Organizmga nima yetishmayotganini qanday bilish mumkin?
Biz, tavsiya qilinganidek, har olti oyda sog'lig'imizni tekshirtirmaymiz, shunday emasmi? Hattoki, biron joyimiz og’rimaguncha, biz yillar davomida shifokorga bormaymiz. Ehtimol, siz biron bir noqulaylikni his qilyapsiz, lekin uni charchoqqa yo’yib, bunga ahamiyat bermaysiz. Bizning tanamiz ba'zi moddalarning yetishmovchiligi haqida signal beradi. Keling, vitaminlar va minerallar yetishmasligining belgilarini birgalikda ko'rib chiqamiz.

Temir yetishmaydi

Temir yetishmaydi

Siz nihoyatda charchaydigan bo’lib qoldingizmi? Teringiz qandaydur o'limtir tusga kirdi va siz bosh aylanishidan oyog'ingizda turolmayapsizmi? Agar siz yetarli darajada uxlasangiz, birinchi sababdan havotir olmasangiz bo’ladi. Ammo ikkinchisi tanangizda temir tanqisligi borligini bildiradi. Bunga oyoq va qo’llarning shishishi, oyoqlarning bezovtalanishi, tez-tez nafas qisilishi va yurak urishini kuchayishi qo’shimcha bo’ladi.

Nimaga temir kerak?

Temir gemoglobinni sintez qilish uchun kerak. U kislorodni tananing barcha a'zolari va to'qimalariga yetkazish uchun javobgardir. Agar inson tanasida gemoglobin yetishmovchiligi bo'lsa, unda barcha organlar va to'qimalar yetarli miqdorda kislorod bilan ta'minlanmaydi va samarali ishlay olmaydi. Bu kamqonlikka olib keladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning 47 foizi bundan aziyat chekmoqda.

Nima qilish zarur?

Avvalo,siz temir va gemoglobinning miqdorini aniqlash uchun qon topshirishingiz kerak.Agar yetishmovchilik tasdiqlansa, shifokoringiz temir moddasi bor dori-darmon yozib berishi mumkin. Ammo, agar sizda noqulaylik unchalik jiddiy bo’lmasa,lekin bu temir yetishmovchiligi tufayli ekanligini gumon qilsangiz, ushbu mahsulotlarni iste'mol qilishni ko'paytirishga harakat qiling. Ularning barchasi rasmda aniq ko'rsatilgan:

Esingizda bo'lsin, go'sht va dengiz mahsulotlarida temirning miqdori yuqori, shuning uchun ularga ko’proq ahamiyat berish yaxshiroqdir. Agar siz vegetarian bo'lmasangiz, albatta.

Yod yetishmovchiligi

Yod yetishmovchiligi

Ushbu muammo, shuningdek, aholi orasida juda keng tarqalgan va deyarli ikkinchi o'rinda turadi. Yod yetishmasligining yaqqol alomatlari deb quruq teri va ko'zlar, oshqozon va ovqat hazm qilish bilan bog'liq muammolar(ko'pincha ich qotishi), kontsentratsiya va xotira qiyinligini belgilash mumkin. Yod yetishmasligi tufayli yanada noxush kasallik, qalqonsimon gormonlar yetishmasligi bilan bog'liq bo'lgan gipoterioz rivojlanadi. Jag'ning pastki qismida ham yoqimsiz hislar bo’lishi mumkin. Tanangizni diqqat bilan tinglang, u yod tanqisligi haqida belgi beradi.

Nima qilish kerak?

Agar siz shifokorga borishni xohlamasangiz, unda ratsionni o'zgartiring. Ehtimol,bir necha hafta ichida siz katta farqni his qilasiz! Biz Yodomarin kabi dorilarni hisobga olmaymiz, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga e'tibor qaratamiz. Yodga boy mahsulotlar: kartoshka, dengiz mahsulotlari, qulupnoy, xurmo.

D vitamini yetishmasligi

D vitamini yetishmasligi

U shuningdek, quyosh vitamini deb ataladi. Nima uchun? Chunki u inson tanasi tomonidan tabiiy ravishda quyosh ta'sirida ishlab chiqariladi. Siz bulutli hududda yashaysiz va quyoshni deyarli ko'rmaysizmi? Sizda allaqachon ushbu vitamin tanqisligi bo’lishi mumkin. Biroq, bir qator belgilar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi: uyquchanlik, bolalarda kariyes (shirinlik ishtirokisiz),raxit paydo bo'lishi. Ta'kidlash joizki, bolalarda va qariyalarda D vitamini yetishmovchiligi ko'proq uchraydi, chunki aynan bu vitamin suyak va mushak to'qimalarining rivojlanishi uchun javobgardir. Shuning uchun uni to'g'ri miqdorda iste’mol qilish yoshlik va qariyalik davrlarida, shuningdek homilador ayollar uchun juda muhimdir.

Nima qilish kerak?

Afsuski,agar bir yoki ikki hafta davomida quyoshli joylarga borishning iloji bo'lmasa,tanlov uncha katta emas. Gap shundaki, D vitamini quyoshda ishlab chiqariladi va oziq-ovqatdan siz uni kerakli miqdorda ololmaysiz. Shunga qaramay, siz tovuq tuxumlari va yog'li baliq orqali me’yorni saqlashga harakat qilishingiz mumkin.

 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations