Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da ko'rib qolguniga qadar - 9 yil o'tkazdi...
Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da ko'rib qolguniga qadar - 9 yil o'tkazdi...
Shubhasiz, siz xalokat-filmlarni ko'rgansiz. Ularda qahramon kema xalokatidan so'ng kimsasiz orolga tushib qoladi. Odatda bu kabi filmlar o'tmish vaqtlari haqida bo'ladi. Ammo, saxroyi orolda, uni tark etish imkonisiz, qolib ketish ehtimoli hatto xozir, kompyuter texnologiyalari erasida ham mavjud.

Ha, texnologiyalar pand berishi, hamda sizning hayotingizni saqlab ham qolishi mumkin. Shunday qilib, Adam Djons kimsasiz orolda uzoq to'qqiz yilni o'tkazdi. U u yerda halok bo'lishi yoki aqldan ozishi mumkin edi, lekin uni zamonaviy texnologiya - Google Earth - qutqarib qoldi. 

Adam bo'm - bo'sh orolga 2006 yili ikki nafar do'stlari davrasidagi dengiz sayohati davomida tushib qolgan. Yigitlar o'zlarining ona vatanlari Liverpuldan Gavaylargacha suzib borishga qaror qiladilar. Avvaliga hamma narsa joyida bo'lgan edi: ular o'z yaxtalarida Atlantikani kesib o'tdilar. Biroq, Tinch okeaniga kelib kuchli dovulga tushib qoldilar.

Uning o'zi ta'kidlashicha: "Birinchi ikki hafta eng qiyin bo'lgan edi. Menga suv yetishmas edi. Keyin men yomg'ir suvini yig'uvchi moslama yasadim. Bu meni o'limdan saqlab qoldi". 

Birinchi kunlarni Adam yaxtada o'tkazdi, keyin yigit uy yasashga qaror qildi. Unga daraxtni har kuni o'tkir chig'anoq bilan arralab, yiqitishiga 11 hafta kerak bo'ldi.

Ozuqa bilan bo'lgan vaziyat yanada qiyin edi. Yosh yigit qurolsiz o'zi tomonidan topilgan yovvoyi echkilarga ov uyushtira olmas edi: ular juda epchil ekan. Keyinchalik Adamga omad kulib boqdi - bitta echki butalar orasida tiqilib qolibdi. 

Malakasiz ovchiga xayvonni o'ldirish qiyin va yoqimsiz bo'lgan edi. O'zining butun irodasini yig'ish va bu ishni qilishga to'g'ri keldi. Oqibatda u taxminan 50 kilogram go'shtga ega bo'ldi. Ov qilish katta jismoniy urinishlarni talab qilardi.

Adam o'zini doimo yaxshi jismoniy formada ushlab turganini aytib berdi: har kuni otjimaniya qilgan, shoxda tortingan, qirg'oq bo'ylab yugurgan va toshlar bilan o'tirib turgan, buni qilish avvaliga qiyin bo'lgan. 

Ammo orilning yagona ongli yashovchisining ruhiy holati yaxshi emas edi. Adam zerikishdan depressiyaga tushib qolib, bu yerdan xech qachon chiqib keta olmasligini o'ylardi.

Natijada Djons,  tepada uchib o'tadigan qanfatdir vertolyot uni ko'rib qolishi uchun, toshlar yordamida SOS  kichik yozuvini terib chiqishni anglab yetdi. Keyin u qirg'oqni tozalab chiqdi va o'lchamlari yanada katta bo'lgan SOS yozuvini terib chiqdi. 

Qanchalar ajablanarli bo'lmasin, lekin uning rejasi ish berdi. Kunlardan bir kun u motor ovozini eshtdi va qirg'oqqa yugurib chiqdi hamda, yaqinlashib kelayotgan samolyotni ko'rdi. Yovvoyiga paket uloqtirishdi, unda aptechka va rasiya bor edi. 9 yilda birinchi bor u odam ovozini eshitdi.

Unga Minnesotalik qandaydir o'quvchi Google Earth xaritalarida SOS yozuvini ko'rib qolganini va hukumatga xabar berganini aytishdi. 

Adamning sabr va bardoshi hayratga soladi. Yigit taslim bo'madi, hamma yo'qotishlarga chidadi, ishondi va kutdi. Axir zoya ketmadi, u evaziga ega bo'ldi. Biroq, har kim ham tana va ruhning bunday sinovidan o'ta olmas edi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook