просмотров
Parhez tutib, vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling
TarkibidaA, Ye va V 12 vitamini bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qiling. Ular sochlar o‘sishini rag‘batlantirib, follikulalarni mustahkamlaydi. Bu kabi vitaminlarni baliq, bug‘doy mahsulotlari, sut, yangi go‘sht, mango, olma, sabzi, kungaboqar va zaytun yog‘lari tarkibidan topishingiz mumkin. Dorixonadan Е va V vitaminlarini harid qilib, 1 ta kapsuladan kuniga 3 marta och qoringa ichishingiz ham mumkin. Bu tezkor natija uchun yaxshi usul. Bundan tashqari kapsulani o‘rtasidan bo‘lib, moyni qoshlarga surtib qo‘ysa ham bo‘ladi. 2-3 daqiqa o‘tgach esa qog‘oz salfetka bilan artib olaverasiz.
Pardozni tozalash
Yuzdagi pardoz qoldiqlarini tozalash paytida qoshlar uchun maxsus vositadan foydalaning. Unga surtilgan qalam, suvga chidamli tush, mum asosli vositalar tolalarning to‘kilib ketishiga olib keladi.
Qoshlarni har kuni tarang va uy sharoitida massaj qiling
Qoshlarni qancha ko‘p tarasangiz, shunchalik tez o‘sib, qalinroq ham bo‘ladi. Buning uchun maxsus taroq sotib olish ham yoddan chiqmasin.
Tatuaj -muammoning vaqtinchalik yechimi holos
Agar qoshlaringizni noto‘g‘ri ko‘rinishda terib qo‘ygan bo‘lsangiz, tatuaj buni yashirish uchun yordam bera oladi. Ammo bunday muolaja paytida teriga maxsus bo‘yoq surtiladi. Shishgan ko‘rinish va ko‘kish rang oradan 2-3 kun o‘tibgina yo‘qolishi mumkin. Bo‘yoq bir necha oy davomida yo‘q bo‘lib ketmaydi, ammo buning vaqtinchalik yechim ekanligini yodda tutish kerak.
Maxsus tush va vositalar
Kosmetik vositalar orasida kipriklar va qoshlarni o‘stiruvchi tushlar ham bor. Ular tolalarga kerakli rangni beribgina qolmay, piyozchalarini rag‘batlantirib, foydali moddalar bilan to‘yintiradi. Odatda ularning tarkibi fitogormonlar va namlantiruvchi vositalardan tashkil topadi.
Moylar va tabiiy vositalar
Uy sharoitida, mutlaqo tabiiy vositalardan foydalangan holatda qoshlarni qalinlashtirmoqchi bo‘lsangiz, o‘sma surting. Momolarimizdan qolgan ushbu odatning qanchalar foydali ekanligini sizga tushuntirishning keragi yo‘q. Bundan tashqari ularni chakamug‘ va kanakunjut moylari bilan uqalab turing. Ushbu moylar ularning tezroq o‘sib chiqishiga yordam beradi.
Сообщения из Facebook