Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt
Tuxum haqida 9 qiziqarli fakt
Tuxum eng sevimli va to’yimli maxsulotlardan biridir: u juda foydali va deyarli barcha taomga ham qo’shiluvchi maxsulotdir. Bir qarashda tuxum haqida barcha narsani biladigandekmiz, ammo u to’g’risida bilmaydigan ma’lumotlarimiz ham anchagina.

1.       Tuxum parxezli maxsulot

“Bremenlik sozandalar” multfilmidagi qirol o’jar malikani tuxum yeyishga ko’ndirishi bejizga emas. Tuxum sarig’i ozishni istovchilar uchun mukammal mahsulot. U bor-yog’i 100 kaloriyaga ega. Amonokislotalar esa kun davomida to’qlik hissini berib turadi.

2.       Miya uchun taom

Tuxum sarig’i o’z tarkibida ko’p miqdorda litisin saqlaydi. U faqat jigar uchun foydaligina bo’lib qolmay, e’tibor va fikrni jamlashga yordam beradi.

3.       Tuxum shov-shuvi

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, katta shaxar aholisi yiliga 215 dona tuxum iste’mol qiladi. Bu miqdor tuxum asosiga tayyorlangan pishiriqlar, tort va qaylalarni tashkil etadi.

4.       Xayot ramzi

Xitoyda tuxum hayot ramzi sanaladi. Oilada farzand dunyoga kelsa, baxt olib kelishi maqsadida tuxum qizil rangga bo’yaladi.

5.       Rang axamiyatga ega emas.

Oq rangdagi tuxumlar och jigarrangdagilariga nisbatan foydaliroq ekanligi – uydirma. Turli rangdagi po’stloqqa ega tuxumlar ustida olib borilgan kimyoviy tekshirishlar ularning foydalilik hususiyatida hech qanday farq yo’q ekanligini ko’rsatdi.

6.       Muhabbat eleksiri

Mehr bilan tayyorlangan tuxum quymoqni chala yoki qotirib pishirilganligining farqi yo’q. Muhimi – tuxum tarkibida erkaklarning salomatligi uchun zarur moddalar mavjud.

7.       Xolesterin haqidagi xaqiqat

Bir dona tuxum tarkibida 300 gramm xolesterin mavjud bo’lib, u inson uchun xolesterinning bir kunlik me’yorini tashkil etadi. Agar salomatligingiz bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lmasa, tuxumni har kunlik taomnomanigizga kiritishingizni tavsiya qilamiz.

8.       Tog’ri saqlash

Tuxumning po’sti yupqaligi bois uni hidi o’tkir narsalar bilan birga yonma-yon saqlash tavsiya etilmaydi. Tuxumi +4C haroratda saqlanishi lozim. Bundan yuqoriroq harorat tuxumda bakteriyalar yig’ilishi va u tez aynib qolishiga sabab bo’ladi.

9.       Tuxum sifatini aniqlash

Tuxum sifatini tekshirish uchun uni oddiygina sovuq suv to’ldirilgan idishga solish kifoya qiladi. Agar idish tagida tuxum gorizontal ko’rinishda qolsa uning sifati yanxi. Agar uning bir uchi tepaga ko’tarilib qolsa, u ishlatishga yaroqli darajada sanaladi.  Suv yuzasiga ko’tarilib qolgan tuxum sifati buzilganidan darak beradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook