Delfinlar – ko’pincha baliqlar bilan adashtiriladigan, yoqimtoy va mehribon dengiz jonivorlari. Biroq delfinlar – aqlli va qiziquvchan sut emizuvchilardir, ularning aqliy qobiliyatlari olimlarni yaxshigina hayratlantiradi.
Delfinlarning magnitlik hissiyotlari
Nega delfinlar va kitlar ba’zida qirg’oqqa tashlanishadi? Bu topishmoq bir necha yillar davomida olimlarni qiynab kelgan. Turlicha nazariyalar taklif qilingan: g’aroyib kasalliklar, atrof muhitning ifloslanishi yoki harbiy texnikaning sinalishi. Ammo tadqiqotlar biror bir nazariyani tasdiqlamadi.
Hayvonlar qirg’oqqa tashlanishlari yuz yillar davomida kuzatilgan, lekin yaqindagina olimlar buning asl sababiga yetgandek bo’ldilar: buning asl sababi Quyoshda va sayyoramizning magnit maydonida ekan.
Delfinlar va kitlar miyalarida Yerdagi magnit maydonini sezishga imkon beruvchi maxsus magnit kristallar mavjud. Bunday tabiiy GPS tizimidan foydalangan holda delfinlar okeanning cheksiz joylarigacha harakatlanish va maydonlarda qiyinchiliksiz suzishga imkon beradi.
Nimaga delfinlar qirg’oq bo’yiga tashlanishadi? Tadqiqotchilarning bir guruhi ko’p sonli delfinlar o’limi uchragan AQSH ning sharqiy qirg’oq bo’ylarining xaritasini tuzishdi. Aniqlanishida, bu naydonlar, magnitlangan tog’li hududlar sayyoraning magnit maydoni darajasini pasaytiradigan joylar bilan to’g’ri kelgn edi.
Shunday qilib, magnit maydonga qarab yo’nalishni oladigan delfin va kitlar shunchaki qirg’oqni ko’rmasdan qolishgan va tuproq ustiga chiqib olishgan. Shuningdek olimlar aniqlashlaricha, Quyosh juda ko’p radiatsiya kuchini chiqarganida, u suvli sut emizuvchilarning magnit sezgilariga ta’sir qiladi va ularni yo’ldan uradi. Ko’pincha Quyosh aktivligi kuchli paytda jonzotlarni qirg’oqqa tashlanib qoladi. Bu, nega qutqarilgan jonivorlar nima sababdan qaytib qirg’oqqa chiqishlari faktini tushuntirib beradi.
Delfinlarning elektroretsepsiyasi
Delfinlar tanalaridagi exolokatorlar haqiqatdan ajoyibdir. Ularning masofada predmetlarni his qilish qobiliyati qoyil qoldiradi. Hayvonlar ovozli signallar uzatishga va obyektlardan kelgan aks sadoni eshitishga qodirlar.
Agar bu noyob hisga boshqa yuqorida aytib o’tilgan qobiliyatlarni qo’shib qo’yganda, delfinlarni boshqa mavjudotlardan farq qildiruvchi haqiqatdan fantastik tuyg’ular va qobiliyat egalariga chiqarish mumkin.
Ammo ona tabiat ularga yana bir narsa ato etgan: elektroretsepsiya – boshqa tirik jonzotlar tomonidan yuboriladigan elektrik impulslarni his eta olish.
Olimlar kitlarning va delfinlarning exolokatsiya sirlarini bilib olishdi. Ganaya delfinlari Shimoliy Amerika qirg’oqlarida istihomat qilishadi va tashqi johatdan delfin-afalina larga o’xshaydilar. Tadqiqotchilar boshqa baliqlar tomonidan yuboriladigan elektr impulslarini tanib oladigan ularning tumshuqlaridagi maxsus tuynukchalarni topishdi.
O’xshash qobiliyat utkonos kabi hayvonlarda bor. Ular buni balchiqda yashirinib o’tirgan baliqni qidirish uchun ishlatishadi. Exolokatsiya delfinlarga maydondagi obyektlarning joylashuvini aniqlashga imkon beradi, biroq, u yaqin masofada unchalik foydasi yo’q, shu uchun ishga elektroretsepsiya tushadi.
Сообщения из Facebook