Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat
Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Go’zal va sog’lom bo’lishni hamma ham istaydi. Ammo buning uchun tirishqoqlik bilan qandaydir bir harakat qilishga faqatgina yagona insonlargina tayyor. Ko’pchilik odamlar esa ortiqcha vaznni yo’qota oladigan “sehrli tabletkalar”ni izlab yurishadi va gohida eng g’alati maslahatlarga ham quloq tutishga tayyor, faqat sevimli bulochkalardan ajralmasa bo’lgani.
Dietologlar esa bu sohada ozishning yangidan yangi va ko’pincha juda g’alati usullarini kashf etadilar.

1. Sovuqlik yordamidagi terapiya

1. Sovuqlik yordamidagi terapiya
Butun tana krioterapiyasi (WBC) sifatida tanilgan bu usuldan foydalanilganda patsient badanining yuzasi qisqa vaqt davomida o’ta past haroratgacha sovutiladi. Bu to’laligicha ilmiy uslubday ko’rinishi ham mumkin. Boz ustiga, WBC ortiqcha kilogramlarni yo’qotishdan tashqari u bezillagan asablarni tinchlantiradi va surunkali holatlar bilan bog’liq bo’lgan alomatlarni ham kamaytirishga yordam beradi.
Bu uslub ilk bor 1978 yilda Yaponiyada paydo bo’lgan va undan teri kasalliklarini davolash, og’riq va spazmlaрni kamaytirish va sportchilar uchun qayta tiklanish vaqtini uzaytirish maqsadida qo’llanilgan. Krioterapiya yordamida vuchudga keltirilgan ta’sir qon aylanishini yaxshilaydi to’qimalarni zarur tuyintiruvchi moddalar va kislorod bilan ta’minlaydi, shuningdek, toksinlarni bartaraf qilish uchun organizmning barcha tizimlarini rag’batlantiradi.

2. Issiq vannalar

2. Issiq vannalar
Agar inson vanna qabul qilishni sevsa, chismoniy mashg’ulotlarning bu o’rnini bosuvchisi aynan uning uchun kerak bo’lgan va unga yoqadigan narsa. Vanna qabul qilish doimo foyda keltirgan, biroq bu ortiqcha vaznni yo’qotish uchun ham yordam bera oladimi? To’g’risini aytganda, buning imkoni bor.
Odamlar qachonlardir mashg’ulot paytidagi terlash tufayli haroratning oshishi salomatlikni mustahkamlashning eng yaxshi usuli deb o’ylaganlariga qaramay, aniqlanishicha, vanna qabul qilish kabi badanni passiv tarzda qizdirish ham salomatlik uchun shu singari oqibatlarga olib kelish mumkin ekan.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, vannaning ta"siri mashg’ulot kabi shiddatli bo’lmagan, ammo issiq vannada o’tkazilgan bir soat yarim soat davomida qilingan saunaga tenglashtiriladi va tahminan 140 kaloriyani yoqib yuboradi. Bundan tashqari, qondagi qandning miqdori mashg’ulotlarni emas har kunlik vannani afzal ko’radiganlarda yaxshiroq ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
Aniqlanishicha, shuningdek, issiq vanna shamollashni oldini oluvchi yuqori ta’sirga ega, bu esa organizm kasalliklarga qarshi kurashishga va surunkali shamollashga qarshilik ko’rsatishga qodirroq ekanligidan darak beradi.

3. “Mashg’ulot tabletkasi”

3. “Mashg’ulot tabletkasi”
Tabiiyki, “ozish uchun dori”larning 99 % foizi oddiy yolg’on holos. Sotuvda hatto mashg’ulotlar o’rni bosa oluvchi tabletka paydo bo’lishi ham mumkin. U mashg’ulotlarga jismonan tayyor bo’lmagan odamlar uchun mo’ljallangan, biroq undan hamma foydalanishi mumkin. Bu preparat chidamlilikni oshirishi va hech qanday xaqiqiy mashg’ulotlarsiz ortiqcha vazndan qutilishga yordam bera olishi ham va’da qilinadi.
Uning ta’siri “energiya tugab qoldi, deya tahmin qila boshlagan hujayralarni aldash”ga asoslangan. Ma’lum molekulyar ta’sir yo’li bilan u hujayralarni energiya ishlab chiqaruvchi qand metabolizmiga undaydi.
Muammo shundaki, bu preparat hech ham Mahsulotlar va dori moddalar nazorati Boshqarmasining sertifikatlashtirishidan o’ta olmaydi. Ammo bu uni Dopingga qarshi kurashish komiteti tomonidan taqiqlanishiga to’sqinlik qila olmadi. Birinchi navbatda “516 preparati” o’smirlik paytida harakatsizlik va mushaklarning sillasi qurishdan o’ladigan, Dyushen mushaklar distrofiyasiga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan.
Bu karomati kuchli preparat buyrak yetishmovchiligi, yurak jarrohligining nojo’ya ta’siri va amiotrofik skleroz, Parkinson kasalligi Xantington kasalligi bor va invalidlik aravachalariga bog’lanib qolgan odamlarga yordam berishi kerak.

4. Gipnoz

4. Gipnoz
Bu aqlga sig’mas darajada eshitilsa ham, gipnoz o’z salomatliklarini jismoniy mashg’ulotlarsiz ta’minlash istagidagilar uchun yordam bo’la oladi. Giptoterapevt va neyrolingvistik dasturlash bo’yicha kuchli mutaxassis Xolli Stouksning ta'kidlashicha gipnoz “ishtaha”ni muvaffaqiyatli “o’chirib” qo’yishi, insonni ko’tarinki ruhiga ta’sir qilmagan holda doimiy haddan ortiq ovqatlanishni to’htatib qo’yishi mumkin.
Uning eng katta kamchiligi – qiymati, chunki har bir seansi bir soatiga 100 dan 250 gacha AQSH dollariga teng, sug’urta kompaniyalarining ko’pchiligi esa harajatlarni qoplamaydi.

5. Xorionik gonadotropin (hCG)

5. Xorionik gonadotropin (hCG)
hCG (XGCH) yoki xorionik gonadotropin — bu ayollar homiladorligi paytida organizm ishlab chiqaradigan gormon. hCG ni o’z ichiga olgan parhez xaqiqatdan ham ishlaydi, ammo u o’zining bahosiga ega. hCGni qabul qilish shuni talab qiladiki, uni qabul qiluvchi patsient maxsulotlarning qat’iy ro’yhatiga rioya qilishi kerak. Unga bir kuniga faqat 500 kaloriyaga ruxsat beriladi.
Ko’pchilik odam bir marta ovqatlanishning o’zidayoq bundan ko’proq ist’emol qiladi. Bu parhez nafaqat o’ta chegaralovchan, u xavfsiz emas ham. Kaloriyaning bunday kichik miqdori va yog’lardan voz kechgandan keyin odam o’t pufagidagi tosh, bir maromdagi yurak urish ritmining yo’qolishi va elektrolit muvozanatining yo’qolishi va doimiy ochlik hissiyotiga duch kelishi mumkin.
Shuni unutmangki, to’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzining o’rnini bosa oladigan alternativaning o’zi yo’q!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook