просмотров
Hech kim oshiqcha to’lashni hohlamasa kerak. Ayniqsa ko’chada va oilaviy byudjetda kasod bo’layotganida. Ohiri oqibatda, narsalar – bu shunchaki narsalar. Ular bizga hizmat qilishlari va hayotimizni osonlashtirishlari kerak. Agar bundan oldin kimgadur yahshi hizmat ko’rsatgan bo’lsa ham. Har bir kelishuv tejalgan yuz-ikkiyuzni oqlamaydi. Ekspertlar bu ro’yhatdagi buyumlarni sotib olmaslikni maslahat beradi. Oilangizni sog’lig’i va havfsizligi uchun. Shuning uchun hech qachon ishlatilganlarni sotib olmang…
1. Velosiped va motosikl shlemi
Hammasi oson. Hattoki yahshi kosmetik holatida ham ular shikastlangan bo’lishi mumkin, bu esa sizning havfsizligizni haqiqiy hatarga qo’yishi mumkin.
2. Bolalar avtokreslolari
Huddi shu sababdan. Bundan ham tashqari, amerikalik tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, 10ta ishlatilgan bolalar avtokreslolaridan bittasi avariyada yoki boshqa yo’l hodisasida bo’lgan. Siz bolangiz sog’lig’ini shubhali tarihli buyumlarga aniq ishonasizmi?
3. Shinalar
Agar ular ham YTX “ishtirokchisi” bo’lgan bo’lsa – bunday molga ishonch bo’lishi mumkin emas. Qanchalik ko’p sotuvchilar sizga to’g’risini aytadi?
4. Matraslar
Qisqa bo’lamiz: kanalar, bitlar va odamni tabiiy suyuqliklari. Brrrr…
5. Noutbuklar, smartfonlar va mayda gadjetlar.
Avvalari ishlatilgan, eng populyar mollar toifasi bu tehnika bo’lsa kerak. Lekin, afsus, sizga hech kim 100%lik kafolat bermaydi, yokimli narhli devays kafel polga tushmaganini, vannada cho’kmaganini yoki o’g’rilanmaganini. Tanlov esa sizdan.
6. Poyafzal
“Second” sharoitida yoki onlayn e’lonlar tahtasidan poyafzalni sotib olib, sizda uni yahshilab kiyib ko’rish va sizni o’lchamingizga to’g’ri kelishini aniqlashni ilojisi bo’lmasa kerak. Hamda zamburug’larni yashovchanligi va yuqumliligini hech kim hali bekor qilmadi. Shuning uchun ham e’tiborli bo’ling. Va esda tuting: omadli harid bo’lganida ham dezinfektsiya qilish shartdir.
7. Choyshab.
Hattoki issiq suvdagi kir yuvish ham turli bakteriyalarni o’ldirmaydi. Ahir aynan choyshablar odam tanasi bilan maksimal ravishda yaqin aloqada bo’ladi.
8. Bolalar shishachalari
Hamma gap plastmassada. 2012 yildan keyin FDA “havfsizligi standarti” o’zgarganini, va oldinlari chiqarilgan to’kilmaydigan rezinka so’rg’ichlar, potentsial havfli hisoblana boshlaganini bilasizmi? Bu chiroyli shishachada ishlab chiqarilgan sanasi bormi?
9. Kastryulya va skovorodkalar.
Zang, so'hta, shikastlangan teflon qoplamasi – bu sizga kerakmi?
10. Divan va kreslolar
Matraslar haqida №4 punktni ko’rdingizmi? Uni boshqalatdan o’qib chiqing. Faqatgina choyshablar va potentsial jirkanch narsa va sizning qiymatli tanangiz orasida to’siq yo’qligini ham qo’shing.
11. Kosmetika
U shunchaki saqlash muddatidan o’tib ketgan bo’lishi mumkin, bu esa allergiya va kutilayotgan teri reaktsiyalarga olib kelishi mumkin. U yerga yana barmoqlarini tiqishgan…
12. Yumshoq o’yinchoqlar
Doimo shunday ehtimollik borki, sun’iy mo’yna chakalakzorlarida yangi ho’jayinni bit, chang kanalari va faunani boshqa yoqimsiz vakillari kutmoqda.
13. Bolalar krovatkachalari
Qisqacha: havfsiz emas.
14. Yugurish uchun krossovkalar
Spontan tagcharm, patakdagi ezilgan bolishchalar va boshqa ko’plab ko’rinmas kamchiliklar amortizatsiyaga va bo’g’imlaringizni sog’ig’iga kuchli ta’sir qilishlari mumkin. Bunday shikastlovchi yugirishdan nima ma’no?
15. Shlyapa va shapkalar
Qazg’oq, yoki bitlar – afsuski, real bo’lishi mumkin bo’lgan eski shlyapani ichki yuzasidagi mehmonlar. Va hamma bosh kiyimlar ham kir yuvishni omadli o’tkazmaydi. Shuning uchun ham tavakkal qilmagan ma’qul.
Yoq, biz sizni qurqitmoqchi emasmiz. Biz faqatgina fikrlash uchun ma’lumotni bermoqdamiz, qaror qilish esa – faqat sizdan.
Сообщения из Facebook