просмотров
Nam shox paypastlaganda suvga botgan daraxtga o'xshaydi va undan itning isi keladi. Vyetnamda bunday shoxdan qilingan kukun saratonni davolaydi deb hisoblanadi. Shuning uchun u Vyetnamda to'g'ri ma'noda oltindan qimmat turadi.
Biroq ko'pchilik qidiruvchilar butun yozni og'ir mehnatda loyda bexuda sarf qiladilar va tikkan pullarni yo'qotadilar.
Nasoslar ishlashi uchun tonnalab yoqilg'i ketadi. Ko'pchilik brigadalar esa, faqat bu kabi foydasiz suyaklar topishadi. Poleontolog Valeriy Plotnikov bu lager bilan tanish bo'lib, omadli qidiruvchilar sonini 20-30% deb baholaydi. "Bu juda ayanchli. Ularning ko'pchiligi ekspedisiya uchun bankdan kreditlar olishadi".
Safarda tejash maqsadida bu yosh ovchi nasosni "Buran" qorda yurish mashinasi dvigatelidan qilib olgan.
Sovuq kunlar qaytganida u dvigatelni yana qaytadan qorda yuruvchi mashinaga o'rnatadi.
Сообщения из Facebook