Delfinlar – ko’pincha baliqlar bilan adashtiriladigan, yoqimtoy va mehribon dengiz jonivorlari. Biroq delfinlar – aqlli va qiziquvchan sut emizuvchilardir, ularning aqliy qobiliyatlari olimlarni yaxshigina hayratlantiradi.
Delfinlarning noyob o’pkalari
Ma’lumki, delfinlar ajoyib suzuvchilar, Masalan, delfin-afalina 550 metr churuqlik suv ostiga kirib, 12 daqiqa ichida nafas olmaslikka qodir. Ular bunga noyob o’pkalari sababli qodirlar. Ularning o’pkalari hajmi bo’yicha biznikidan katta bo’lmasada, ular ancha samaradorliroq ishlaydi. Har bir nafas bilan delfin o’pkada 80 ga yaqin yoki ortiqroq foiz havoni almashtirishadi. Biz atigi 17 foizni almashtira olamiz.
Delfinlarning qoni va mushaklari ular organizmida qizil qon tanachalari ko’proq bo’lgani sababli katta hajmni kislorodni to’plash va tashish qobiliyatiga egadirlar. Bu odamdagiga nisbatan genoglabin darajasi balandroq ekanligini bildiradi.
Delfinlar baliqchilar bilan hamkorlikda ishlay olishadi. Ammo bularning barchasi delfinlar qanday qilib nafasni uzoq vaqt davomida yutib, chuqurliklarda suza olishlarini oxirigacha tushuntirmaydi. Aslida delfinlar qonni kerakli yo’nalishga yo’naltira olishadi. Masalan, chuqurlikka sho’g’ish paytida qon pastdan yurak va miya tomon yo’nalib boradi, va bu ularning ekstremal sharoitlarda harakatlarini yaxshilaydi.
Delfinlarda yaralarning bitishi. Delfinlar jarohat olgan vaqtlarida o’z salomatliklarini mo’jizali tarzda yaxshilashga qodirlar. Ilm-fan tomonidan qaralganda, ularning bu qobiliyatlari qandaydir fantastik narsa bilan tenglasha oladi. Masalan, delfinlar jiddiy jarohat olganlaridan ham tirik qolishadi, va atigi bir necha hafta mobaynida jarohatlangan badanlarining katta qismini tiklay olishadi. Undan tashqari ularning tashqi ko’rinishlari hech qanday chandiq va xunukliksiz o’zining birinchi holiga qaytishi mumkin.
Aytgancha, delfinlarda qon ketish hollari ham uchramaydi. Masalan, inson jiddiy ochiq jarohat olganidan qon ketishining o’zidan halok bo’lishi mumkin. Delfin esa jarohat olganida, xuddi chuqurlikka sho’ng’igani kabi qonini yo’nalishga yuboradi va bu unga qonga belanishiga yo’l qo’ymaydi.
Delfinlarning tabiiy og’riq qoldiruvchilari. Delfinlarga jismoniy og’riq kabi noqulayliklar bilan ishlari yo’q, shekilli. Sayyoradagi xohlagan jonzotni harakatsizlantirib qo’yadigan jiddiy jarohatlarni delfinlar olganlarida, ular odatdagidek o’ynashni, suzishni va hatto yeyoshni davom ettiraverishadi. Ochiq jarohatlarda delfinlarning nervlari yuzaga chiqmaydi, va bu aslida qattiq dardga sabab bo’lishi mumkin. Bu, ular dardni umuman sezmaydi degani emas, ular ham biz kabi sezgir.
Delfinlar ochiq jamiyatda yashaydi va kamdan kam mojarolarga aralashishadi. Biroq, jiddiy jarohat olganlarida delfinlar shunchaki bunga e’tibor berishmaydi. Aytishlaricha, ularning organizmlari maxsus morfiyga o’xshash og’riq qoldiruvchilarni ishlab chiqaradi, va bu modda hech qanday ko’nikishga olib kelmaydi.
Bunday qobiliyatlarga delfinlar evolyutsiya davrlarida ega bo’lib olishgan, va bu ularga o’sha vaqtda og’ir sharoitlarda tirik qolish imkonini bergan. Masalan, agar izingizga yirtqich tushgan bo’lsa, yaxshisi unga jarohatingizni ko’rsatmang va og’riqlaringizni bildirmang. O’shanda sizda tirik qolish imkonlari ko’proq bo’ladi.
Delfinlar va infeksiyalar
Tanalarida ochiq jarohatlarga ega bo’lib turib, delfinlar bakteriyalar bilan to’la suvda suza olishadi, va bunda hech qanday yuqumli kasallikni olishmaydi. Ularni hatto akulaning iflos tishlaridan qolgan jarohatlar ham qo’rqitmaydi. Inson bunday vaziyatda qon ifloslanishidan bir necha kun ichida halok bo’lishi tayin. Ammo delfinlarga baribir!
Delfinlarga hech qanday yuqumli kasallik o’tmas ekan. Ma’lumki, bu jonzotlarning immum tizimi biznikiga o’xshash, lekin ular qanday qilib o’zlaridan barcha infeksiyani itarishadi?
Delfinlarning davolovchi kuchi odamlarga yordam beradi. Aslida, delfinlarda bunday mo’jizali qobiliyatlar qayerdan paydo bo’lgani hech kimga ayon emas. Delfinlar plankton va suv o’tlaridan o’ziga xos antibiotiklar olishi mumkin degan tahmin bor.
Bu mikroskopik jonzotlar ishlab chiqaradigan kimyoviy moddalar delfinlarning teri osti bezlarida topilgan. Jarohat paytida yog’ qavati jarohatlansa, antibakterial moddalar ozodlikka chiqadi.
Qanday qilib delfinlar barcha qutqaruvchi moddalarni hazm qilish jarayonida ishlatmasdan, terilari ostida saqlashlari esa olimlar uchun sir bo’lib qolaveradi.
Delfinlar - eng yaxshi suzuvchilar
1936 yilda britaniyalik zoolog ser Djeyms Grey delfinlar qanchalik tez suza olishlari bilan hayratlangan edi. U delfinlarning anatomiyasini sinchiklab o’rgana boshladi va shuni aniqladiki, delfinlar terisi surkalishni oldini oluvchi mo’jizali qobiliyatga ega bo’lishi lozim, aynan o’shanda ular shunday tezlikni rivojlantirishga qodir bo’lgan bo’lardilar. Bu fikr “Grey paradoksi” deb nomlandi va 2008 yilgacha olimlar buni yecha olishmadi.
Grey qisman haq edi: delfinlarda chindan ham surkalishni oldini oladigan qobiliyat bor. Balkim, Grey sayyoradagi eng kuchli odam mushaklari kuchidan ham 5 barobar ortiq keladigan delfinlarning mushaklari kuchini yaxshi baholay olmagan bo’lsa kerak. Buning ustiga delfinlar bu energiyani juda mahoratli tarzda ishlatishadi.
Odam suvda harakatlanishi uchun o’z energiyasining atigi 4 foizini ishlata oladi. Delfinlar o’z navbatida, 80 % enrgiyani og’irlikka o’girishadi, va bu ularni eng kuchli suzuvchilarga aylantiradi.
Сообщения из Facebook