просмотров
Nokia 7600
Nokia 7600 birinchi chiqqan paytida, ya’ni 2003 yilda ilg’or yoshlar uchun imidjli telefon tariqasida ma’lum bo’lgan. Va agar siz, bu telefon o’zining noan’anaviy tashqi ko’rinishi uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragan deb o’ylagan bo’lsangiz, xato qilasiz. Xaridorlar yangi modelni juda iliq kutib olishdi va juda tez u o’zining vafodor muxlislariga ega bo’ldi qoldi. Sotuv boshida telefon 350 evro turardi.
Nokia 7280
72**qatoridagi Yoshi katta model hisoblanib, va bu qatorga shu kabi 7260 va 7270 ham kirardi, va hamma modellar “ashaddiy yigirmanchilar” ning quvnoq, ammo elegant djazz bayramlari sababli yaratilgan. Hatto bu telefondagi matoviy belgicha uning gadjet emas, asosan zamonaviy aksessuar ekanligini aytib turardi.
Nokia N-Gage
Telefonning turmushsiz bolasi va portativ o’yin pristavkasi. N-Gage ni chiqarishi bilan Nokia xaridorlarning ulkan qismi – kompyuter o’yinlarini yaxshi ko’ruvchilarni o’ziga jalb qilmoqchi edi. Albatta, N-Gage da to’liq darajada o’yin o’ynab bo’lmasdi, lekin 2003 yilda o’sha mavjud funksionalni borligi ortig’i bilan yetardi. Ozgina xafa qilgan tomon shu ediki, N-Gage uchun o’yinlar shu ketishda rus tiliga o’girilmay qoldi.
Nokia 7700
Bushunchaki telefon emas, balki to’liq biznes-bog’lovchi. Nokia 7700 elekrton pochtada to’liq ishlash uchun SMTP, POP3 va IMAP texnologiyalarni qo'llab quvvatlay olishi, Word matn prosessori, elektron jadvallar va taqdimot ko’ra olinadigan dasturlar borligi bilan maqtanishi mumkin edi. Va yana Nokia 7700 da qo’lyozma kiritishni taniy oladigan to’liq sensor ekran va virtual klaviatura bor di. 2004 yil uchun bu orzu kabidek edi. Bo’lganida edi… bu shayton-mashina keragidek ishlaganida edi.
Nokia 7710
Taftishlangan, retushlangan bu tur undan oldingi model muvafaqqiyatsizlikka uchraganidan keyin, Nokia uchun nufuzlilik ishorasiga, ya’ni “biz baribir ham shu kabitelefon yarata olamiz” degandek bo’ldi. Va albatta, shubhasiz, uni ishlab chiqishga sarflangan pullarning garchi oz qismini bo’lsada chiqarishga bo’lgan urunish edi. Kompaniyani o’zi bu apparatni smartfon va aqlli telefonlar qaqarama-qarshi qilib intellifon deb atardi, qasddan aql va fikr o’rtasidagi farqni ta’kidlab.
Nokia N93
Mobil gadjetlarni ishlab chiqarishdagi yondoshish hammaga ma’lum bo’lib, telefonning ba’zi vazifalari va xususiyaltari avval entuziastlar uchun yaratilgan modellarda tekshirib ko’riladi, va undan keyin “katta bozor”ga chiqariladi. Va bunday odamlar uchun Nokia N93 o’z vaqtida aynan shunaqa model bo’lib xizmat qilgan. U haqiqatdan ham o’sha zamon uchun ajoyib bo’lgan 3.2 megapiksel kamerali va boshqa bir qator texnologiyalarni o’z ichiga olgan, asosan video va fotosurat olishga aloqador innovatsion uskuna edi.
Nokia 3250
Aylantiraman-g’ildirataman. Nokia 3250 ajoyib “musiqiy” telefon edi, va uning taqdiri Sony Ericson “Walkman” lari bilan raqobatlashish bo’lib qoldi. Va shubhasiz biqinida joylashgan kamera – bu telefonni boshqalardan ajratib qo’ygan yaxshi tomonidan biri edi.
Nokia 6800
Telefon-buklama, lekin oddiy emas, balki QWERTY-klaviaturali. Model ayniqsa ko’proq sms yoki elektron pochta orqali gaplashadigan odamlar uchun yaratilgan.
Nokia 7370
Boshida butelefon oddiy sleyder deb tuyulishi mumkin, ammo yo’q. Telefon uning ustki korpusini o’ngga yoki chapga qayirish orqali ochilishi mumkin edi. Bundan kelib chiqardiki, yopiq holatda telefon teskari turardi, ochiq holatda esa u normal holatga kelardi. Qiziq konstruktiv xislati shundan iborat ediki, u ikki tomonga ham ochilar edi, ammo yopilishi faqat bir tomonli edi.
Nokia 5510
Telefon haliyam 3 matn chiziqli monoxrom displeyli, lekin allaqachon butun QWERTY-klaviaturali. Ha, unda matn terish ancha rohat keltirardi. Ammo telefon qilish xususiyati, boshqa oddiy modellarga nisbatan unchalik qulay emas edi. Lekin, 2002 yil uchun anchagina noan’anaviy ko’rinishda bo’lganiga qaramasdan, bu telefon ham o’z xaridorlarini topgan.
Nokia 9210
Yana birzor’ biznes-bog’lovchi aslida eng birinchi telefonlardan biri. Yopiq holatida oddiy telefonga o’xshash, lekin uni ochganingizda, u darhol qiziq mitti noutbukka aylanadi qo’yadi. 2001 yil uchun rangli 640x200 nuqtali rangli display – bu haqiqiy mo’jiza edi!
Nokia 3650
Qandaydir tugmalar joylashishi standart bo’lmagan “qorinchali” telefon, asosan yoshlarga mo’ljallanib chiqarilgan modeldir. Aynan shu uchun unda quvnoq rangli korpuslarva almashinuvchan panel bor edi. Boshqa tomonlama u nolinchi yillar boshidagi oddiy telefonlardan biri edi.
Сообщения из Facebook