просмотров
Xitoyliklar issiq va jazirama sharoitlarda ham iliq hamda qaynoq ichimliklar iste’mol qilishadi. Bu mamalakatda ko‘p asrlar avvaldan shakllangan an’ana bo‘lib,bugungi kunga qadar o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Uzoq umr ko‘rish borasidagi ko‘rsatkichlar va mustahkam salomatlik ushbu usulning haqiqatan ham ish berishi mumkinligini anglatadi.
Issiq ichimliklarning foydasi nimada?
Xitoyning ko‘plab ofislarida kulerlar o‘rniga suv qizdirish moslamalarini ko‘rishingiz mumkin. Bu yerliklar issiq kunlarda ham kichik germetik termoslaridan ayrilishmaydi. Bolalarga ham yoshligidan issiq suv ichishni o‘rgatishadi. Maktab o‘quvchilari esa ota-onalari tomonidan olib berilgan mitti termoslarisiz uylarini tark etishmaydi.
Xitoy tibbiyoti teoriyasiga ko‘ra, bunday iste’mol 40 yoshdan oshganlar uchun ham juda foydali.U metabolizmni tezlashtiradi, ovqat hazm qilishni normallashtiradi va immunitetni ko‘taradi. Issiq va iliq suv ichishga odatlanganlar tengdoshlariga nisbatan yoshroq ko‘rinadilar va kamdan-kam hollardagina kasal bo‘ladilar.
Ularning aytishlaricha, haddan tashqari muzdek suv organizm uchun stress holatinikeltirib chiqaradi. Bundan tashqari Xitoy shifokorlari muzdek ichimliklar tish emalini zararlashi haqida ham aytib o‘tganlar.
Iliq suvning boshqa afzalliklari quyidagilardir:
*tanani toksi nva shlaklardan halos qiladi;
*ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi;
*buyrakni va o‘tqopini qumdan tozalaydi;
*qon sirkulyatsiyasini tezlashtiradi;
*bosh vamushaklar og‘rig‘ini yengillashtirib beradi;
*psoriaz,osteoxondroz va ateroskleroz alomatlarini kamaytiradi.
Сообщения из Facebook