Rossiyada bo’lib o’tayotgan futbol bo’yicha 2018 yilgi jahon chempionatining matchlariga mezbonlik qiluvchi stadionlar
Rossiyada bo’lib o’tayotgan futbol bo’yicha 2018 yilgi jahon chempionatining matchlariga mezbonlik qiluvchi stadionlar
14 iyun kuni Rossiyada futbol bo’yicha jahon chempionati boshlandi. Mundial matchlari mamlakatning 11 shaharidagi 12 ta stadionda bo’lib o’tishi mo’ljallangan. Ushbu tadbir munosabati bilan yangi stadionlar barpo qilindi, uchta maydon esa rekonstruktsiya qilindi. Stadionlarni qurilishi va ta’mirdan chiqishi uchun 250 mld rubl sarf qilindi, shuning beshdan bir qismi Sankt-Peterburgdagi “Zenit” jamoasining maydonining qurilishi uchun sarflandi.

“Lujniki” stadioni, Moskva

1956 yilda barpo qilingan, 2017 yilda qayta ta’mirlangan

81 100 tomoshabinga mo’ljallangan

Rossiyaning eng asosiy stadioni hisoblanmish “Lujniki” arenasi qurilganidan beri uch marotaba qayta ta’mirlangan. Bu stadionni 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash uchun 26,6 milliard rubl sarf qilinib, muxlislarni sig’dirish bo’yicha 8 mingtaga qisqardi.

Moskva shahrida joylashgan ushbu stadionda Olimpiada-1980 o’yinlari, chempionlar Ligasining, UEFA Kubogining finali hamda regbi-7 bo’yicha chempionatlar bo’lib o’tgan.

2018 yilgi jahon chempionati doirasida “Lujniki” arenasida jami yettita match bo’lib o’tishi mo’ljallangan: guruh etapidagi to’rtta match, chorak final, yarimfinal va turning final o’yinlari.

“Otkritiye Arena”, Moskva

2014 yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan

45 360 tomoshabinga mo’ljallangan

“Spartak” jamoasiga qarashli bu stadionning qurilishiga 14,5 milliard rubl sarf qilingan. Yangi arenaning qurilishi 2007 yilda boshlangan, biroq turli sabablar tufayli uch marotaba to’xtatilgan edi.

Va nihoyat 2014 yilning avgust oyida stadion qurib bitkazildi. Stadion hududida Moskva klubining mashhur futbolchilariga atab haykallar hamda 24,5 metr balandlikdagi gladiatorning tosh shakli o’rnatilgan.

 “Otkritiye Arena” stadioni shuningdek, “Stadion Spartak” nomi bilan ham ataladi va 2018 yil jahon chempionatida guruh etapining to’rtta matchini hamda chorak final o’yinlarini qabul qiladi. 

“Sanklt-Peterburg” stadioni

2017 yilda ochilgan

68 172 ta tomoshabinga mo’ljallangan

“Zenit” jamoasiga qarashli ushbu maydonning qurilishi  2007 yilda boshlangan, biroq turli sabablar bilan 10 yilga cho’zilib ketgan. Stadionning ochilishi  2017 yilning 22 aprelida “Zenit”-“Ural” jamoalari o’rtasidagi match bilan boshlangan.

Krestovskiy orolidagi uchbu stadionning bahosi 6,7milliard rubl, deya baholangandi. Asta-sekinlik bilan chala joylarni bartaraf etish hamda rublning qadrsizlanishi natijasida smeta 43 milliard rublgacha ko’tarildi. Stadionning ochilishidan keyin bir qancha kamchiliklar aniqlandi – past sifatli gazon, chakki o’tkazuvchi tomlar. Shu sababli “Zenit” jamoasi vaqtinchalik eski maydoniga ko’chishiga to’gri keldi. 

“Qozon Arena”, Qozon

2013 yilda ochilgan

45 379 ta tomoshabinga mo’ljallangan

“Qozon Arena” stadioni bor-yo’g’i 36 oy ichida 14,4milliard rubl evaziga qurib bitkazildi. Bu 2018 yilgi jahon chempionati uchun qurilgan ilk stadiondir.

Ushbu stadionning mediafasadi 3 700 kvadrat metrni tashkil etib, Yevropadagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda bo’lib o’tadigan turli xil tadbirlarni to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatish mumkin. Stadionda 2013 yilgi Butun jahon yozgi Universiada bo’lib o’tdi. Bu maydon shuningdek, suzish bo’yicha musobaqa o’tkazilgan birinch istadion hisoblanadi. Suzish bo’yicha musobaqalarni o’tkazish uchun maydon hududiga vaqtinchalik tribuna va ikkita basseyn o’rnatilgan.

“Qozon Arena”da Konfederatsiya-2017 Kubogining to’rtta matchi bo’lib o’tgan, bu yil esa u yerda 2018 yilgi jahon chempionatining oltita bahsi bo’lib o’tadi – guruh etapining to’rtta matchi hamda 1/8 final uchrashuvi.

“Yekaterinburg Arena”

1965 yilda ochilgan, 2018 yilda qayta ta’mirlangan

25 000 ta tomoshabinga mo’ljallangan, bu yilgi jahon chempionatida esa 35 696 nafar muxlislarni ham sig’dira oladi

Rossiyaning Yekaterinburg shahirda joylashgan stadion o’tgan asrning 50-yillarida qurilgan, oxirgi 12 yil ichida ikki marotaba qayta ta’mirlangan. Birinchi ta’mir ishlariga 2,5 milliard rubl, ikkinchisiga esa 12,5 milliard rubl sarf qilingan.

Ta’mirlanishi bilanoq stadion original tashqi ko’rinish bergan ko’chma tribunalari bilan tanildi. Mundial davomida stadion faqatgina mahalliy muxlislarnigina qabul qila oladi. Arenada 2018 yilgi jahon chempionatining to’rtta baxsi bo’lib o’tadi, shundan keyin omonat tribunalar yig’ishtirib olinib, joylar 25 mingtagacha qizqaradi.

“Mordoviya Arena”, Saransk

2018 yilda ochilgan

25 000 ta tomoshabinga mo’ljallangan (2018 yilgi jahon chempionati davrida 44 000 nafargacha qabul qila oladi)

Stadionning qurilishi 2018 yilgi jahon chempionatidan sakkiz yil avval boshlangan hamda joriy yilning aprelida nihoyasiga yetdi. Arenani barpo qilishga 16,5 milliard rubl sarf qilindi. Saransk stadionining tashqi ko’rinishi mordova xalqining qadimiy afsonalarining asosiy ramzi bo’lmish quyoshni eslatadi. Arena mordova xalqining Rossiya xalqlari bilan birlashganligining 1000 yilligi munosabati bilan qurildi.

“Mordoviya Arena” 2018 yilgi jahon chempionatining guruh etapidagi to’rtta matchni qabul qiladi. Chempionat tugagandan keyin esa muxlislarning joyi 25 000 tagacha qisqaradi.

“Rostov-Arena”, Rostov-na-Donu

2018 yilda ochilgan

36 877 nafar tomoshabinga mo’ljallangan (tadbir davomida 45 000 ta tomoshabinni sig’dira oladi)

“Rostov” futbol klubining stadioninng qurilishi 19,8milliard rublga tushdi. Qurilish ishlari 2012 yilda boshlanib, 2018 yilda nihoyasiga yetdi.

Stadion Don daryosining sohilida joylashgan. Uning tashqi qoplamasi mediafasad texnoligiyasi bo’yicha bajarilgan bo’lib, 54 ming svetodiod yoritgichlardan iboratdir.

Rostovdagi stadionda jahon chempionati guruh etapining to’rtta matchi hamda 1/8 final bahsi bo’lib o’tadi.

“Samara Arena”

2018 yilda ochilgan

44 918 nafar muxlisni sig’diradi

Bu stadion 2018 yilgi jahon chempionatining tashkilotchilariga 18,9 milliard rublga tushdi. Stadion to’rt yil davomida qurib bitkazildi, ochilishi mundialning start olishidan ikki oy avval boshlangan.

“Kosmos Arena” – bu stadionning ikkinchi nomi, diametri Moskvaning “Lujniki” stadionidan ham katta, lekin shunga qaramasdan ikki marotaba kam muxlislarni qabul qila oladi.

Samaradagi stadionda guruh etapining to’rtta matchi, 1/8 hamda ¼ final o’yinlari o’tkaziladi. 

“Fisht” Olimpiada stadioni, Sochi

2013 yilda ochilgan, 2017 yilda qayta ta’mirlangan

48 000 ta tomoshabinga mo’ljallangan

Sochi shahridagi bu stadion 2014 yilgi qishki Olimpiada o’yinlariga atab qurilgan. Boshlanishida stadion 1,4 milliard rublga qurib bitkazilishi kerak edi, biroq smeta 23,5 milliard rublga borib yetdi. Qayta ta’mirlash ishlariga yana 3 milliard rubl sarflandi. Stadionning nomi qo’shni Kavkaz tog’larining bosh cho’qqisining nomi bilan atalgan.

Bu arenada avvaliga Olimpiadaning, so’ngra Paraolimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari bo’lib o’tgan.

“Fisht” arenasida 2018 yilgi jahon chempionatining guruh etapining to’rtta matchi hamda 1/8 va 1/4 final o’yinlari bo’lib o’tadi.

“Kaliningrad” stadioni

2018 yilda ochilgan

35 016 nafar muxlislarga mo’ljallangan

Bu stadion 2018 yilgi jahon chempionatiningmatchlarini o’tkazish uchun atayin qurilgan, bu Rossiyaga 17,75 milliar rublga tushdi.

Arena loyihasi Myunhenning “Bavariya” klubiga qarashli “Alyans-Arena” stadionini asos qilib oldi, biroq muxlislarni sig’dira olishjihatidan undan ikki barobar kichik.

Kaliningradda 2018 yil jahon chempionatining guruh etapidagi to’rtta matchi bo’lib o’tadi. Mundialdan so’ng arena mahalliy “Baltika” jamoasining stadioniga aylanadi.

“Nijniy Novgorod” stadioni

2018 yilda ochilgan

45 000 nafar tomoshabinga mo’ljallangan

Bahosi 17 milliard rublga teng bo’lgan stadion “Olimpiyets” klubining maydoni hisoblanadi.

Arena Volga daryosining sohil bo’yida, Aleksandr Nevskiy sobori yaqinida joylashgan. Bu arenada guruh etapining to’rtta matchi hamda mundialning 1/8 va ¼ final o’yinlari bo’lib o’tadi.

“Volgograd Arena”

2018 yilda ochilgan

45 568 nafar muxlisga mo’ljallangan

Bu stadionning qurilishi 2014 yilda boshlangan va to’rt yil davom etgan. Boshlang’ich hisob-kitob bo’yicha stadion qurilishiga 10milliard rubl sarflanishi mo’ljallangan edi, biroq qurilish 17 milliard rublga tushdi.

Stadionning fasadi G’alaba salyutining belgisini eslatadi.

Arena 2018 yilgi jahon chempionatining guruh etapidagi to’rtta matchni qabul qiladi. Mundial tugagandan keyin “Rotor-Volgograd” jamoasining maydoniga aylanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook