Qiziqarli dunyo: Yagona minora bilan emas: selfi uchun Fransiyadagi 10 ta eng zo’r joylar
Qiziqarli dunyo: Yagona minora bilan emas: selfi uchun Fransiyadagi 10 ta eng zo’r joylar
Qayerda bo’lmasin, lekin Fransiyada ifodali, chiroyli sur’at uchun joy qidirishga uzoq vaqt talab etilmaydi. Bu mamlakat shu qadar fotogenikki, go’zal joylar o’zlari ob’ektivga tushib oladilar. Shu bilan birga, Volter va Gyugoning ona vatani biz o’ylashga o’rganib qolganimizdanda ko’ra turfaroqdir. Bulardan tashqari, u dunyodagi texnologik inqilob yetakchilaridan biridir.
Biz selfi qilish kereak bo’lgan 10 ta ko’zingiz to’yib ketmagan va shu sababli o’ziga tortuvchi joylarni yig’dik. Gigant aviasion zavodi yoki dunyodagi eng baland viaduklardan birida o’zingizni sur’atga olish istiqboli sizda qanday tuyg’ularni uyg’otadi? Maqolani oxirigacha o’qib chiqishni maslahat beramiz. So’z so’ngida, ARCHOS fransuz texnologik kompaniyasining aksiyasi to’g’risida gapirib breishga va’da beramiz. Uning g’oliblari qaynoq yuraklar, nafis sharob va zamonaviy gadjetlar mamlakatiga safarga yo’l oladilar.
1. Viaduk Miyo – San-Fransiskoning Oltin darvoza ko’prigiga fransuz javobi. U mamlakatning janubiy qismidagi Miyo shahri oldidagi Tarn daryosi bo’ylab o’tadi. Uni ekspluatasiyaga kiritish vaqtida u dunyodagi eng baland ko’prik edi. Uning uzunligi 2460 metr, ustunlarining birini balandligi esa, 314 metrni tashkil qiladi. Ko’prikda turib yoki uning yonida selfi uchun unikal rakurslar tanlab olish mumkin. Fantaziyaning bir tomchisi ham yetarli bo’ladi.
2. Katta Defans arkasi Parijning g’arbiy qismida joylashgan. Triumfal arkadan farqli, bu monument urush g’alabalariga emas, balki gumanizmga bag’ishlangan. Arkaning yuqori qismida zal joylashgan bo’lib, u yerda doimiy ravishda texnologik ko’rgazmalar, turli xil kongresslar va konferensiyalar bo’lib o’tadi. Shom vaqtida, quyosh gorizont ortidan hali mo’ralab qarab turganida, maydondagi favvora turli ranglar bilan jilolanayotgan vaqtda arka yonidagi sur’atlar juda ham ajoyib chiqadi.
3. Markessak bog’lari – ajoyib bo’lgan park kompleksi Fransiyaning janubi-g’arbida joylashgan Vezak provinsiyasida joylashgan. G’aroyib labirintlar va ajoyib izgiridlar bu yerni qandaydir uzoqlarda joylashgan sayyoralardagi hayot haqidagi fantastik filmlardagi dekorasiyalarga o’xshash qilib qo’yadi. Bu yerga, ko’k qirollikda shamlar yog’dusi ostida tungi konsertlar tashkil etilgan vaqtda, ya’ni yozda kelgan yaxshi.
4. Parij bo’ylab sayr vaqtida yoyma bozoriga ham kirib o’tish foydadan holi emas. Eng kattasi – Sent-Uan bo’lib, u Porte de Clignancourt metro stansiyasidan uzoq bo’lmagan 18 chi okrug va Sent-Uan shimoliy shahar tashqarisi oralig’ida, dam olish kunlarida ishlaydi. Bu yerda haqiqiy hazinalarni toppish mumkin: interyerning antikvar predmetlari, unikal vishivkali tekstil, monogrammali idishlarni, ekzotik hushbo’yliklar va ko’pgina boshqa narsalar.
5. Fransiyaga kelib turib musallasning nozik shinavandasi obrazida sur’atga tushmaslik? Bo’lmag’ur narsa… masalaga ijodiy yondashishni taklif qilamiz. Masalan, ko’psonli shatolar fonida selfi qilish. Pastdagi sur’atda – Bordo regionidagi Palmer shatosi.
Bu yerning sur’ati tushurilgan musallas butilkasini qo’lda ushlab turish – o’zgacha dabdabalikdir.
6. Fransiya – bu faqatgina musallas va go’zal peyzajlar emas, balki texnologiyalar ham. Tuluzada Airbus mashxur samolyotlarini ishlab chiqaruvchi zavod joylashgan. Bu esa, bir daqiqa, dunyodagi eng yirik aviaquruvchi ikki kompaniyalardan biri. U yerda bo’lsangiz – o’zingizni havo gigantlari bilan birgalikda sur’atga olishni unutmang.
7. Palezodagi Politexnika yuqori maktabi ikki yuz yildan avval asoslangan bo’lib, zamonaviy fransuz ilmiy maktabi uchun fundament qildi. Dabdabali, mashxur o’quv maskani binosidan ikki qadam narida ARCHOS kompaniyasining shtab-kvartirasi joylashgan. Poltexnika maktabining ochiq leksiyalaridan birida qilingan selfini har qanday muxandis xurmat bilan like qiladi.
8. Yanada qiziqarli sur’atlarni Sena ustidan o’tkazilgan batut-ko’prikda qilish imkoni bor. U Oq qush orolini sharqiy qismini Parijning 15 chi okrugi bilan birlashtirib turadi. Konstruksiya 30 metrlik dumaloq batutlardan tashkil topgan. Bu yerda sur’atni, harakatda sur’atga olishga qodir, kamerasi yaxsh telefonga olish kerak. Tushunganingizdek, bu ko’prikda qotib turib bo’lmaydi.
9. Yo’q bu Osiyo emas, Fransiya sharqida joylashgan Oteriv shahri. U yerda arxitekturaning noodatiy haykali – pochtachi Shevalning Ideal saroyi bor. U haqiqatda ham, avvalidan arxitektura ma’lumoti yo’q bo’lgan, pochtachi tomonidan qurilgan. Noodatiy konstruksiyani qurish uchun u 33 yil sarflagan. Butun dunyodagi self shinavandalari ms’e Shevaldan mamnunlar.
10. Eyfel minorasini qanday qilib chetlab o’tish mumkin? Bu binoning ulkan mashxurligiga qaramay selfi uchun yangi g’oyalarni hali ham o’ylab toppish mumkin. Masalan, Gyustav Eyfelning muxandislik byurosining dunyoga mashxur qurilmasi ichida, metal to’ri fonida, sur’atga tushish.
Endi esa, aksiya to’g’risida. Mobil qurilmalarini fransuz ishlab chiqaruvchisi ARCHOS Fransiyaga tashrif etishni va selfilarning yillik zahirasini to’ldirib olishni taklif qilmoqda. Shartlar quyidagicha: ARCHOS smartfoni, planshet yoki kvadrokopterini xarid qilib, promosaytda xaridingizni registrasiya qilishingiz kerak. Yangi smartfon va planshetlarni har haftada o’ynaladi, 2 oktyabrda esa, final o’yin bo’lib o’tadi. Omadlilar Kingston, EZVIZ, HyperX va NEOLINEdan gadjet-bestsellerlarni qo’lga kiritadilar. Hamda kvadrokoper ARCHOS Drone yoki Tours Francedan uchtadan bitta sayyohlik sertifikatlaridan birini ham.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook