Dunyoda hammaning ham cho’ntagi ko’tara olamydigan avtomobillar bor. Bunday mashinalarni faqatgina auksionlarda, egasining joniga tekkandagina sotib olish mumkin. Bu maqolamizda yaqindagina auksionlarda sotilgan va yaqin yillarda boshqa e’tiborga chiqmaydigan avtomobillar bilan tarnishing.
Jaguar E-Type Lightweight
Ushbu avtomobil 1963 yilda dunyoga kelgan chegaralangan seriyadagi 12 ta mashinadan biri. Bu avtomobillarning asosiy qismi, xususiy kolleksiyalardan joy olgan. Bir oy oldin o’tkazilgan auksionlarda bir Jaguar E-Type Lightweight o’z egasini o’zgartirdi. Bunday raritet avtomobil savdosi 7 mln 370 ming dollardan boshlandi.
Ferrari 121 LM Spider
1955 yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy poyga avtomobili. O’z vaqtida Le Mann 24 soatlik poygasida g’olib bo’lgan. Bugungi kunda ushbu avtomobil 7,5 mln dollarga baholanmoqda. Yaqin kunlarda ushbu mashina ham egasini o’zgartirdi, sotib olgan odam esa inkognito bo’lib qolishni afzal ko’rdi.
Maserati 300 S
1956 yilda chiqarilgan raritet sport avtomobili Maserati 300S. 1978 yilda mashina 13 700 dollarga sotilgan. Hozirda esa uning narxi 7mln dan oshadi. Umuman olganda Maserati 300S ni uzoq vaqt ko’rmaymiz. O’z tarixining ko’p qismini u shaxsiy kollekiyalarda o’tqazib, yaqinda egasini o’zgartirdi.
Ferrari 250 GT series I Cabriolet
Bu mashinadan dunyoda kam emas, lekin arzon ham emas. Auksionlarda Ferrari 250 GT Series I Cabriolet uchun 5 dan 7 million dollargacha so’rashadi, bugun ashaddiy kolleksionerlar uchun ham yetishish qiyin bo’lgan avtoulov.
Ferrari 166 MM/212 Export “Uovo”
1950 yilda ishlab chiqarilgan ajoyib model. Auksionlarning doimiy mehmoni. Mashina uchun katta summa so’rashadi. Savdo odatda 5 mln dollardan boshlanadi. Oxirgi martta mashinani noma’lum xaridorga 7 mln amerika dollariga sotishdi.
Ferrari 410 Superamerica Series III Coupe
Ushbu yoqimtoy Ferrari 1959 yilda ishlab chiqarilgan. Hozirda ushbu avtomobil uchun auksionlarda 6,5 mln dollardan ortiq so’rashadi. Uning barcha ma’lum na’munalari, sezganingizdek, shaxsiy kolleksiyalarda.
Mercedes-Benz S-Type 26/180 Sports Tourer
Bunday avtomobil har kunlik yurish uchun emas, lekin u tarixning haqiqiy bo’lagi! Bunday mashina 6 mln dollardan kam turmaydi. U 1928 yilda chiqarilgan. Ushbu avtomobil bir necha marta kinoda ham suratga tushgan.
Сообщения из Facebook