Avvaliga qo’shnilar yigit yerni basseyn uchun qozyapti deb o’ylagan edilar, ammo natija ancha yaxshiroq chiqdi
Avvaliga qo’shnilar yigit yerni basseyn uchun qozyapti deb o’ylagan edilar, ammo natija ancha yaxshiroq chiqdi
Avvaliga hamma qo’shni basseyn quryapti deb o’ylagandi.

Bu yigit yaratgan ishga qarab, mashhur iborani eslasa bo’ladi: “Erkak doimo yigitcha bo’lib qoladi, ammo uning o’yinchoqlari ancha kattaroq va qimmatroq bo’lib chiqadi”. Kolin Fyorz o’z hovlisida chuqurlikni qaziy boshlaganida, qo’shnilar u basseyn qurmoqchi degan fikrda edilar. Ammo barchasi bundanda qiziqarliroq bo’lib chiqdi.

Yigit hovlisini bo’ydoqlik boshpanasini qurish uchun qazib tashladi.

 Yigit hovlisini bo’ydoqlik boshpanasini qurish uchun qazib tashladi.

Kolin Fyorz (Colin Furze) turli xildagi ixtirolarni, ya’ni reaktiv dvigatelli velosiped yoki olovqurolli skuter kabilarni yaratishni xush ko’radi. Bu safar esa yigit o’z hovlisida haqiqiy bo’ydoqlik boshpanasini yaratishni o’ylab topdi. O’z boshpanasi bilan uyi oldidagi bog’chani buzmaslik uchun, un iyer ostida qurishga ahd qildi.

Kolin Fyorz o’z loyihasini aynan shunday tasavvur qilgandi.

Kolin Fyorz o’z loyihasini aynan shunday tasavvur qilgandi.

Kelgusi boshpana rejasi boshida yosh bolaning chizgan rasmini eslatardi. Kolin hovlisida kerakli maydonni belgilab oldi va uni kurak bilan qozishni boshladi. Kurak yordam berolmasligini tushunganida, u ekskavatorni ishga soladi. Bungan keyin bunkerning asosi tariqasida, yigit o’zi payvandlab qo’ygan metal parchalarini ishlatgan.

Bunker, uni yig’ish bosqichida.

Bunker, uni yig’ish bosqichida.

Kolinning sevimli baraban uskunasi va devordagi plazmasi.

Kolinning sevimli baraban uskunasi va devordagi plazmasi.

Kolin bunkeridagi oshxona va ustaxona.

Kolin bunkeridagi oshxona va ustaxona.

Asta-sekinlik bilan Kolin o’z uychasini “yigitga xos” turda to’ldirdi: uning ichida barabanlarni, futbol o’yinlari ko’rsatiladigan katta plazmani uchratish mumkin. Oshxonada odatiy “bo’ydoqlik to’plamini” ko’rish mumkin: konservalar, chipslar va boshqa uzoq saqlanadigan mahsulotlar. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook