просмотров
May-iyun oylarida Keniya va Tanzaniyada yomg’irlar mavsumi tugaydi. Yoz faslining bitinchi oyining oxiriga kelib Hind okeanining sohil bo’yida plyaj mavsumi boshlanadi. Iyul va avgust oylari bu mamlakatlarda dam olish uchun eng qulay davrdir.
Iyul oyidan boshlab hayvonlarning migratsiyasi boshlanadi, bu narsa safariga qiziqishning ortishiga sabab bo’ladi (eng avvalam bor Masai-Mara, Serengeti, Ngorongooro parklarida). Zanzibar oroli va Mombasa kurortida esa butun yoz bo’yi hordiq chiqarish mumkin.
Mashhur kurortlar: Keniyada – Mombasa, Tanzaniyada – Zanzibar kurortlari.
11.Malta
Maltada yil bo’yi iliq havo hukmronlik qiladi, biroq turistlarning soni aynan yoz oylarida avjiga chiqadi. Bu yerning iqlimi O’rta Yer dengiziniki, shuning uchun yoz fasli juda issiq keladi. Iyun oyining o’zidayoq havo yaxshigina qizigan bo’ladi, sayyohlar bu yerga bajonu dil tashrif buyuradilar, plyajlarda ko’p odam to’planadi, narxlar ham shunga qarab qimmatlashadi. Dam olish mavsumi iyul oyida avji nuqtasiga yetadi, avgust oyiga kelib esa havo harorati +40 darajaga yetadi.
Mashhur kurortlar:Valetta, Mellixa, Slima, Sent-Julians, Golden Bey va boshqalar.
12.Marokash
Bu mamlakat Afrikaning shimoli-g’arbiy qismida, Atlantika okeanining qirg’oq bo’yida joylashgan.
Yoz faslida ocean yaqinidan ketmaslik tavsiya etiladi, chunki mamlakatning boshqa hududlari haddan tashqari issiq bo’ladi. Marokashda hordiq chiqarishni istagan sayyohlar avgust oyini tanlaydilar, aynan shu paytda sovuq Atlantika okeanining suvi hihoyat iliydi.
Mashhur yo’nalishlar: Agadir, Marokkash, As-Suvayra, Kasablanka, Fes, Tanjer va boshqalar.
Сообщения из Facebook