Taomlaringizning ideal bo’lishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari
Taomlaringizning ideal bo’lishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari
Hammamiz bilamizki, pazandachilikdagi turli omadsizliklar: yopishib qolgan makaronlar, ko'proq eski rezina bo'lagini eslatuvchi go'sht, pishib yetilmagan piroglar va shunga o'xshash millionlab "durdona asarlar" bizlarni o'zimizga bo'lgan ishonchimizni susaytirishga olib keladi!

Odam.uz sayti  Sizlar uchun yangi oshpazlarning taom tayyorlash jarayonidagi yo’l qo’yadigan bir qancha xatolarni taqdim etadi. Ishonamizki, ulardan xalos bo’lsangiz, pazandachilik san’atining yulduziga aylanasiz.

Makaron mahsulotlarini chayish


Pastani qaynatib olgandan so'ng uni sovuq suvda chayib olish -italyanlarning hushidan ketib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Chunki pishganpastalarning ustki qismida qaylani o'ziga yaxshi shimib olishi uchun yordamberadigan kraxmali qoladi. Bundan tashqari italiyalik uy bekalari pastaqaynatilgan suvdan juda ham quyuq bo'lgan qaylalarni aralashtirish uchunfoydalanishadi.

 

Pomidorni boshqa sabzavotlar bilan birgalikda tayyorlash


Yangi oshpazlarning yana bir xatolari shundaki, ular taomga pomidorni kartoshka, sabzi va boshqa sabzavotlar bilan birga tayyorlashadi. Pomidor tarkibidagi kislota boshqa sabzavotlarning qaynashini sekinlashtiradi, buning oqibatida taomning tayyor bo'lishi ham ko'p vaqtingizni oladi. Shu sababdan ham sirkani oxirgi jarayonda, ya'ni taom tortilish arafasida qo'shiladi.

Bulyonga qaynashni boshlashi bilan tuz solish


Bu yerda hammasi oddiy - agar bulyon qaynashni boshlaganida unga tuz solsak, unda taomimizning sho'r bo'lib qolish ehtimoli paydo bo'ladi. Chunki suv qaynash jarayonida tugab ketishi mumkin. Ha aytmoqchi, mazali bulyonning siri bu - go'shtni sovuq suvga solishdadir. Agar Siz pishib yetilgan go'shtni qaynatmoqchi bo'lsangiz, u holda uni pishiradigan suvingiz yaxshilab qaynashi kerak. 

Kartoshkali pyure uchun blenderdan foydalanish

Albatta blender ko'pgina taomlarning tayyorlanish jarayonida bizga yordamchi bo'ladi, lekin gap kartoshkali pyure haqida ketganda emas. Uni o'zimizga ma'lum eski usulda, ya'ni, birinchi ezib keyin sanchqi bilan aralashtirib tayyorlasak, u mazali chiqadi. Professional oshpazlar kartoshka pishgan suvni  to'kib yuborishadi va hattoki uni kastryulkaning o'zida quritib olishadi.

Ziravorlardan juda kam yoki juda ko’p miqdorda foydalanish


Oshpazlar orasida shunday hazil yuradi: "Tuzi kam ovqat sho'r taomdan ham yomonroqdir". Xuddi shu misol turli ziravor va dorivorlarga ham tegishlidir. Ularning kam miqdorda ishlatilishi taomni bemaza qilib qo'yadi.  Ammo javonlardagi uchragan barcha ziravorlarni solish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. Ziravorlarni ko'p yoki kam solish bilan taomning mazasini buzib qo'yish mumkin. 

Pitsaga juda ko’p masalliqlar solish

Bir qarashda pitsaga qancha ko'p masalliqar solinsa, ushunchalik mazali va chiroyli ko'rinadigandek tuyiladi. Aslida bu noto'g'ri.Pitsa pishirayotganda retseptda ko'rsatilgan masalliqlarning me'yoriga qat'iyamal qilish lozim. Shu asnoda Siz egilib ketmaydigan, qarsildoq hamirtayyorlashingiz mumkin.  Bu esa Sizga uni xuddi pitsa vatanidagidek qo'lbilan iste'mol qilish imkonini beradi. 

Bir qarashda pitsaga qancha ko'p masalliqar solinsa, u shunchalik mazali va chiroyli ko'rinadigandek tuyiladi. Aslida bu noto'g'ri. Pitsa pishirayotganda retseptda ko'rsatilgan masalliqlarning me'yoriga qat'iy amal qilish lozim. Shu asnoda Siz egilib ketmaydigan, qarsildoq hamir tayyorlashingiz mumkin.  Bu esa Sizga uni xuddi pitsa vatanidagidek qo'l bilan iste'mol qilish imkonini beradi. 

Xamirli mahsulotlarni suvi kam bo’lgan idishlarda qaynatish


Makaronlar, chuchvara va boshqa xamirli mahsulotlarni ko'p suv solingan idishlarda qaynatgan ma'qul. Aksincha kam suv solingan idishda qaynatilsa, xamir sirachga o'xshab qoladi, bunda siz kutgan mazali taom chiqmaydi. Chuchvara yoki makaronlar bir-biriga yopishib qolishidan tashqari, kastryulkaning chetlariga ham yopishib qoladi. Uni yuvish esa - juda"yoqimli" ish..

Piyozni oldindan to’g’rab qo’yish


Mayda qilib to'g'rab qo'yilgan piyoz tezda achchiq bo'lib qoladi, shuning uchun  taom achichiq tatib qolishni boshlaydi. Xuddi shuholat piyozni o'tmas pichoqda to'g'raganda ham sodir bo'ladi. Shu sababli piyozni ovqatga solishdan sal avval va faqat o'tkir pichoq bilan to'g'rash lozim.

Go’shtni uzunasiga to’g’ri qilib to’g’ramoq


Agar go'shtni uzunasiga to'g'ri qilib kessak, u eng yaxshi go'sht bo'lsa ham mazasini buzib qo'yish mumkin.  Bunda go'shtning bo'laklari qovurilayotganda bir-biriga to'qnashib ketadi va  qattiq bo'lib qoladi.  Bunday bo'lmasligi uchun go'shtni uzunasiga ko'ndalang qilib to'g'rash lozim. Bunda u tayyorlash jarayonida ham o'z shaklini o'zgartirmaydi va yumshoq pishadi.

Sodani uksus bilan so’ndirmoq


Bu usul bizga buvilarimizdan qolgan bo'lsa ham, uning deyarli foydasi yo'q. Chunki so'ndirish vaqtida xamirning ishib chiqishiga yordam beruvchi karbonat angidrid havoga uchib ketadi, xamirning ko'tarilishini ta'minlab beruvchi soda esa bu  o'chmasdan qoladi.  Xamirishib chiqishining  qadimiy retsepti mavjud: 1/4 stakan suvda 1 qoshiq sodani eritiladi, xuddi shunday boshqa stakanga 1 choy qoshiq limon kislotasi solinadi. Oxirida ular xamirga qo'shiladi.

Kartoshkani to’g’ralgandan keyin darhol pishirmoq


Po'sti qarsillab pishgan kartoshka tilimlari hammaning ishtahasini ochishi aniq. Lekin amalda bunday natijaga erishish qiyin. Kartoshkalarni tovaga qo'yishdan oldin ularni bir necha soatga sovuq suvga solib qo'ysak, undagi ortiqcha kraxmal yo'qoladi. Bu yo'l bilan kartoshkalar pazandachilik jurnallaridagi kabi ko'rinishga ega bo'ladi.  

Sabzavotlarni uzoq vaqt davomida qaynatish


Shuni yodda tuting: yashil sabzavotlar - brokkoli, ismaloqlar ko'p qaynatishni xush ko'rmaydi. Shuning uchun  pazandachilikda ularni qaynab turgan suvda qisqa vaqt davomida pishirib olinadi. Sabzavotning turiga qarab uning qaynash 2-5 daqiqa davom etadi. Bu usul  uning mazasi va rangini hamda vitaminlarining saqlanib qolinishini  ta'minlaydi.

Piyoz bilan sabzini bir vaqtning o’zida qovurib olish


Yana bir keng tarqalgan pazandachilik xatolaridan biri: sho’rva uchun mahsulotlarni qovurib olishda piyoz bilan sabzini tovaga bir vaqtning o’zida solishdir. Umuman olganda birinchi navbatda piyoz solinadi va biroz qizarganidan so’nggina sabzi solinadi. Keng tarqalgan fikrlarga ko’ra, piyozni qizartirib ko’proq pishirilsa, u taomga achchiqroq maza beradi.

Shirin bo’lmagan taomlar uchun shakardan foydalanmaslik


Oshpazlar orasida shunday hazil yuradi:  "Tuzi kam ovqat sho'r taomdan ham yomonroqdir". Xuddi shu misol turli ziravor va dorivorlarga ham tegishlidir. Ularning kam miqdorda ishlatilishi taomni bemaza qilib qo'yadi.  Ammo javonlardagi uchragan barcha ziravorlarni solish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. Ziravorlarni ko'p yoki kam solish bilan taomning mazasini buzib qo'yish mumkin. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook