просмотров
Avtomobil tirbandliklari va ekologiya – zamonaviy shaharlarning ofatidir. Har kim bu muammolarni o’zicha hal qiladi: kimdir mini-karlarga o’tib oladi, kimdir avtomobillardan mutloq voz kechib, velosipedlarga afzallikni beradi, millioner– ixtirochi Ilon Mask avtomobil yo’llarini pastga tushirishni istab, bu yo’nalishda ish boshlab ham yubordi.
Ilon Mask yo’llardagi avtomobil tirbandliklardan nafratlanadi. Aynan shu sabali u o’zining “Zerikarli kompaniyasi”ni tashkil qilib (uning yangi loyihasi– Boring Company, aynan shunday tarjima qilinadi), yer osti orzularini ro’yobga chiqarish uchun, Los – Anjeles ostida tonnel qazishni boshladi.
Mask yangi kompaniyasi uchun, bundan avval SpaceX uchun unga bergan bo’lib, endilikda Mask qanday g’aroyibot o’ylab topgani haqida o’ylar tug’dirgan, burg’ilovchi mashinani buyurtma qildi. Va nihoyat sirlar ochildi –Boring Company “Tunnellar” deb nomlangan videoni sahifalarida joylashtirdi.
Unda shahar yo’llari ostidagi olam qanday ko’rinishi mumkinligi taqdim etilgan edi. Berilgan videoda Mask o’ylab topgan konsepsiyasini ko’rish qiyin emas. Avvaliga avto oddiy yo’l bo’ylab yurib boradi, oldinda tirbandlik ko’ringungacha. So’ng u yo’l chetiga burilib, maxsus platforma ustiga chiqib oladi va u yer ostiga uni tushiradi.
Avtomobilni, oxir oqibat, platforma kerakli bo’lgan joyda yana yer yuziga olib chiqib qo’yadi. So’ng bo’shagan platforma ustiga navbatdagi avto chiqishi mumkin bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda quyidagi tonnellar xaydovchisiz avtomobollar uchun ishlatilishi va platformalarning o’zlari ham avtonom bo’lishlari ko’zda tutilmoqda. Mask o’zining utopik g’oyayalarini hali beri qo’yish niyati yo’qligi ko’rinib turibdi, bu Boring Company videosi ham uni tasdiqlab turibdi.
Ammo, xozircha yer ostiga tushishga hamma ham tayyor emasga o’xshaydi.
Сообщения из Facebook