просмотров
Xalqaro chegaralar ko’pincha xaritadagi chiziqlar bilan chegaralanib qolmaydi. Eng qaltis holatlarda mamlakatlar orasidagi farq yoki o’rtasidagi chegara ochiq oydindir va buni kosmosdan ko’rish mumkin.
Hayot darajasining farqi va devorlardan tashqari davlatlar boshqacha usulda ham ajratilgan.
Biz sizga quyidagi ajoyib fotosuratlarni ko’rishni tavsiya etamiz. Bu suratlar Xalqaro Kosmik Stansiya (XKS) tomonidan olingan bo’lib, unda davlatlar o’rtasidagi chegaralar yaqqol ko’rinib turadi.
Shimoliy Koreya
2014 yilning fevral oyida XKS-38 komandasi tomonidan olingan tunggi suratda Koreya yarim orolini qora dog’ sifatida ko’rishingiz mumkin. Uning markazida poytaxt –Pxenyan ko’rinmoqda, lekin mamlakat konturlari shunchalik qorong’u ko’rinmoqdaki,deyarli Sariq va Yapon dengizlari bilan ikki qirg’og’i qo’shilib ketgan.
Isroil/Misr
2011 yilning noyabrida XKS-29 ekipajlari tomonidan olingan ushbu suratda Misr va Isroil o’rtasidagi 48 kilometrli chegara yaqqol ko’rinib turibti. Bu mamlakatlar yo’l bilan ajratilgan.
Shimol tomonda geometrik shakllarni ko’rishingiz mumkin – bu Isroilning qishloq xo’jalik dalalari. Misrning janubida grunt yorqinroq – bu chorvachilik natijasi, unda yerning qora qatlami shikastlanadi.
Sharqiy Germaniya/G’arbiy Germaniya
Berlin devori qulaganiga 25 yildan oshiq vaqt o’tgan bo’lsa ham, g’arbiy va sharqiy Germaniya o’rtasidagi farqni tunggi Berlin suratida ko’rishingiz mumkin. Sharqda chiroqlar sariq rangga, g’arbda esa yashilroq rangga o’xshaydi.
Bu g’arbiy qismda ekologik chiroqlardan foydalanishning natijasidir. Bu fenomen XKS da Andre Kyoypers tomonidan 2012 yilda suratga olingan.
Gaiti/Dominikana Respublikasi
Gaiti va Dominikana Respublikasi o’rtasidagi chegarani ko’rmaslik mumkin emas. 2002 yilgi ushbu sputnik suratida Dominikana Respublikasi o’ng tomonda joylashgan. U sezilarli darajada yashil rangda, buning sababi Gaitida o’rmonlar kesib tashlanganidir.
Hindiston/Pokiston
2015 yilning sentabr oyida 45 kishidan iborat XKS ekipaji ushbu tungi panorama suratni olgan. Unda Hindiston va Pokiston tasvirlangan.
Hind-pokiston chegarasi – bu qo’riqlov projektorlari yoqug’ligi sababli tunda osongina ko’rinadigan, kamdan-kam chegaralardan biridir.
NASA habar beradi:
“2000 yillar avval, eramizning 327 yilida, Aleksandr Makedonskiy Hind vodiysiga shimoliy g’arbdan kirib kelgan. Suratdagi ushbu vodiyni butun boshli qo’shini va floti bilan kesib o’tishi uchun bir necha oy sarflagan.
Karachi hududidan cho’l-u biyobon bo’ylab, u Mesopotamiyaga (hozirgi Iroq) yo’l olgan. Kosmik stansiya bu masofani 3 daqiqa ichida bosib o’ta oladi”.
AQSh/Meksika
2014 yilning oktabr oyida XKS tomonidan olingan surat Rio-Grande daryosi va devor orqali bilinib turgan AQSh va Meksika chegarasini ko’rsatadi.
Amerika tomonidagi El-Paso Meksika tomondagi Syudad-Xuaresu ga ulanib ketadi.
Ikkala shaharda imoratlar juda ko’p, faqat Frenkiln-Mauntin zaxirasi va Puerto-de-Anapra yerlaridan tashqari joylarda.
Iroq/Eron
Ushbu suratni 2014 yil noyabrida olgan XKS-41 komandasi, avvaliga, 19 kilometrli eron-iroq chegarasini neft bazalariga o’xshatishgan.
Keyinchalik ular, aslida bu harbiy istehkomlar ekanligini tushunishgan. 1980 yilda ikkala davlat ham ushbu tumanga o’z haqini talab qilgan, ayniqsa, Iroq janubidagi Basra shahri himoyasi paytida.
Сообщения из Facebook