Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq
Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq
Avraam Linkoln - AQShning tarixdagi eng mashhur prezidentlaridan biri, Amerika xalqining milliy qahramoni, ”Eng ko‘p o‘rganilgan 100 tarixiy shaxs”ning biri. Siyosiy arbobning hayoti davomida amalga oshirgan ishlarini barmoq bilan sanab tugatish qiyin. Muvaffaqiyatga erishish borasida esa uning mazkur tavsiyalari sizga ko‘makdosh bo‘ladi.

1. Muvaffaqiyatga tayyorlaning

”Menga daraxtni kesish uchun 6 soat bering, uning birinchi to‘rt soatiniboltani o‘tkirlash uchun ishlataman”.

Muvaffaqiyatga erishishdan avval unga tayyor bo‘lishingiz kerak. Linkoln Illinoys shtatining oddiygina advokati bo‘lgan paytlaridan boshlab o‘zini kelgusidagi yutuqlarga tayyorlardi. Illinoys shtati senatori bo‘lgani ham bu jarayon davom etdi. AQSH senati saylovlarini ikki marta boy bergan paytida hamkatta yutuqlar uchun tayyor bo‘lgan. Siz o‘z muvaffaqiyatlaringizga munosib bo‘lish uchun nimalarni amalga oshiryapsiz? Linkoln bu borada shunday degandi:”Men tayyor bo‘laman va bir kun omadim ham keladi”.

2. G‘ayrat bilan harakat qiling

”Barcha narsa kutishni bilgan insonlarga beriladi, ammo berilgan narsa g‘ayrat bilan harakat qilganlardan qolganlari bo‘ladi xolos”.

Asta-sekinlik bilan harakat qilib, omadga erishaman deya o‘ylamang. Buning uchun hamisha g‘ayrat bilan harakat qilmoq lozim, bu sizni odatiylik qobig‘idan olib chiqib ketadi. Hayotdagi eng yaxshi narsalar serg‘ayrat insonlarga beriladi. Siz o‘z maqsadingiz uchun qanday shiddat bilan harakat qilmoqdasiz?

3. Ichingizga buyuk inson yashaydi

”Ayrim insonlarning muvaffaqiyatga erishishlari -boshqalar ham buni eplay olishlariga yaqqol isbotdir”.

Agar biror tanishingiz ma’lum sohadagi yutuqqa erishgan bo‘lsa, demak buni siz ham uddalay olasiz. Do‘stingiz boyib ketgan bo‘lsa, bu sizning ham badavlat insonga aylanishingiz mumkin ekanligidan darak.

Har bir inson ichida buyuk daho yashaydi, bu o‘rinda hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. Olamshumul muvaffaqiyatni do‘stingiz qo‘lga kirita olgan bo‘lsa, nahot buni siz uddalay olmaysiz? Aslida bu ishni undan yaxshiroq qilib bajarish uchun imkoniyatingiz ham, qobiliyatingiz ham bor-ku?

4. Yaxshi obro‘-e’tiborga munosib bo‘lish kerak

”Obro‘ - xuddi nozik chinniga o‘xshaydi, bir kuni uni sindirsangiz, qayta tiklash qiyin bo‘ladi”.

Odamlarning tasavvurida qanday qiyofada bo‘lishingiz juda muhim. Aslingizdan boshqacha ko‘rinmang, barchaga birday mehribon bo‘ling. Shundagina boshqalarning hurmatiga sazovor bo‘lasiz. Atrofdagilar bilan samimiy, haqiqiy munosabat o‘rnatish - buyuk insonlarga xos bo‘lgan fazilat.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook