Bu ko'zlar odamlarga emas, balki ilohlarga tegishli ko'zlarga o'xshaydi, butun bir koinotga eshiklar
Bu ko'zlar odamlarga emas, balki ilohlarga tegishli ko'zlarga o'xshaydi, butun bir koinotga eshiklar
Shubhasiz, bu fotoapparatlar ob'ektivlariga tushgan eng yorqin, ifodali, nurli va ajoyib odam ko'zlarining sur'atlaridir.

Xuddi, butun olam jàm bo'lgan bir juft qimmatbaho toshlarga jon kirganidek. Ba'zan bu qayg'u, dard va boshdan kechirilgan yo'qotishĺar dunyosi ba'zan esa, u sevgi va baxt koinoti, gohida esa u asrlar donishmandligining oliyjanob nuridir. Bunday ko'zlarga nigoh solgan kishi xech ham befarq qola olmaydi. 

Balki ular aslo odamlar emasdir? Aniqrog'i, ruhlar olamiga yo'l boshlovchi bo'lgan odamlar yoki tanalariga qandaydir samo kuchlari kirib olgan odamlarmi?  Bo'lmasa bunday go'zallik, ichki beg'uborlik va qudrat qayerdan? Albatta, har bir vaziyat uchun zerikarli, prozaik javob bor bo'lib: sur'atkash butun bir kun apparaturasini sozlab, omadli kadrni poylab va son sanoqsiz kadrlarni buzib quyib sarf qilgan. Bundan avval eda oylab to'g'ri keladigan tipajni qidirgan. Lekin biz ko'proq ertakka ishonishni istaymiz, shunday emasmi? 

Agarda ko'zlar odam ruhining ko'zgusi bo'lsa, u holda u bu odamlarda qanday? Ayniqsa eng kichkina, sof va beg'uborlarning. Yoki hamma gap vaziyatlarning banal ravishda bir biriga to'g'ri kelishiidami, ular genlarni antiqa yo'l bilan aralashtirib yuborgan bo'lib, quyidagilarni nostandart ko'zlar bilan ta'minlab berganmi? Shunday ekan, ilm fan yutuqlari bizlarga tabiatning ajoyibotini takrorlash imkonini berib, barcha xohlovchilarni shunday go'zal ko'zlar bilan ta'minlashga imkon beradimi? Bir ozgina oxshaydigan bo'lsa ham. Shubhasiz, kelajakda go'zal ko'zlarni, biseps yoki boshqalarni trenirovka qilgandek, "kachat" qilish mumkin bo'ladigan trenajyor zallari paydo bo'ladi. Xech qanday kimyoviy moddalar va plastik operasiyalarisiz. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook