O'tmishga nazar: Mardonavor hind ayoli – Indira Gandi
O'tmishga nazar: Mardonavor hind ayoli – Indira Gandi
Gandi honim Hindiston tarihidagi nafaqat birinchi, balki bir necha yillar hukumatni boshqargan dono ayol nomi bilan iz qoldirdi. Bilimdon va g’ayratli siyosatdon sifatida u o’z yurtining kelajagi, dunyo miqyosidagi o’rni va xalq farovonligi uchun kurash olib bordi. Bugungi kunda uning nomi birgina Hindistonda emas, butun dunyoda benihoya hurmat va chuqur e’zoz bilan yodga olinadi.

1917 yili19 noyabr kuni Ollohobod shahrida o’z mamlakatida o’zgartirishlar amalga oshirish va insonlarga yordam qo’lini cho’zish taqdiri bilan buyuk hind ayoli Indira Gandi dunyoga keldi. Uning otasi mashhur siyosatchi, mustaqil Hindiston premer- ministry Javohirlal Neru, bobosi esa milliy kongress a’zosi edi. Shu bois, bolalikdan Indira siyosatchilar davrasida tarbiya topdi. Uning tanishlari orasida hatto “Millat otasi” Maxatma Gandi ham bor edi (biroq ko’pchilik o’ylaganidek ular qarindosh emas). Uning maslahatiga ko’ra, qizaloq uy sharoitida tikishni rivojlantiradigan qizlar to’garagini ochdi. Qizaloqlar birgalashib qalin matolardan shippak va dastro’mollar tikishdi. Shu bilan birga, aynan Maxatma Gandi  Indirani siyosiy faoliyatga qiziqtira boshladi.

Indira 19 yoshga to’lganida sil kasalligi tufayli eng yaqin suyanchig’i – volidasidan judo bo’lgan. Aynan shu vaqtda qamoqda saqlanayotgan Javohirlal Neru tushkunlikka tushgan qiziga falsafiy esseni yodga soluvchi mashhur maktublarni yozgan edi.

1934 yili Indira Yevropa va hind an’analarini o’zida jamlagan milliy universitetda o’qiy boshladi. Hayotning og’ir va daxshatli kunlarida Indirani ziyrak, kamtar va mehribon Feruz Gandi qo’llab-quvvatladi. Feruz Gandi olovga sig’inuvchi va hind pisand qilmaydigan parslardan edi. Biroq ular turli to’siqlarga qaramay turmush qurdilar. Juftlik 13 oy davomida britaniya hukumati tomonidan qamoqda saqlandi.1947 yili ozodlikka chiqqan Indira xalqni azobga solayotgan ochlik, qashshoqlik, savodsizlik va turli kasalliklarga guvoh bo’ldi. Har tomonda diniy kurashlar avj olgan bo’lsa-da, Indira hech narsa oldida qo’rquvga tushmagan.

1960 yili janubiy shtatlarga uyushtirilgan safardan so’ng Feruz Gandining yurak xuruji sabab o’lim to’shagida yotgani haqidagi habarni oldi. Bu paytda Gandi honim turmush o’rtog’idan alohida yashar edi. Habar Indirani daxshatga soldi. Shundan so’ng u uzoq vaqt omma ko’ziga ko’rinmadi.

1964 yili Indira so’nggi suyanchig’i otasidan ayrildi. Yangi premer-ministr sifatida uning tarafdori Neru Shastri tayinlandi. Biroq, ikki yil o’tib vafot etgan Shastri o’rnini Indira honim egalladi.

Uning hukmronlik yillarida mamlakatda sanoat keskin sur’atlarda rivojlana boshlagan. Qishloq ho’jaligida “yashil inqilob” bo’lib o’tgan. Gandi honim mamlakat banklarini milliylashtirishga erishdi. Bu davrda Panjob sikx separatistlari bilan turli nizolar kelib chiqa boshlagan edi. Sikxlar harakati yetakchisi Jarnail Sikx Bxidranval sikxlarni boshqaruvda mustaqil jamiyat deb e’lon qilgan.  Uning izdoshlari Panjobda induistlargan hujum qilishda ayblandi. Separatistlarni Pokiston hukumati qo’llab quvvatlar edi.

1984 yili ular sikxlarning asosiy qadamjolaridan biri – Amritsardagi “Oltin ibodatxona”ni egalladi. Bunga javoban hukumat tomonidan “Moviy yulduz” harbiy operatsiyasi amalga oshirildi. Sikxlar qasosi uzoq kuttirmadi – 1984 yili 31 oktyabrda Indira Gandi o’z tansoqchisi tomonidan o’ldirildi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook