Munajjimlar bashorati: 2020 yil bizga nimalarni va’da qilmoqda?
Dunyodagi eng mashhur astrologlar kutilayotgan 2020 yil uchun turli burj vakillariga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan munajjimlar bashoratini tuzib chiqdilar. Ularning ayrimlari kutilayotgan yilda bir qator yo‘qotishlar bilan to‘qnash kelishi, ayrimlari esa katta yutuqlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

Sharqiy yoki Xitoy yulduzlar jadvali 12 ta jonivordan iboratdir. O‘z burjingizni aniqlash uchun maxsus jadvallar sizga yordam bera oladi. Shu orqali kutilayotgan yilda qanday hodisalarni boshdan kechirishingiz mumkinligini bilib olasiz.

Sichqon

Sichqon - mazkur jadvaldagi birinchi belgi. Ushbu burj vakillari uchun 2020 yil juda yaxshi hodisalarni taqdim qiladi. Ammo mazkur burj vakillariga tavakkal qilish kerak bo‘lgan vaziyatlardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etiladi.

Ushbu yilda sizni juda ko‘p omadli hodisalar kutmoqda. Ba’zan shiddatli hayot sabab charchoq va quvvatsizlik hissi sizni bezovta qilishi mumkin. Shu sababli ham vaqti-vaqti bilan dam olish haqida unutmaslik kerak. Faqat shu orqaligina muvaffaqiyat tomon dalil qadam tashlashingiz mumkin bo‘ladi.  

Ho‘kiz

Ho‘kiz yilida tug‘ilgan insonlar tabiatan juda tadbirkor va nufuzli kishilar bo‘lishadi. Ammo omadga erishish yo‘lida makkorona usullardan foydalana ko‘rmang. 2020 yil sizga ko‘plab imkoniyatlar va moliyaviy syurprizlarni taqdim qiladi. 

Yo‘lbars

Yo‘lbars burji vakillari 2020 yilda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishish uchun bor imkoniyatlari va bilimlarini ishga solishlari kerak. Mazkur yilda dushmanlaringiz oyog‘ingizdan chalishga urinishlari mumkin. Shu sababli o‘zingizdan boshqa hech bir kimsaga ishonmang. Joriy yil siz uchun qayta uyg‘onish va kuchga to‘lish vaqti bo‘ladi. 

Quyon

Quyon burji vakillari uchun joriy yil o‘ta pozitiv bo‘lmasligi ham mumkin. Mazkur yilda odatiy ishlar uchun ikki karra ko‘proq quvvat sarf etasiz. O‘z oldingizdagi aniq maqsadlarni belgilab oling va oldinga tomon qat’iyat bilan intiling. Eng muhimi, kuchingizni to‘g‘ri sarflab, sabr-qanoatda sobit bo‘ling. Ana shundagina barcha o‘ylagan ishlaringiz amalga oshadi. 

Ajdaho

Ajdaho burji vakillari ushbu yilning asl mohiyatini tushunish uchun anchagina kuch sarf etsalar ajab emas. Sababi yangi yilda ularni ko‘plab tushunarsiz hodisalar ta’qib qilib yuradi. Ajdaho burji ostida tavallud topgan insonlar salbiy fikrlardan uzoqroq bo‘lishlari va imkon qadar optimist insonlarga yaqinlashishlari kerak. Yil davomida o‘zingizga bo‘lgan ishonchni aslo yo‘qota ko‘rmang. Ekspertlar o‘tmish haqida imkon qadar kamroq o‘ylashni tavsiya qilmoqdalar. O‘tmish hotiralari siz kutgan savollarga kerakli javobni bera olmaydi, buni unutmang. 

Ilon

Ilon burji vakillari juda aqlli va uzoq ko‘ra biladigan insonlar bo‘lishlari shubhasiz. Ular oddiy narsalar sabab tavakkalga qo‘l urishmaydi. Bu kabi insonlarni aldash ham, o‘z maqsadidan chalg‘itish ham juda qiyin. Agar biror xatoga yo‘l qo‘ysangiz, buni yangi tajriba o‘rnida qabul qiling. Joriy yilda sizni ajoyib istaklar ro‘yobi va ko‘plab samarali tanishuvlar kutmoqda. 

Ot

Mehnatsevar Ot burji vakillari 2020 yilda muntazam ravishda yangi sharoitlarga ko‘nikishga majbur bo‘ladilar. Ulardan tezlik bilan to‘g‘ri qaror chiqarish talab etiladi. Quvvatingizni imkon qadar saqlab qolish uchun ko‘proq hordiq chiqaring, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga harakat qiling. Taqdir ushbu yilorqali sizni baxt tomonga eltishi mumkin. Tez orada juftingizni topsangiz ham ajab emas. 

Echki

Echki burji vakillari esa tabiatan beqarorlikni yomon ko‘rishadi. Sichqon yili esa tartibsizliklar bilan to‘la bo‘lishi mumkin. Shu sababli mazkur burj vakillari muntazam ravishda unga moslashib olishlari va koinot taqdim etgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana bilishlari kerak. Sabr evaziga esa ajoyib imkoniyatlar va sovg‘alar taqdim etiladi. 

Maymun

Maymun burji vakillari kutilayotgan yilda o‘zlari uchun hayotiy maqsadlarni belgilab olishlari kerak bo‘ladi. Aytganday, ekspertlar yangi yilda uy-joy masalasiga bog‘liq muammolarning hal bo‘lishini ta’kidlaganlar. Bundan tashqari bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ingiz va ajoyib do‘stlar bilan tanishishingiz mumkin. Ko‘proq orzu qiling va maqsadlar tomon intiling.

Xo‘roz

Xo‘roz burji vakillari 2020 yilni juda ajoyib tarzda kutib oladilar. Yil boshidan moliyaviy masalalarni osonlikcha hal qilishingiz, ikkilanmay yangi ishlar boshlaningiz mumkin. Ko‘plab sohalarda siz kutgan imkoniyatlar qarshingizda paydo bo‘ladi. 

It

It burji ostida tavallud topgan insonlar atrofdagi odamlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelishlari mumkin. Ammo, ularga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilavering. Kimdandir ko‘nglingiz qolsa, boshqa bir inson sizga yordam qo‘lini cho‘zadi, tushkunlikka tushgan vaqtingizda hayotingizga yorqinlik olib kiradigan odamlar paydo bo‘ladi. Pozitiv maqsadlar sizni salbiy fikrlar va omadsizliklardan uzoq tutishga yordam beradi. 

Cho‘chqa

Cho‘chqa burji vakillari uchun esa 2020 yil haqiqatan omad yili bo‘ladi. Balki buni darrov ko‘ra olmassiz, ammo kutilayotgan yil sizga ajoyib imkoniyatlar taqdim qiladi.

Yil boshida hayotingizda kichik muammolar paydo bo‘lishi mumkin, biroq, ularni osonlikcha hal qila olasiz. 

Eslatib o‘tish kerakki, 2020 yil - Kabisa yili. Shu sababli ham ayrim ishlaringiz sizdan katta tavakkalni talab qilishi mumkin. Ammo, o‘zingizga bo‘lgan ishonch va optimizm bilan har qanday murakkab vaziyatni osonlikcha hal qila olasiz. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations