просмотров
Konseptual transport vositalariga turlicha yondoshish mumkin, lekin shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, aynan ular avtomobilqurilish jarayonida mexanizm hisoblanadi. Muhandislar, dizaynerlar va konstruktorlar tushunchalar yaratish paytida mukammallikka intiladilar. Zamonaviy texnologiyalar sharofati bilan bu tushunchalar oldingiga qaraganda "jonlana" boshladi. Muvafaqiyatli loyihalar orasida Toyota ustalarining qo'llari bilan yaratilgan ajoyib qiziq yangilik - Concept-i.
Yangi avtomobilning taqdimoti Amerikaning Las-Vegas shahrida har yili o'tqaziladigan CES-2017 maishiy elektronika ko'rgazmasida bo'lib o'tdi. Albatta, bu avtomobil ko'rgazmadagi yagona konseptual ixtiro bo'lmadi. Boshqa katta (yoki kichik) avto ishlab chiqaruvchilar ham ushbu kelajak avtomobil (yoki elektromobil)ini katta qiziqish bilan qarshi olishdi.
Concept-i dagi ko'zga tashlanadigan birinchu narsa - uning o'ziga xos dizaynidir. Lekin taqdimotda Toyota xodimi ularning birinchi maqsadi mashinaning futuristik modelini emas, balki avtomobil uchun shaxsiy avtopilotni namoyish qilayotganini aytib o'tgan. Ushbu sistema Yui nomini oldi. Toyota vakillari Yui keyinchalik rivojlanib, yanada ko'proq ahamiyatga ega bo'lishini ta'kidlab o'tdilar. Masalan, bortga oid sun'iy aql.
Hozirgi kunda Yui mashinani boshqara oladi. To'g'ri sistemani hali katta yo'lga chiqarib bo'lmaydi, lekin u rivojlantirib borilyapti. Kelajakda bu sistema odamga yo'lda yurish jarayonida hech nimaga e'tibor bermaslikni ta'minlashi kerak, bunda haydovchi yo'nalish va kerakli parametrlarni berib borsa bo'lgani.
Birinchi o'rinda sistema turli xildagi bort datchiklari to'plamini oladi. Ularning yordamida Yui odamni tashqi sensor orqali scan qiladi va kamera esa atrof-muhitni ko'rib chiqadi. Haydovchining ko'rib chiqilishi uning sog'ligi va kayfiyatini nazorat qilib borishga yordam beradi. Mashina bundan tashqari o'z egasini "tanib olishi" kerak, keraksiz hollarda mashina kaliti yo'qoladi.
Yui bilan suhbat ovozli buyruqlar yordamida amalga oshiriladi. Hozirda yaponlar shu yo'nalish bo'yicha ish olib borishmoqda. Kelajakda bu sistema nafaqat alohida buyruqlarni, balki izchil ifodalarni ham anglashi kerak. Bundan tashqari Yui haydovchining barcha qurilmalarini avtomobil bilan sinxronlashtirish imkonini ham beradi.
Сообщения из Facebook