘shib damlangan choy inson salomatligi va go‘zalligiga katta ta’sir ko‘rsatishini ko‘p bor takrorlaganlar. Ammo bu o‘rinda choy ichiga shakar yoki sut qo‘shmaslik kerakligini unutmang. 

To‘rtinchi sir. To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi

To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibining yoshlik va go‘zallikka aloqasi nimada deysizmi? Agar kunning ma’lum bir vaqtlari davomida ovqatlanish va uxlashga diqqat qaratsangiz, tez orada buni o‘zingiz ham tushunib olasiz. Xitoy ayollari tushlikdan keyin biroz mizg‘ib olishni unutmaydilar. Bu esa o‘z navbatida holsizlikni nari ketkazib, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Beshinchi sir. Kaloriyali desertlar iste’moli kamroq bo‘lishi kerak

Hech kimga sir emaski, Xitoy oshxonasi va taomlari bizning odatiy taomlardan butunlay farq qiladi. Odatda mazkur o‘lkada shirinliklarnia sosiy taomdan alohida iste’mol qiladilar. Shunda ham desert sifatida yengil yegulik tanlab olinadi.

 

Oltinchi sir. Dengiz mahsulotlari

Xitoyda aksariyat insonlar o‘z taomnomalarini dengiz mahsulotlari bilan to‘ldirishadi. Bu esa tanadagi moddalar almashinuvchi jarayonini tezlashtirib, organizmdagi tuz miqdorining kamayishiga olib keladi. 

Yettinchi sir. Eng muhimi - xotirjamlik!

Yuz sohasidagi yorqin ravishda namoyish qilingan mimika harakatlari teri yoshligini saqlashga qarshi kurashadi. Sokin va hotirjam qiyofa esa - botoks muolajasining tabiiy ko‘rinishidir. Yuz mushaklari qanchalik kam ishlasa, mimik ajinlar ham shunchalik kam bo‘ladi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook