Ayollar qalbini zabt eta olgan eng ko'rkam turk aktyorlari
Turkiya nafaqat o'zining maftunkor qizlari balki barno yigitlari bilan ham dunyoga mashxur. Quyida mashxur va ko'rkam turk aktyorlari ro'yxatini keltirib o'tdik.

Burak Ozjivit

Burak bugungi kunda Turkiyaning eng yorqin aktyorlaridan biridir. Qanchadan qancha qalblarni zabt etishga ulgurgan yulduz taniqli aktrisa Faxriye Evdjen bilan turmush qurgan. Ularning shirindan shakar farzandi ham bor. So'ngi yillardagi suratga olinayotgan kino va seriallarning aksariyat qismida Burak ro'l ijro etib kelmoqda.

Halit Ergench

Bolalik chog'larida Gollivudda mashxur bo'lishni orzu qilgan Halit bugungi kundagi eng ko'p gonarar oluvchi va eng taniqli aktyorlar ro'yxatida turadi. Ushbu aktyorning tashrif qog'oziga aylangan eng omadli ro'li "Muhtasham yuz yil" serilidagi Sulton Sulaymon obrazidir.

Engin Akyurek

Tilshunos-tarixchi o'qituvchilik mahorati bilan maktab yoshidanoq ijodiy va mahoratli bo'lish qobiliyatini namoyish etdi. Hozir u eng ko'rkam va hushbichim turk aktyorlaridan biridir.

Mehmet Akif Alakurt

Model sifatida faoliyat olib boruvchi Mehmet Akif "Dunyoning eng yaxshi modeli", "Turkiya shahzodasi" kabi bir qancha unvonlarni qo'lga kiritib ulgurgan. Rejissorlar uning kelishgan bo'y-bastini payqab, kinoga taklif etishni boshladilar.

Okan Yalabik

Turk aktyori Okan Yalabik o'z faoliyatini Istambul teatrida boshlagan. Hozirda aktyor taniqlilik borasida boshqalardan qolishmaydi. 

Murad Yildirim

Mutahassisligi bo'yicha muhandis bo'lmish Murad kino olamiga tasodifan kirib keladi va ulkan yutuqlarga erishadi. Hozirda u ayollar qalbini zabt eta olgan aktyorlar ro'yxatidan o'rin egallagan.

Chagatay Ulusoy

Suratda bir paytlar basketbol murabbiyi bo'lishni orzu qilgan, ammo taqdir san'at  yo'liga boshlagan sevimli turk aktyori.

Ozjan Deniz

Mashxur turk qo'shiqchisi Ozjan Deniz o'zini kinoda ham sinab ko'rishga qaror qiladi va bu bilan u kino olamida ham zafar qozonadi. So'ngi yillarda ushbu kelishgan aktyor suratga tushgan ko'plab serial va drammalari insonlar qalbidan joy olib ulgurdi.

Bugra Gulsoy

Suratdagi iste'dodli turk aktyori, kinodan tashqari, arxitektura, dizayn va fotografiya san'atida ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Faoliyatining turli sohalarida ko'plab nufuzli mukofotlarning egasidir.

Qodir Dogulu

San'at yo'lidan borishni hatto orzu ham qilmagan Qodir bugungi kuning eng mashxur yulduzlaridan biridir. U barmen bo'lish istagidagi nochor oilaning farzandi edi. Yoqimtoy yulduzning muhlislari esa bugungi kunda son sanoqsiz ekanligi maqtovga sazovor!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations