просмотров
Halokatning asl sabablari haqidagi baxs-munozaralar hanuzgacha davom etib kelmoqda. Taxminlarning ko’p qismi bema’ni va tuturuqsiz bo’lib, yolg’onchi va lo’ttibozlar tomonidan uydirma sifatida to’qib, tarqatilgan. Biroq bir qarashda bema’ni ko’ringan ba’zi taxminlar faktkarga asoslangan.
Qora dori
Suzish davomida Titanikning to’rt nafar yo’lovchisi bortdagi gospitalga kuchli giyohvand modda ta’siridan davolanish uchun tushgan.
1912 yilda ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda qora dori savdosi taqiqlangan, shu bois uning narxi qimmatlashgan edi. Titanik tryumlari (yuk xonasi) da bir necha tonna qadoqlangan opium plastinalari aniqlangan. Bu yuk tabiiyki, noqonuniy yo’l bilan olib ketilayotgan bo’lgan.
Xoup Brillianti
Taxminlardan birida aytilishicha, kema yo’lovchilari orasidagi er-xotinlardan biri Titanikda noyob Xoup moviy brilliantini olib ketayotgan bo’lgan. Bu qimmatbaho tosh qadimdan beri la’nati bilan mashhur edi. Ma’lum bo’lishicha bu olmos Hindistonda o’g’irlangan, avval Lyudovik XV (yuqumli kasallikdan vafot etadi), so’ngra Mariya-Antuanettaga (qatl qilib o’ldiriladi) o’tadi. Qirolichaning qatlidan keyin brilliantning izi yo’qoladi.
Aytishlaricha Xoup brillianti Yevropaga kirib kelganida o’zi bila birga yuqumli vabo kasallaigini olib kirgan. Titanikning halokatiga ham aynan ana shu la’natlangan tosh sabab bo’lgan hamda egalari bilan birga ummon tubiga g’arq bo’lgan, degan taxminlar bor.
Misr mumiyasi
Bir necha omon qolgan matroslar jurnalistlar va polotsiyaga kema bortiga ortilgan misr mumiyasi haqida g’alati voqeani so’zlab berganlar. Go’yo bu sirli yukni Amerikaga lord Kentervil olib ketayotgan bo’lgan va u qimmatbaho bu yuk kemadagi kapitan ko’prikchasida saqlanishini talab qilgan.
Qimmatbaho san’at asarlari
Aniq ma’lumotlarga qaraganda, Titanikda taniqli rassom Jak-Fransua Blondelning “La Circassienne Au Bain” surati olib ketilayotgan bo’lgan va sug’urta kompaniyasi hattoki uning egasi Moris Steffansonga 100 000$ ga yaqin asar pulini to’lagan. Bugungi o’lchamda bu miqdor 2 yarim millon dollardan oshib ketgan bo’lar edi.
Shunisi qiziqki, Moris Steffanson kemada haddan tashqari qimmat san’at asarlarining kollektsiyasini olib ketilayotgan bo’lganligini ma’lum qilgan, biroq keyinchalik bu so’zlaridan qaytgan. Taxmin qilinishicha, Steffanson haqiqatdan ham Titanikning yukxonasida Yevropaning yirik muzeylaridan o’g’irlangan nodir san’at asarlarni olib ketayotgan bo’lgan.
Oltin yombilar
Ushbu surat “Titanik” ning ballar zalida tasvirga tushirilgan, unda birinchi klassdagi mamnun yo’lovchilar guruh bo’lib rasmga tushish uchun yig’ilganlar. Surat kech soat 11.40 tasvirga tushirilgan – ikki soatu qirq daqiqadan keyin kema cho’ka boshlagan.
Birinchi klassni nufuzli boy odamlar egallaganlar. Cho’kkan kemaga qilingan birinchi ekspeditsiya undagi boyliklarni 250 million dollarga baholagan.
Antikvariat (qadimgi, tarixiy nodir buyumlar), san’at asarlari, qimmatbaho toshlar – bularning barchasi ekspeditsiyaning kamera obyektivlariga tushgan, ba’zi eng qimmat buyumlarni esa olib chiqishga muvaffaq bo’lingan.
Ammo robotlar cho’kkan kemaning pastki palubasida joylashgan seyfni ochishni uddalay olmadilar. Taxmin qilinishicha, bu seyfda olib ketilayotgan bir tonna oltin masonlik ordenining ishonchli vakillaridan biriga tegishli bo’lgan.
Сообщения из Facebook