Xitoylik olimlar maymunni muvaffaqiyatli klonladilar va endi insonni klonlash uchun hech qanday texnik to’siqlar yo’qligini ta’kidlab bayonot berdilar. Davlat biologlarning istiqbolli va dongdor loyihasini qo’llab-quvvatladi va tadqiqotlarni davom ettirish uchun barcha zarur resurslar ajratilishiga va’da berdi. Shunday qilib, bu qanday sodir bo’ldi va bu hammasining so’nggi natijasi nima bo’ladi?
Klonlash sohasidagi yangilikka Xitoy fanlar akademiyasining ilmiy jamoasi tomonidan erishildi. Genetiklar ilgari ikki sut emizuvchilarni klonlash, shu jumladan, mashhur Dolli sovliq qo’yni ham klonlash uslubiyati orqali ikki nusxa maymunni yaratishni uddasidan chiqdilar. Avval bu uslub maymunsimonlar bilan ishlamas edi, biroq xitoy olimlari klonlash mexanizmiga qo’shimcha puxta ishlov berib muammoni hal qildilar.
Amaliy natijalarga erishish uchun olimlarga ikki yil vaqt kerak bo’ldi. Mutaxassislarning gaplariga ko’ra, natijaga juda ko’p urinishlar va xatoliklardan keyingina erishildi. Maymunlarning dastlabki klonlari dunyoga kelganidan so’ng bir necha soatdan keyinoq o’lib qolar edilar. O’lim ehtimolini matritsali RNK va trixostatin A qo’shilishi hisobiga ancha kamaytirishga erishildi.
Bu qo’shimcha minglab genlarni uyg’otish imkonini berdi. Bundan tashqari, olimlar tuxumdonning urug’lantirilishi va keyinchalik amalga oshadigan embrionning ishlab chiqarilishining immitatsiyasi uchun elektr tokidan foydalanishlariga to’g’ri keldi.
Xozir insonni klonlash uchun boshqa hech qanday to’siqlar yo’qligiga xitoylik olimlarning ishonchlari komil. Maymunlarda sinalgan uslub inson klonini yaratilishi uchun yetarlicha samarador bo’lib chiqishi kerak. Akademiklarni yangi urinishlardan ajratib turgan narsa – ahloqiy ko’rinishga ega bo’lgan masalalarning hal etilishidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu genetika sohasidagi xitoylik olimlar oxirgi yillarda erishgan yutuqlarning birinchisi emas. Xususan, xitoylik mutaxassislar embrionlarning genlarini korretirovkasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishganlar. Bunga avvalari qo’l urilmas edi, shu jumladan ahloqiy sabablarga ko’ra ham. Ayrimlarning hadiksirashlaricha, bunday koррektirovka uslublari “dekorativ” chaqaloqlarni, ya’ni buyurtma tashqi ko’rinishga ega bo’lgan bolalarni dunyoga keltirish maqsadida ishlatilishi mumkin.
Muammoga qaytayotib, shuni qo’shish kerakki, insonni klonlash o’z atrofida juda ham ko’p bahsli masalalarni qamrab oladi. Jamiyatni bezovta qilayotgan narsa – klonlash jarayonidagi muvaffaqiyatsizlik va xatolar tufayli ko’p miqdorda “chala”larning paydo bo’lishidir. Bundan tashqari, klonlar bilan bo’lgan holda jamiyatning otalik, onalik, meros huquqi, nikoh va boshqa ko’p dasturlari qanday harakat qilishi ham tushunarsiz.
Asosiy diniy ta’limotlar klonlashni Xudo tomonidan yaratilgan mavjudotlar olamiga aralashish deya baholab, uni qoralaydilar. Bundan tashqari, din terapevtik klonlashni, ya’ni tirik organizmlar birdan bir maqsadda - darhol jonsizlantirish maqsadida yaratilishinini qat’iy qoralaydi. Klonlashga xayrihoh bo’lgan yagona diniy arbob Dalay-lama XIV bo’lgan. Uning bayonot berishicha, tajriba chuda foydali bo’lishi mumkin, biroq, muvaffaqiyat ro’yobga chiqsa, bu amaliyot har yerda ham ishlatilavermasligi kerak.
Va nihoyat, olimlarning o’zlarini biologik xavfsizlik masalasi bezovta qilib kelyapti. Biologlarning xhdiksirashlaricha, klonlash bilan tajriba uzoq muddatli istiqboldagi insonning populyatsiyasi uchun misli ko’rilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Сообщения из Facebook