просмотров
Sog’lom odamning 150 gramm tarvuz tanovul qilishi uning bir kunlik magniyga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Bir so’z bilan aytganda, tarvuzda magniy yetarli darajada ko’p. Shu bois qon bosimi baland kishilar uni kundalik taomnomalariga kiritishi kerak.
Bundan tashqari, tarvuz tanadan holesterinni chiqarib yuborishda qo’l keladi.
Tarvuzda siydik haydash hususiyati boshqa meva va sabzavotlarga nisbatan juda kuchli. Darvoqe, bunday hususiyatga nafaqat tarvuzning eti, balki uning po’stlog’i ham ega.
Tarvuz po’stlog’idan tayyorlangan damlama yurak va buyrak kasalliklaridagi shishlardan holi etadi. Bunday tarvuzli davolashni yil mobaynida amalga oshirish mumkin- gaz pechida quritilgan po’stloqni ancha muddat saqlasa bo’ladi. Damlama tayyorlayotganda quruq po’stloq ustiga 1:10 nisbatda suv solinadi va taxminan 5daqiqa qaynatiladi. So’ngra damlama tindirilib, suzgichdan o’tgaziladi va yarim stakandan 3-4 mahal ichiladi.
Ushbu damlama revmatizm va podagrada ham qo’l keladi.Tarvuz urug’i foydalilik jihatidan qovoq urug’idan qolishmaydi. U gelmintlar, ya’ni gijjalarga qarshi yaxshigina kurasha oladi. Buning uchun quritilgan tarvuz urug’i go’shtqiymalagichdan chiqariladi va 1:10 nisbatda sut bilan aralashtiriladi. Bunday tabiiy dorini 2 stakandan 2 mahal taomdan alohida holda iste’mol qilish zarur.
Tarvuzdan kosmetologiyada ham foydalanish mumkin. Uning eti sanchqida ezib olinadi va yuzga 20 daqiqa surtiladi. Yuzingizni yuvib tashlagach uni tiniqlashgani va yosharganiga guvoh bo’lasiz.
Tarvuz sharbati jigardagi toksinlar, ya’ni zaharli moddalarni eritadi va chiqarib yuboradi. Antibiotiklar bilan davolangandan so’ng, kuchli ta’sir etuvchi dorilarni tarvuzdan to’yib-to’yib yeyish lozim.
Yoki uzoq vaqt norkoz ostida operatsiyani boshdan o’tkazgandan so’ng mazali tarvuz tanovul qilish jigardagi dorilardan organizmni tozalashda yaxshi foyda beradi.
Tarvuz tarkibidagi temir moddasi faqat salat barglari va ismaloqdan keyin turadi. Tarvuzdagi temir organizmda yengil o’zlashtiriladi, chunki u organik moddadir. Shu bois tarvuz kamqonlik (anemiya)ni davolash va profilaktikasida eng yaxshi yordamchi.
Diabet bilan kasallanganlar va homiladorlikning ohirgi uch oyida tarvuz tanovulidan tiyilib turgan ma’qul.
Tarvuz tanlayotganda:
Tarvuz sotib olayotganingizda uning juda kattasini ham, kichkinasini ham tanlamang. Katta tarvuzlarni kattalashtirish uchun turli dori vositalaridan foydalangan bo’lishlari mumkin, juda kichiklari esa hali to’liq yetilmagan bo’lishini yodda tuting.
Hech qachon yerda turgan tarvuzni olmang, uning tagida yana biror narsa to’shalgan bo’lsin.
Tarvuz po’stidagi chiziqlarning aniqligiga ahamiyat qarating, ularning taram-taram bo’lib turishi shirinligidan dalolatdir.
Tarvuzni sotib olayotganingizda uning tomiriga ulanadigan joyini ko’zdan kechiring, agarda u so’lib qolgan bo’lsa, bu bir necha kunlik tarvuz ekanligidan dalolat beradi. Bunday tarvuz biroz eskirgan bo’lishi va zararli oqibatlarga olib kelishi ham hech gap emas.
Yoki tarvuz harid qilishdan oldin hidlab ko’ring. Pishgan tarvuzdan doimo yoqimli hid keladi. Biroq pishib o’tib ketganini zinhor tanlamang, buni uning po’sti quriy boshlaganligidan bilsa bo’ladi.
Tarvuzni tanlashdagi eng yaxshi usullardan biri- bu uni chertib, urib ko’rishdir. Pishgan tarvuzdan jarangdor ovoz chiqishi barchamizga ma’lum.
Сообщения из Facebook