Insoniyat sivilizatsiyasining tarixi – bu ixtirolar tarixidir. Faqatgina ayrim ixtirolar inson maishiy xayotiga chuqur kirib olib vaqt o’tishi bilan yangilanib tursa, boshqalari esa, masalan, ichida soyabon o’rnatilgan poyafzal kabilari insonda turlicha taassurot uyg’otadi.
Bu maqolada eng g’alati ixtirolar to’g’risida siz uchun qiziqarli bo’lgan ma’lumotlar yig’ilgan.
1. Edisonning gapiruvchi qo’g’irchoqlari
Ko’pchilik odamlar uchun gapiradigan qo’g’irchoqlar bolalik davrini eslatuvchi buyumlar sirasiga kiradi. Ammo 1890 yilda Edisonning gapiruvchi qo’g’irchoqlari qandaydir fantastik narsa bo’lib ko’ringan. Mashhur ixtirochi Tomas Alva Edison ichiga fonografli mexanizm o’rnatilgan shunday o’yinchoqni yaratgan edi. Bu qo’g’irchoq avvaldan yozib olingan ovozlarni, aniqrog’i, bolalar musiqasi, duolar va bolalar uchun she’rlarni aytib bera olgan
Bunday qo’g’irchoqni faqatgina badavlat odamlar xarid qila olar edilar.
1890-chi yilda uning narxi 10 AQSH dollaridan 20 AQSH dollarigacha (bugungi kunda taxminan 526 AQSH dollariga teng) bo’lgan. Muammo shunda ediki, qo’g’irchoqlar bolalarga qo’rqinchli bo’lib ko’ringan. Bu qo’g’irchoqlarni atigi olti hafta ichida ishlab chiqarishgan, undan keyin esa do’konlarning peshtaxtalaridan umuman olib tashlashgan.
2. Portlovchi kalamushlar
Urush davrlarida juda ko’p ixtirolar bo’lgan, biroq ularning aksariyati o’ta dahshatli va insonparvarlikka zid edi. Misol qilib quyidagi ixtironi olaylik. Navbatdagi "dohiyona aql sohibi" portlovchi kalamushlarni ixtiro qilgan. Bunga undagan dastlabki g’oya ham juda g’alati edi.
O’sha paytlarda harbiy omborxonalardan topilgan kalamushlarni epidemiyaning oldini olish maqsadida odatda pechlarda yoqib yuborishgan. Shuning uchun ham, yoqib yuborilganda kuchli portlashga erishish maqsadida kalamushlarning ichiga portlovchi moddalarni tiqish taklif etilgan.
Bu g’oya barbod bo’ldi, chunki ularni omborlarga tarqatib yuborishdan oldin nemis-fashist askarlari o’lik kalamushli konteynerlarni qo’lga kiritiganlar. Bunday narsani aniqlab olganlaridan so’ng, nemislar zudlik bilan barcha omborxonalarda shu kabi "portlovchi kalamushlar"ni izlay boshlaganlar, chunki kalamushlar tarqatilib bo’lgan deb o’ylaganlar.
Bu vaziyat nemislarga portlovchi moddalar xaqiqatda ishlatilgan taqdirda vujudga kelishi mumkin bo’lgandan ko’ra ko’proq muammolar tug’dirgan.
3. Markalarni yalovchi moslama
Yaqin kunlarga qadar konvertga markani yopishtirish uchun uning osti tarafini til bilan namlash kerak edi. Yelimni o’ta yoqimsiz ta’mi hech kimga yoqmasligi tabiiy, albatta. Endi esa, ko’p xatlarni jo’natish kerak bo’lgan paytlarni tasavvur qilib ko’ring.
Masalan, to’yga taklifnomalarni jo’natish kerak bo’lgan vaziyatlarda to’y egasi son-sanoqsiz konvertlarni birma-bir namlab chiqishiga to’g’ri kelgan. Shuning uchun ham, markaning orqa tomonidagi yelimni namlashi mumkin bo’lgan o’ta g’alati moslama dunyoga kelgan.
4. Chekish uchun avtomatik mashina
Bir qarashda, zamonaviy jamiyatda chekish juda kam tarqalayotgan hodisadek tuyuladi. Biroq viktorian davrida chekish oddiy hol bo’lgan. Trubka tamakisini deyarli har bir uyda topish mumkin edi, bar va pablar esa doim tamaki tutuni bilan to’lib turgan.
Bu hol shu darajagacha yetib borgan ediki, ko’pchilik muassasalar o’zining "nufuzi"ni ko’rsatish maqsadida egallagan joyida ham havoni tutun qatlami qoplab turish istaganlar. Shu tarzda, chekish uchun avtomatik mashina paydo bo’lgan. Bu mashina bar yoki pabni zaruriy hidli tutunga to’ldirish uchun "sigara chekar edi".
5. Ko’chib o’tadigan ko’prik
Viktorian davrda noma’lum sabablarga ko’ra kimdir oddiy ko’prikning o’rniga ko’chib yuruvchi ko’prik qulayroq bo’ladi, deb hisoblagan. Daryoning tubida temir yo’l o’rnatilgan va shu temir yo’ldan o’ta katta platforma yurib o’tgan. Oddiyroq qilib aytganda, bir qirg’oqdagi ekipajlar platformaga kirib olar, shundan so’ng platforma shoshilmay boshqa qirg’oq tomon harakatlanar edi.
Ixtirochilar bunday ko’prikni an’anaviy ko’prikdan ko’ra soddaroq va afzalroq deb hisoblagan edilar. Bunday ko’prikning foydasiz bo’lgani sabab juda kam ishlatilganini gapirmasa ham bo’ladi. Xullas, bu g’oya kelajakda yashab keta olmadi.
6. Jag’ uchun tirkagich
Agar kun davomida bo’yin charchab qolgudek bo’lsa, insonning o’zi bilan olib yurishga mo’ljallangan maxsus tirkagichga chag’ni tirab, bo’yinning yukini yengillashtirish mumkin. Sirtmoqqa o’xshash bu moslama tarixdagi eng yomon ixtirolardan biri bo’lsa ajab emas.
Bir soniyaga bunday tirkagicha jag’ni qo’yib olib, yumshoq qilib aytganda bir tekisda yurmaydigan, tiqilinch avtobusda harakatlanishni tasavvur qilib ko’ring. Buning ustiga, atrofda hamma bir birini turtib, itarishib tursa! Bo’g’ilib qolishning yuqori bo’lgan xavf-xataridan tashqari, tomoqning yoki bo’yinning terisini jiddiy shikastlab olish ehtimoli ham ortib ketadi.
7. Qog’oz sochiqlarni tarqatuvchi moslama
Ko’pchilik odamlar tumovdan azob chekadilar, u ba’zan shamollash tufayli, ayrim hollarda esa surunkali bo’lishi mumkin.
Keyingi ixtiro aynan shunday odamlar uchun. Taxmin qilinishicha, pastga, odam yuzining oldiga tushib keladigan qog’oz sochiqlar tarqatuvchi bu beo’xshov qurilmani odam boshiga kiyib olib yurishi kerak bo’lgan.
Bu ixtirolar shu qadar g’alatiki, ulardan xaqiqiy xayotda va bugungi kunda foydalanilganda qanday ko’rinish vujudga kelishini tasavvur ham qilish qiyin.
Сообщения из Facebook