Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!
Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!
Keyingi yillarda dengiz koteynerlardan qurilgan binolar dunyo bo’ylab mislsiz ommabop tarzda tarqalib ketdi. Shuni tan olish kerakki, me’morlar va dizaynerlarning mehnati gohida qandaydir o’ziga xos va ajoyib natija beradi. Bu safar ham aynan shunday bo’ldi.
Keyingi bir necha yillarda me’morlar va dizaynerlar orasida qurilish materiali sifatida konteynerlar alohida talabga ega bo’lib kelmoqda.
Masalan, ekologik xavfsizlikning barcha talablari va me’yorlariga to’la javob bera oladigan "zangori" maskanni yaratish bo’yicha ishlagan Arcgency Daniya loyihasini olaylik. Loyihaning asosiy xususiyati shundaki, bunday uyning qurilmasida biron dona bo’lsa-da potentsial toksik material yo’q.
Konteynerlardan yasalgan uy yomg’ir suvini foydali tarzda to’plash uchun ma’sul bo’lgan fotoelektrik tizimga ega bo’ldi (va bu uning yagona vazifasi emas). Bunday ekologik toza maskanda elektr energiyasining sarfi, istalgan boshqa turdagisidan ko’ra 50 foizga kamroq.
Bino yagona uslubda, oddiy shalkda va keraksiz detallarning iloji boricha kamroq ishtirokida yaratildi. Bunday uy o’zining shakli bilan kishini lol qoldiradi, eng asosiysi esa - tabiiy yorug’likka to’la. Bunga derazalarning to’g’ri joylashtirilishi natijasida erishildi.
Ekologik maskanning birinchi qavatida mislsiz keng oshxona va ovqatlanish xonasi joylashtirildi. Bu sathdagi katta derazalar ichki va tashqi bo’lmalar orasidagi chegarani bilintirmaydi. Shu bilan birga dizaynerlar ikkinchi qavat to’g’risida ham qayg’urishdi!
Uyning barpo etilishiga uchta dengiz konteyneri kerak bo’ldi. Bironta xona ham ikkinchisidan eshiklar yordamida ajratilmadi. Shuning uchun ham butun uy bitta katta makonni ifoda etadi. Uyda har birining maydoni 15 kvadrat metrni tashkil etadigan jami 4 ta yotoqxona mavjud. Agar istak paydo bo’lib qolsa, ularni bolalar burchagi yoki kichik idoraga ham aylantirish mumkin bo’ladi.
Binodagi temir konteynerlarga ishlov berilgan va ekologik toza materiallar bilan qoplangan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, vujudga kelgan qurilma mislsiz mustahkam va ishonchliligi bilan ajralib turadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook