Butun dunyodagi ko’ngilochar tematik parklar
Butun dunyodagi ko’ngilochar tematik parklar
Bunday parklardan biri 1955 yilda yaratilgan mashhur Disneylend edi. Shu kabi joylar ochilishi uchun yana o’nlab yillar kerak bo’ldi.
Bugungi kunda turli xil parklar mavjud: ertakli, kinematografik, paleontologik va boshqa ko’pgina parklar. Kattalarga ham u yerda kichiklarga qiziqarli bo’lgan kabi, qiziqarli bo’ladi.
Biz sizga butun sayyoramizda mavjud eng qiziqarli tematik parklarni namoyish etamiz.

Garri Potter Parki

Garri Potter Parki

Bugungi kunda Garri Potterning ikkita parki mavjud, va ularning ikkalasi ham Amerikaning Orlando (Florida) shahrida joylashgan.

Birinchi parkda Xogsmid qishlog’i tasvirlangan.

Ikkinchi parkda qiyshiq torko’cha binolari va do’konlari hamda “Gringotts” banki joylashgan.

2014 yilning yozi mobaynida Universal Orlando Resort uchinchi parkning eshiklarini ochishga so’z berdi, va u Kings-Kross vokzalining fentezi versiyasini va o’sha 9 ¾ platformani ko'rsatadi.

Parkning qurilishida Djoan Roulingni o’zi qatnashgan, shu uchun haqiqiy ertakka sho’ng’ib ketishingizga shubhalanmasangiz ham bo’ladi.

Xobbiton

Xobbiton

Tolkin asarlarini sevadiganlarning har biri ushbu parkga kelib ketishni orzu qilsa kerak. Xobbitlarning sehrli olami “Uzuklar hukumdori” nomli filmni suratga olish uchun yaratilgan va u Yangi Zelandiyada joylashgan.

Shaharcha 1999 yilda qurilgan, o’sha vaqtda Yangi Zelandiyadan samolyotda uchayotib, “Uzuklar Hukumdori” rejissyori bu joy ertakli qishloqcha uchun ideal darajada to’g’ri kelishini aytdi. 

Suratga olishlaridan so’ng, xobbit uychalarining uchdan bir qismi buzib tashlandi. Ammo 2011 yilda “Xobbit” filmini suratga olish uchun uychalarni qayta tiklashdi vaularning sonini bir necha marotaba ko’paytirishdi. Bu filmni suratga olib bo’lganlaridan so’ng, Xobbitonni turistlar ko’ngilochishlari uchun qoldirildi.

“Kichik shaxzoda” nomli park

“Kichik shaxzoda” nomli park

Shu vaqtning o’zida, fransuzlar Sent-Ekzyuperi kitobidagi kichik personajga bag’ishlab butun bir park ochishdi.

Yerdan 150 metr balandlikda ikkita havo shar-aerostati biriktirilgan,va ular kitob syujetiga binoan Kichik shaxzoda borib kelgan sayyoralarni tasvirlab beradi. Sharlar ichidan tasrif buyuruvchilar park atrofini ko’zdan kechirishlari mumkin.

Parkning muhim jihatlaridan biri tirik tulkilar borligidir. Ular bilan o’ynash va ularni yedirish mumkin. Ko’ngilocharliklar ichida shuningdek, - kompyuterda yaratilgan Sent-Eksyuperi personajlari bilan interaktiv suhbatlar va aviatsion mavzusidagi attraksionlar. Masalan, har bir mehmon biplanda uchib ko’rishi mumkin.

Legolend

Legolend

Legolend– bu butunlay lego to’rtburchaklaridan qurilgan, dunyoning har bir burchakida mavjud bir qator parklar majmuidir. Eng birinchi va katta Legolend 1968 yilda Daniyada qurilgan.

Bugun dunyo bo’yicha oltita Legolend bor: Daniyada, Germaniyada, Angliyada, Malayziyada va AQSHda ikkita park.

Legolendda oddiy to’rtburchaklardan g’aroyib binolar qurishadi: akvapark yoki dinozavrlar oroli. Hatto 24 million to’rtburchakdan yasalgan Las-Vegasning nusxasi ham bor.

Legolendning park maydoni tematik bloklarga ajratilgan, va ularning har biri belgilangan yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan.

Kattalarni ham qiziqtiradigan joylar shubhasiz topiladi.

Tarixdan oldingi Vodiy

Tarixdan oldingi Vodiy

 “Tarixdan oldingi vodiy” parki Kubaning janubi-sharqida joylashgan. Uning maydonida haqiqiy kattaligi bo’yicha 200 danortiq dinozavr va boshqa qadimiy hayvonlarning figuralarini o’rnatishgan.

Dinozavrlar parki

Dinozarlar figuralari bor qiziqarli bu joy Myunxexagen, Germaniyada joylashgan.Bu tematik park Yevropadagi eng katta park hisoblanadi.

Haqiqiy kattalikdagi 220 dan ortiq dinozavrlar – ta’sirchan va nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham tasavvur doirasini hayratda qoldiradigan manzara. 

Efteling

Efteling – bu haqiqiy sehrlar parki, va balkim, ushbu qatordagi barcha joylardan eng ajoyibi.

Efteling Feldxauzen (Gollandiya) shahri oldida joylashgan kinoparkdir. Bu joyda Warner Brothersdagi haqiqiy kinostudiyalar bor.

Boshida Efteling qadimiy evropa ertaklari va ularning personajlari mavzulariga bag’ishlangan edi. Lekin vaqt o’tishi bilan u amerika tepaliklari singari haqiqiy attraksionli ko’ngilochar parkga aylanib qoldi. Bunda parkning ertaklarga bag’ishlanganligi asos bo’lib qolgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook