просмотров
Biz simsiz qurilmalardan: mobil telefonlar va planshetlarni Internetga ulash uchun routerlar foydalanamiz. Router o’zidan sog'liqqa katta zarar yetkazishi mumkin bo'lgan WLAN signallarini - elektromagnit to'lqinlarni chiqaradi.
Biz ko'pincha bu haqiqatni e'tiborsiz qoldiramiz, chunki biz bu haqda deyarli hech narsa bilmaymiz. Biroq, butun vaqt davomida ushbu signallar tanaga zarar yetkazishda davom etaveradi.
Buyuk Britaniyaning Sog'liqni saqlash agentligi tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, Wi-Fi routerlari odamlar va o'simliklarning o'sishiga to'sqinlik qiladi.
Wi-Fining nojo’ya ta'sirlari:
Surunkali charchoq.
Quloq og'rig'i.
Konsentratsiyaning yetishmasligi.
Tez-tez kuchli bosh og'rig'i.
Uyqu muammolari.
Biz texnologiyasiz yashay olmaymiz - bu ayni haqiqat. Ammo o'zimizni zararli oqibatlardan qanday himoya qilish haqida ko'proq bilishimiz kerak. Wi-Fi routeridan qanday qilib xavfsiz foydalanish yoki hech bo'lmaganda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararni kamaytirish bo'yicha ba'zi maslahatlarni siz bilan bo'lishmoqchimiz.
Bolalarni elektromagnit to'lqinlardan qanday himoya qilish kerak?
Uyqudan oldin Wi-Fi-ni o'chirib qo'ying.
Ishlatilmagan chog’da Wi-Fi-ni o'chirib qo'ying.
Uyingizdagi simsiz telefoningizni eski kabellisi bilan almashtiring.
Oshxona yoki yotoqxonaga Wi-Fi routerini o'rnatmang.
Maqolamiz sizga oz bo’lsada naf keltirgan bo’lsa bundan behad bahtiyormiz. O’zingizni hamda yaqinlaringizni asrang!
Сообщения из Facebook