просмотров
Birinchi bosqich- Bedorlikdan uyqu holatiga o’tish ya’ni mudrash. Mudroqqa ketgan odamni uyg’otsangiz, uhlamagani haqida aytadi.
Ikkinchi bosqich- Uyqu elitib, mudroq bosganidan 20 daqiqa o'tib hosil bo’lib, butun uyquning yarmini tashkil etadi. Ayrim mutaxassislar bu jarayonni o’tish uyqusi deya ataydilar. Bu bosqichda uhlayotgan odamni uygotsangiz uyg’onadi va yana qayta uyquga ketadi. Ushbu holat tun davomida bir necha marotaba qaytalanishi mumkin.
Uchinchi bosqich- Sokin uyqu. U uyqu vaqtining chorak qismini egallaydi. Aynan ushbu tinch, osuda uyquda inson miyasi dam olar ekan. Faqat bu miyaning to’liq dam olishi deya olmaymiz, chunki shunday holatda ham miya organizmdagi boshqa a’zolarni nazorat qilib turadi. Aynan shu bosqichda kunduzgi faoliyatimiz uchun zarur modda va unsurlar vujudimizda qayta tiklanadi. Kun davomida parchalanadigan, teri sog’lom bo’lishi uchun muhim bo’lgan A va N vitaminlar ham shu bosqichda teriga so’riladi.
To’rtinchi bosqich- Paradoksal uyqu. Bu eng qisqa uyqu bo’lib, biz aynan shu uyquda tush ko’rar ekanmiz. Agar kimdir sizga hech qachon tush ko’rmasligi haqida gapirsa, ishonmang. U shunchaki ko’rgan tushini eslay olmaydi holos.
Inson salomatligi va jismonan sog’lom ko’rinishi uchun qancha uhlashi kerak? Muntazam ravishda uyquga to’ymaslik immuntizimga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Gormon ishlab chiqarilishini susaytirib, natijada asab faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Qiziqarli ma’lumotlar
Agar inson uch kun ketma-ket 5- 5 yarim soat va undan kam uhlasa, uning organizmida butun bir tunni uyqusiz o’tkazgan kabi alomatlar yuzaga keladi. Uyquga to’ymaslik natijasida ko’zlar nursiz, soch hamda teri quruq va mo’rt bo’lib qoladi. Go’zallik va salomatlikni saqlashni istasangiz o’zingizni uyqudan benasib etmang. Qayta kuch to’plash uchun kerak bo’ladigan uyqu vaqti har bir insonning o’ziga bog’liq.
Sanab o’tilgan 4 bosqichdan o’tib, to’liq xordiq chiqarganday uyg’ongan kishi, haqiqiy dam olgan hisoblanar ekan. Uhlay olmaslik, tez-tez uyg’onib ketish va uyqudan keyingi lanjlik hissi esa uyqu buzilganidan darak beradi.
1. Vaqtincha uyqusizlik- Xayotda bo’ladigan o’zgarish va stresslar natijasida bo’lishi mumkin.
2. Vaqti – vaqti bilan paydo bo’ladigan uyqusizlik- ziqlik, ruhiy zo’riqish va alkogolizmdan yuzaga keladi.
3. Davomiy uyqusizlik- ruhiy va jismoniy omillar ta’sirida paydo bo’ladi. Masalan hurrak o’tish, biror kasallik bilan hastalanish. Bunday holda nafaqat bemor balki uning yonidagi odam ham uyqusizlikdan jabrlanadi.
Uyqusizlikda yordami teguvchi maslaxatlar:
Uhlashdan oldin honani shamollating. Honaning harorati 18 darajada bo’lsin.
Qulay va qattiqroq bo’lgan krovatda uhlang. O’ta yumshoq , qalin va sintetik ko’rpa –to’shaklardan foydalanmaganingiz ma’qul.
Yostiq uchun jild va choyshablarni tabiiy matolardan tanlaganingiz ma’qul.
Har kuni aynan bir vaqtda uhlashga odatlaning.
Uhlashdan oldin bir qoshiq asal, banan yoki bir piyola iliq sut iching. Sababi bular uyqu chaqiruvchi tabiiy ne'matlardir.
Сообщения из Facebook