Yakutiyada yangi "oltin talvasasi" - mamontlarning tishlariga ov
Yakutiyada yangi "oltin talvasasi" - mamontlarning tishlariga ov
Sibirda yangi "oltin talvasasi" rivojlanmoqda: erkaklar noqonuniy ravishda yungli mamontlarning qoldiqlari va tishlarini qo'lga kiritmoqdalar. Undan so'ng esa, ularni qora bozorda sotishga harakat qilmoqdalar.

Ovchilarning ona shaharlarida yangi qazib olingan tish suyaklar uchun qo'lga tushmas "agent" lar naqd pul to'lashadi. Bu o'ljar polietilen paketlariga o'ralib, samolyot bilan Yakutskga jonatildi. U yerdan ular Xitoyga uchib ketishadi. Yuk brezent bilan yopib qo'yilgan edi. Men uni ko'targanimda styuarfessa menga baqirib ketdi va bu sur'at qilingandan so'ng darxol yonimga kelib, qo'limdan kamerani urib tushurdi. 

Bu yerda nafaqat mamontlarning qoldiqlarini topish mumkin. Bu bizonning bosh suyagi. U qachonlardir Sibir tekisliklarida yashagan.

Bu bosh suyak esa, choynak uchun taglik qilib moslashtirilgan, yungli karkidonga tegishli bo'lgan. Ular 8 dan 14 ming yil avval qirilib ketishgan. 

Kamida 11 ming yil avval quyosh nurlarini oxirgi marotaba ko'rgan yana bir karkidonning bosh suyagi. Uni topgan kishi aytganiday: bosh suyagini topganingda, odatda shoxi, qayerdadir, yaqin 15-20 metr atrofida bo'ladi.

Bu karkidonning 2,4 kilogramli shoxini 14 ming dollarga sotib yuborishdi. Hoy nahoy u Vyetnamga tushib qoladi. U yerda uni kukun ko'rinishida maydalab dori sifatida sotishadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook