1962 yildagi Tanganikadagi kulgi epidemiyasi. Hamda u mutlaqo kulguli bo'lmagan
1962 yili Tanganikda (xozirgi Tanzaniya) bir g'ayritabiiy hodisa yuz berdi. Bir maktabning o'quvchilari sababsiz kulishni boshlaganlar. Bu kulgi haqiqiy epidemiyaga aylanib ketdi va keng tarqalib keydi: u qo'shni shahar va qishloqlarga yetib bordi.

 Xozirgacha olimlar bu g'ayrioddiy hodisaning sabablarini topishga harakat qilmoqdalar. 

1962 yili 30 yanvarda Tanganikning Kashash qishlog'idagi maktabda, dars vaqtida, uchta qiz sababsiz kulishni boshladilar. O'qituvchi, sinf xonasida tartibni tiklash uchun, kulayotgan o'quvchilarni maktab xovlisiga chiqarib yubordi. 

Xovlida qizlar sababsiz kulishda davom etishdi. Boshqa o'quvchilar ularning aqldan ozdiruvchi harakatlarini kuzatib turdilar. Birnma ketin o'quvchilar kulishni boshladilar. Biroq, ularning ko'zlari kulmayotgan edi. Bu kulgu la'natga o'xshar edi. Oradan 50 yil o'tgach, mahalliy musilmon rohibi amerikalik muhbirga bunday yo'l bilan ajdodlar ruhi o'z kuchini bildiradilar deb aytib bergan edi. 

Kulgi tarqalib ketaverdi. Oxir oqibat 159 ta o'quvchilardan 95 tasi kulgini yuqtirib oldilar. Kulish bilan bir qatorda qizlar yig'lar edilar. Ularni kattalar tutishga harakat qilganlarida, ular qarshilik ko'rsatar edilar. Hukumat maktabni yopdi va epidemiyaga chalingan o'quvchi qizlarlarni o'z qishloqlaridagi uylariga jo'natdi. 

Kulgi esa, yanada keng tarqalaverdi: Nshaba qo'shni qishlog'i, Bukoba shahri va qo'shni Ugandagacha yetib bordi. Bu fenomen haqida birinchi hisobotni P. X. Filipp, mahalliy medisina ishchisi, hamda Makere Universiteti Kollejining professori A.M. Renkinlar tomonidan yozilgan. Ularning fikriga ko'ra epidemiya olti oy davom etgan. Boshqa manbaalarning ta'kidlashicha, u bir, ikki va undan ortiqroq davom etgan. Epidemiyani mingga yaqin odam yuqtirib olgan bo'lib, ularning arsariyatini yosh ayollar va qizlar tashkil qilgan. 

Psixologiya professori Robert Provayn bu fenomenni o'rganish bilan shug'ullangan. U va uning ishchilari 1000 dan ortiq "kulgi epizodlarini" yozib olganlar va ular bilan bog'lik sharoitlarni o'rganganlar. Provayn odamlar biror narsa zavqli bo'lgani uchun kulmaganliklarida ishonch hosil qildi. Ular kulguni olamga o'ziga xos xabar va birdamlik sifatida qo'llaganlar. "Kulgu ijtimoiy bo'lgan edi", - deb xulosa qildi Provayn. Hamda, bu yuqumli bo'lgan edi. "Tananikadagi kulgi epidemiyasi - kulgi kuchining yuqumli kuchining dramatik misolidir", - deb o'z ilmiy maqolasida yozadi Provayn. 

Silviya Kardozo Kampinasning davlat universitetining etologi, ham odamlarda, ham hayvonlarda kulguni o'rganadi. O'zining ko'pchilik hamkasblaridan farqli, u kasallikning sosiogen xarakterini qayd etadi. U epidemiyaning sababi bo'lib virus xizmat qilgan bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Intervyulardan birida u: " Menga faqat psixologik ommaviy reaksiya bu qadar uzoq ushlanib turishi va bu qadar keng tarqalishi ajablanarli bo'lib tuyuladi", deb aytgan. 

Amrikalik nevrologlar Xanna va Antonio Damasiolar miyaning asosiy qismi shikastlanganda anomal kulgu yuzaga keladi deb taxmin qiladilar. Bu modelga asoslangan holda, ular 1962 yil epidemiyasi virusli infeksiya tufayli yuzaga kelgan deb hisoblaydilar. Ehtimol, miyaning asosiy qismida ensifolit bo'lsa kerak. 

1962 yil epidemiyasi haqidagi haqiqat tarix soyasida qolgan. Xech kim kulgu portlashi markazida bo'lgan 3 ta qizlarning ismlarini yozib olmagan. Olimlar qaydlari har xil. Olim Piter Makgrou va jurnalist Djoel Uornerlar Tanzaniyaga, epidemiyaning guvohlarini qidirib uchib kelganlar. Ular tadqiqotlarini 2014 yil chiqqan "yumor kodeksi" kitobida yozganlar. 

Uorner va Makgrou epidemiya boshlangan maktabga tashrif edilar. Ular mahalliy aholi bilan ularning xotiralari haqida so'zlashdilar. Ular hattoki, jabrlanganlar qatorida bo'lganining ehtimoli katta bo'lgan ayolni ham topdilar. U ayol bo'lgan voqealar haqida gapirishdan bosh tortdi. 

Oxir oqibat, Makgrou va Uorner adabiyotlar asosida xulosalar qildilar. Xususan, Kristian Xempelmanning tadqiqotlari asosida. Ommaviy prixogen kasallik (ularni psixologlar yana "ommaviy isteriya" deb ham ataydilar) mohiyatiga ko'ra, o'zlarini kuchsiz deb biladigan guruh odamlari uchun, uzoq vaqt davom etgan psixologik bosimning o'sib borishiga nisbatan reaksiyasidir. 

"Markaziy Afrikadagi maktablar ommaviy isteriyaga juda ham moyil. 2008 yil oxirida Tanzaniyaning maktabidagi bir nechta qizlar bosimga quyidagicha reaksiya bildirishgan: ba'zilari hushidan ketgan, boshqalar yig'lab, dod faryod urgan yoki maktab bo'ylab yugurib yirganlar", - deb tadqiqotchi Djon Uoller aytib beradi. 

Anologik xulosalarga Tanganika kulgi epidemiyasini hujjatlashtirgan olimlar ham kelganlar. "Taxmin qilinishicha, bu - o'ziga juda yaqin qabul qiladigan aholining ommaviy isteriyasi, - deb 1963 yilda Renkin va Filipplar yozganlar - Ehtimol, bu kasallik madaniyat bilan belgilangan."

Ehtimol, bu voqea zavqli bo'lib tuyulishi mumkin, lekin haqiqatda bu hikoya umidsizlik, protestni izhor eta olmaslikning va tananing atrof muhitda hukumat, kuchning bosimiga qarshi arzining bir usulining yemiruvchi kuchi haqidadir. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations