просмотров
Unga qo’shilishning eng yoqimli, foydali va ta’sirchan usullardan biri doimo raqs bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda ham!
Yo’nalishi va ixtisoslashuvidan qat’iy nazar barcharaqslar bu organizm uchun mislsiz foyda, uning qobilyatlarini kengaytiruvchi, rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi hamda immunitetga ijobiy ta’sir etuvchi muhim ko’makdir.
Doimiy mashqlar barcha tizimlar va organlarni ishga solib ularning ishiga juda katta samara bahsh etadi. Ular qon aylanishini yaxshilaydi, mushaklar bilan to’qimalarda turg’unlik vujudga kelishiga qarshilik qiladi, muvofiq va raso qomatni shakllantirish imkonini yaratib beradi. Raqs bilan shug’ullangan paytda shug’ullanuvchilar o’z badanining mushak tizimini rivojlantiradi, egiluvchanlik va qayishqoqlikni oshiradi, nazokat va jilvakorlikka o’rganadilar.
Raqslar bilan shug’ullanish umumiy tarzda yurak-qontomir tizimini mustahkamlab o’pkalarning foydali hajmini kattalashtiradi vanafas olishni muvofiqlashtirishga, nafas qisishni batamom yo’qotishga yordam beradi hamda o’pkalarni kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Raqs mashg’ulotlari tana koordinatsiyasini salmoqli darajada rivojlantiradi, uniyanada aniqroq boshqarishni o’rgatadi, a’lo darajadagi cho’ziluvchanlikka erishtira oladi.
Bu esa o’z navbatida keyingi mashg’ulotlar paytida shikastlanishlarning oldini oladi. Bo’g’inlar qanchalik elastik bo’lsa payni cho’zib yoki biror joyni sindirib olish ehtimoli shunchalik pasayib boradi,axir. Urg’u tananing alohida qismlariga yo’naltiriladigan ayrim raqs turlari bir qator kasalliklarning davolanishi va profilaktikasini qo’llab quvvatlaydi. Masalan, faqat ayollarga oid bo’lgan raqslar gavdaning pastki qismlarida qon aylanish tizimini muvofiqlashtirish va unga salbiy ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangan.
Ginekologlar “bellydance” (qorin raqsi) kabi raqs bilan shug’ullanishni har bir yosh ayolga maslahat beradilar, chunki, ularning fikrlaricha, bu bepushtlikdan hamda faqat ayollarda uchraydigan boshqa ko’p kasalliklardan qutulishning eng yaxshi vositasi ekan.
Sport raqslari ham kichik tos organlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, ammo bunga qo’shimcha ravishda qorin va orqa mushaklarni mustahkamlaydi, sarvqomatlikka erishishga ko’maklashadi va yassi oyoqlikni oldini oladi.
Xip-xop,akrobatik rok-n-roll va bir qator boshqa o’ta faol raqslarning ham o’ziga yarasha ko’p yaxshi fazilatlari bor. Masalan, ular vestibulyar apparatga va jismoniy harakatlarni boshqarishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tez va shiddatli harakatlar tufayli oyoqlarning mushaklari va paylari chaqqonlashadi, bu esa yurak va nafasolish organlarining ishini yaxshilaydi.
Istisnosiz hamma raqslar muskullarni mustahkamlash, gavdani rostlab olish, uni tetik holatga keltirish va bejirim qad-qomatga erishish imkoni sayin sizni tobora yaqinlashtiradi. Juda ko’pchilik kasalliklarning sababi bo’lgan ortiqcha vazn ham tinmay shug’ullaniladigan mashq orqali yo’qotiladi. Ortiqcha og’irlikka ega bo’lmagan ammo juda tez semirish ehtimoli yuqori odamlar uchun raqslar bilan shug’ullanish eng mo’tadil vaznni ushlab turish va semirib ketishni oldini olishdir. Ayniqsa, bodi-balet va zumba kabi yo’nalishlar juda samarador. Aerob va jismoniy kuchlanishni uyg’ushtiradigan mashg’ulotlar yordamida tanadagi ortiqcha yog’ yo’qotib yuboriladi, mushaklar tizimi bilan paychalar mustahkamlanadi.
Mashg’ulotlar paytida raqs bilan havaskorlar to’g’ri harakatlanish madaniyati hamda chiroyli qadam tashlashni o’rganib, o’z badanining jismoniy tarbiyasi bilan shug’ullanadilar.Tez orada natija shuni ko’rsatadiki, inson xatto beihtiyor harakatlanayotganida ham ongsiz ravishdagi harakatlar aniq, bir maromda va tekkis bo’lib qoladi.
Jismoniy sog’lomlikdan tashqari hamma raqslar ruhiy sog’lomlikka ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi: ular qonga serotonin moddasining ajrab chiqilishini qo’zg’aydi, bu esa, ma’lumki baht gormoni. Raqs bilan shug’ullanadigan odamlar stresslarning halokatli ta’siriga kamroq duchor bo’ladi. Ular boshqalarga nisbatan ancha yorqinroq va hursandroq fikrlaydi.
Doimiy mashg’ulotlar, shuningdek, ularning natijasi bo’lgan erishishlar va muvaffaqiyatlar, insonning o’ziga nisbatan hurmatini oshiradi,shu bilan kayfiyatini ko’tarib organizmning umumiy holatini ancha yaxshilaydi. Raqslar dunyoga boshqacha ko’z bilan qarashga, mayda muammolar va muvaffaqiyatsizliklarga e’tibor bermasdan pozitiv fikrlashga undaydi.
Raqs mashg’ulotlari –bu o’z organizmini hartomonlama rivojlantirib, kasalliklarni oldini olgan holda kayfiyatni ko’tarishbilan sog’lom turmush tarzini olib borishning a’lo usuli.
Ancha sog’lomroq, bahtliroq, go’zal va muvaffaqiyatli bo’lish juda oddiy – yalqovlikni yengib doimo serharakat bo’ling, raqslarni mashq qilishni kanda qilmang. Shunda natija o’zini uzoq kuttirmaydi, mustahkam salomatlik esa sizning doimiy hamrohingiz bo’lib qoladi!
Сообщения из Facebook