Barcha zamonlarga bas kela oladigan 10 eng mashhur mafiachilar
Barcha zamonlarga bas kela oladigan 10 eng mashhur mafiachilar
Jahonda davlat va jinoiy avlodlarga qarshi urush olib borilmoqda, ammo mafia haligacha tirik. Hozirgi vaqtlarda ko’pgina jinoiy guruhlar vujudga kelgan bo’lib, ularning har biri o’z xo’jayini va ilhomlantiruvchisiga ega. Jinoiy mansabdorlar ko’proq o’zlarini jazolanmagan sifatida his qilishadi va haqiqiy jinoiy imperiyalar tuzishadi, va shu bilan tinch yashovchi fuqarolarni va davlat organlari vakillarini qo’rqitishadi.

Ular o’z qoidalariga binoan yashashadi, va ularning buzilishi ko’pincha o’limga olib boradi.Ushbu maqolada mafiya tarixida chindan ham ahamiyatli iz qoldirgan 10 tamashhur mafiachilar tasvirlab berilgan.

1. Al Kapone

1. Al Kapone

Al Kapone o’tgan asrning 30-40 yillarida jinoyat olamida afsona bo’lgan va hozirgacha tarixdagi eng mashhur mafiachi hisoblanadi. Nufuzli Al Kapone hammaga qo’rqinch solardi, va shu navbatda hukumatga ham. Kelib chiqishi italyan bo’lgan ushbu amerikalik gangster qimor biznesini rivojlantirgan, betlegerlik, reketva tamaki bilan shug’ullangan. Aynan u reket tushunchasini kiritgan. Oilasi AQSHga yaxshi hayot izlab ko’chib kelganida, u qattiq ishlashga majbur bo’lgandi. U dorixonada va bouling-klubda, va hatto konditer do’konchasida ishlagan. Ammo Al Kaponeni kechki hayot juda o’ziga tortar edi. 19 yoshligida, bilyard klubida ishlagan vaqtlarida, u jinoyatchi Frenk Galuchchioning xotiniga qaratib surbetlarcha izoh bergandi. Vujudga kelgan urush va pichoqbozlikdan keyin uningchap yonog’ida chandiq qoldi. Surbet Al Kapone pichoqlar bilan mahoratli boshqarishni o’rgandi va “Besh stol to’da” siga taklif qilindi. O’z raqobatchilari ustidan g’alaba qozonishi vaqtida qo’rs bo’lishi bilan mashhur Al-Kapone, Ilohiy Valentin kunida Jangni tashkil qilgan, va o’shanda uning buyurtmasi bilan Bags Morana guruhidagi yettita eng kuchli mafiachilarni o’ldirishdi. Uning mohirligi unga qiyin holatlardan qutulib chiqishni va qilingan jinoyatlar uchun javobgarlikdan qochishga yordam berar edi. Uni qamoqqa o’tirishiga undagan yagona narsa – bu soliqlarni to’lamasligi bo’ldi. Besh yil qamoqda o’tirib chiqqanidan keyin, uning sog’ligi ancha yomonlashgandi.U foxishalardan biridan sifilis bilan zaharlanib, 48 yoshida vafot etdi.   

2. Laki Luchano

2. Laki Luchano

Sitsiliyada tug’ilgan Charlz Luchano yaxshi hayot izidan borib oilasi bilan Amerikaga ko’chib keladi. Vaqt o’tib, u jinoyat ramzi va tarixdagi eng kuchli gangsterlardan biri bo’lib qoldi. Bolaligidan ko’cha bolalari u uchun qulay muhit bo’lib qoldi.U tamakilarni aktiv tarqata boshladi va 18 yoshida qamoqqa tushdi. AQSHda spirtli ichimliklarni taqiqlash vaqtida u “To’rtlik to’da”si ishtirokchisi bo’lgan va spirtli ichimliklar kontrabandasi bilan shug’ullangan. U do’stlari singari kambag’al immigrant bo’lgan va jinoyatda million dollarlab pul topgan. Lakibutlegerlardan tashkil topgan “Katta yettilik” nomidagi guruh tuzgan va uni hukumatdan himoya qilgan. Keyinroq u “Koza nostra” boshi bo’lgan va jinoyat muhitidagi barcha sohalarni nazorat ostida tutgan. Maranzano gangsterlari undan tamakini qayerda yashirganini bilish uchun uni yolg’onni ishlatib, trassaga olib chiqib, kuch ishlatishgan, pichoqlashgan va urishgan. Luchano buni sir saqlagan. Hayot belgilarisiz qonga belangan uning badanini yo’ldan chetga tashlab ketganlar va faqatgina 8 soatdan keyin uni politsiya patruli topgan.Kasalxonada unga 60 ta chok urishgan va hayotini saqlab qolishgan. Shundan so’ng uni uni Lakki (Omadli) deb atashgan. 

3. Pablo Eskobar

3. Pablo Eskobar

Pablo Eskobar – eng taniqli josus kolumbiyalik narkobaron. U haqiqiy narkoimperiyani yaratgan va butun jahon bo’ylab katta miqdorda kokain yetishtirilishini joyiga qo’ygan. Yosh Eskobar Medelyinning qashshoq tumanlarida o’sib ulg’aygan va o’z qonunga zid hatti-harakatlarini qabr toshlarini o’g’irlashdan va ulardagi yozuvlarni o’chirilgan holatda savdogarlarga sotgan.Bundan tashqari u tamaki va sigaretlarni sotishda oson pullarni topishga, shu bilan birga lotereya biletlarini soxtalashga harakat qilgan. Keyinchalik jinoiy faoliyat sohasiga qimmat avtomobillarni o’girlash, reket, o’g’irlik va odamlarni o’girlash ham kirdi. Eskobar 22 yoshligidayoq allaqachon kambag’al joylarda nufuzli odamga aylangan. Kambag’allar uni qo’llab-quvvatlaganlar, chunki uularga arzon uylar qurib bergan. Narkokartel boshlig’i bo’lganidan keyin u milliardlarni ishlab topgan. 1989 yilda uning mulki 15 milliarddan oshgan.O’zining jinoiy faoliyati mobaynida u mingdan ortiq politsiyachilar, muxbirlar,bir necha yuzlab sudyalar va prokurorlar va har xil mansabdor shaxslar o’limida qatnashchi bo’lgan.

4. Djon Gotti

4. Djon Gotti

Djon Gotti Nyu-Yorkda hammaga taniqli bo’lgan. Uni “Teflon doni” deb atashgan, axir barcha ayblar mo’jizaviy tarzda uni chetlab o’tardi, va unda umuman dog’ qoldirmasdi. Bu o’zi uchun past tabaqalardan Gambino oilasining eng baland cho’qqisigacha yo’l tuzib bilgan eng mohir mafiachi edi. O’zining yorqin va elegant ko’rinishi uchun “Elegant Don” nomiga sazovor bo’lgan. Oilani boshqarish paytlarida u oddiy jinoiy ishlar bilan band bo’lgan: reket,o’grilik, mashina o’g’riligi va o’limlar. Boshliqning o’ng qo’li bo’lib, uning do’sti Salvatore Gravano hisoblangan. Natijada, bu Djon Gottining jiddiy xatosiga aylandi. 1922 yilda Salvatore FBR bilan hamkorlik qila boshladi,Gottiga qarshi ko’rsatmalar berdi va uni qamoqqa umrbodga qamatdi. 2002 yilda Djon Gotti qamoqda tomoq saratonidan halok bo’ldi.  

5. Karlo Gambino

5. Karlo Gambino

Gambino – Amerikadagi eng kuchli jinoiy oilalarning boshlig’i bo’lgan vauni o’limining oxirigacha boshqargan sitsiliyalik gangster. O’smirligida o’g’irlash va pul undirishni boshlab yuborgandi. Keyinchalik butlegerlikka o’tib oldi. Gambino oilasida boshliq bo’lganidan keyin, davlat porti va aeroport kabi daromadli obyektlar ustidan nazorat o’rnatgani orqali o’sha oilani eng boy oilaga aylantirdi. Gambino oilasi eng gullab-yashnagan vaqtlarida, 40 dan ziyod guruhdan iborat bo’lgan va Amerikaning katta shaharlarini nazorat ostida tutib turgan (Nyu-York, Mayami, Chikago, Los-Andjeles va boshqalar). Gambino o’z guruh vakillari tamaki savdosi bilan shug’ullanishini qo’llab-quvvatlamagan, chunki bu biznes o’ziga ko’p e’tiborni tortuvchi biznes deb ta’kidlagan.

6. Meir Lanski

6. Meir Lanski

Meir Lanski – Belarusda tug’ilgan yahudiy. 9 yoshida u oilasi bilanNyu-Yorkka ko’chgan. Bolaligidan Charlz “Laki” Luchano bilan do’stlashib qoldi va bu uning taqdirini aniqladi. O’n yillar mobaynida Meir Lanski jinoiy Amerikaning ang nufuzli odamlaridan biriga aylandi. “Quruq qonun” vaqtida u Amerikada u alkogol ichimliklarning noqonuniy tashishi va sotilishi bilan shug’ullangan.  Keyinchalik “Milliy jinoiy sindikat” tuzilgan va qato yashirin barlar hamda bukmekerlik korxonalari ochilgan. Meir Lanski ko’p yillar mobaynida AQSH da qimorbozlik imperiyasini rivojlantirgan. Oxir oqibat, politsiyaning doimiy nazoratidan charchab, uIsroilga viza asosida 2 yilga jo’nab ketadi. FBR uni olishni talab qiladi. Viza muddati tugashi bilan u boshqa mamlakatga ko’chishni xohlaydi, ammo uni hechkim qabul qilmaydi. U AQSH ga qaytadi, ammo uni sud kutib turadi. Uni ayblardan xalos etishdi, lekin xorijiy pasportini bekor qilishdi.  Oxirgi yillarida u Malayziyada yashagan va kasalxonada saratondan halok bo’lgan.

7. Djozef Bonanno

7. Djozef Bonanno

Bu mafiachi Amerikaning jinoiy olamida alohida joy egallardi. 15 yoshida sitsiliyalik yigit yetim qolgan. Noqonuniy tarzda AQSHga ko’chgan va darhol jinoiy guruhlarga aralashib qolgan. Nufuzli jinoiy Bonanno nomli oilani yaratgan va u bilan 30 yil davomida boshqargan. Vaqt o’tishi bilan uni “Bananli Djo” deb atay boshlashgan. Tarixdagi eng boy mafiachi nufuziga erishgach, u o’z xohishi bilan ishlardan o’zini chetga tortgan. Umrining oxirini shaxsiy ajoyib uyida tinchgina yashab o’tishni xohlar edi. Bir necha vaqt uni hamma esidan chiqargan edi. Ammo uning tarjimai holining e’lon qilinishi mafiyachi uchun misli ko’rilmagan xato bo’ldi va qaytadan hammaning e’tiborini unga tortdi. Uni hattobir yilga qamab qo’yishdi. Djozeff Bonanno 97 yoshida, qarindoshlari atrofida vafot etdi.

8. Alberto Anastaziya

8. Alberto Anastaziya

Alberto Anastaziya 5 mafiachi avlodlardan biri - Gambinoning boshlig’i bo’lgan.Uning boshchiligida tuzilgan “O’limlar Korporatsiyasi” deb nomlangan guruhining 600 ta o’lim uchun javobgar bo’lganligi sababli uni Bosh Jallod deb atashgan.Ularning birortasi uchun ham u qamalmagan. Unga qarshi ish qo’zg’alganda, asosiy guvohlar qayerga yo’qolib qolgani ma’lum emas. Alberto Anastaziya guvohlardan qutulishni yaxshi ko’rardi. Laki Luchanoni o’z ustozi deb bilgan vaunga sodiq qolgan. Anastaziya Lakining qaroriga asosan boshqa jinoiy guruh boshliqlarini o’ldirgan. Ammo 1957 yilda Albert Anastaziyaning o’zi raqobatchilarining buyurtmasiga asosan sartaroshxonalardan birida o’ldirildi.

9. Vinsent Djigante

9. Vinsent Djigante

Vinsent Djigante – Amerikaning Nyu-York va boshqa yirik shaharlarida jinoyatni nazorat qiluvchi mashhur nufuzli mafiachi edi. U maktabni 9 sinfda tashladi va boksbilan shug’ullanishni boshladi. Jinoiy guruhga 17 yoshligida aralashib qoldi. O’shandan keyin uning jinoiy hayotda ko’tarilishi boshlandi. Avval u cho’qintirgan ota, keyinchalik esa konsolyere (maslahatchi) bo’ldi. 1981 yildan Djenoveze oilasining boshi bo’ldi.Vinsent o’zining noadekvat hatti-harakati va Nyu-York ko’chalarida cho’milish xalatida sayr qilib yurganligi uchun “Jinni Boss” va “Pijamalar qiroli” degan atamalarni oldi. Bu ruhiy kasallanganining simulyatsiyasi edi. 40 yil davomida u o’zini jinniga solgan holda, qamoq jazosidan qutulib yurgan. 1997 yilga kelib, uni oxir-oqibatda12 yilga qamashdi. Hatto qamoqda bo’la turib, u o’g’li Vinsent Espozito orqali jinoiy guruhlarni boshqarib turgan. 2005 yilda mafiachi qamoqda yurak kasalligidan vafot etdi.

10. Eribero Laskano

10. Eribero Laskano

Ko’p vaqt Eriberto Laskano qidirilayotganlar va Meksikaning eng xavfli jinoyatchilari ro’yxatida turgan.17 yoshligidan Meksika harbiy qismida va narkokartellar bilan kurashish maxsus qismida xizmat qilgan. Bir necha yildan so’ng, Gulf karteli uni o’ziga qaratganida,u qaroqchi-tamaki sotuvchilar tomoniga butunlay o’tib olgan. Yana bir nechavaqt o’tib, u eng yirik va nufuzli narkokartellardan biri – Los Zetasning boshlig’iga aylandi. O’zining raqiblarga nisbatan tugamas vahshiyligi uchun, mansabdor shaxslar, ijtimoiy faollar, politsiya va tinch yashovchi fuqarolarga (shu navbatda ayollar va bolalar) qarshi qonli qotilliklari uchun Jallod laqabini oldi. Ko’p sonli qotilliklar natijasida 47 mingdan ortiq odam halok bo’ldi. 2012 yilda Eriberto Laskano o’ldirilganida, butun Meksika yengilllik bilan nafas oldi.   



Ваша реакция?

Сообщения из Facebook